Budjet hisobi


Moliya organlarida G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida buxgalteriya



Yüklə 5,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/329
tarix30.12.2023
ölçüsü5,04 Mb.
#165300
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   329
Budjet hisobi 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Moliya organlarida G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida buxgalteriya 
hisobining vazifalari quyidagilardan iborat: 
1.
Davlat budjeti g’azna ijrosi jarayoni muomalalarini buxgalteriya hujjatlarida aks 
ettirish; 
2.
Buxgalteriya hisobvaraqlarda budjet mablag’larini holati va harakatini aks ettirish
3.
Davlat budjeti ijrosi natijalarini aniqlash; 
4.
Davlat budjeti ijrosi bo’yicha oylik, choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini tuzish, 
taqdim etish va boshqalar. 
Budjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha operatsiyalarni buxgalteriya hisobini yuritish uchun 
operatsiyalar amalga oshirilganligini belgilovchi hujjatlar va ularni o’tkazishga doir farmoyishlar 
kabi birlamchi hisob hujjatlari asos bo’ladi. 
Birlamchi hisob hujjatlar budjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha operatsiyalar amalga oshirilgan 
paytda yoki ular amalga oshirilgandan so’ng tuziladi. 
Budjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha hisobot davriga doir operatsiyalarni amalga 
oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan bo’lsa, ular buxgalteriya hisobida tegishli birlamchi 
hujjatlarni rasmiylashtirish orqali aks ettiriladi. 
Bunda, o’tgan yilga doir budjetning g’azna ijrosi amalga oshiriladigan moliya yiliga 
qo’shimcha davrda budjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha amalga oshirilgan operatsiyalarning hisobi, 
belgilangan tartibda aks ettirilgan, qo’shimcha davr mobaynida tuzilgan birlamchi hisob hujjatlari 
asosida, o’tgan yilning budjetlarning g’azna ijrosi buxgalteriya hisobida amalga oshiriladi. 
2.
 
Moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalari buxgalteriya 
hisobida qo’llaniladigan buxgalteriya xujjatlari.
Budjetlarning g’azna ijrosi buxgalteriya hisobini amalga oshirish uchun g’aznachilik 
bo’linmalarining birlamchi hujjatlarga va hisobga olish registrlariga imzo qo’yish huquqiga ega 
hodimlari tomonidan imzolangan birlamchi hujjatlar rasmiylashtiriladi. 
Birlamchi hisob hujjatlarida ma’sul shaxslarning imzolari bo’lmasa, ular haqiqiy 
hisoblanmaydi. Budjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha operatsiyalarni buxgalteriya yozuvi uchun 
quyidagi belgilangan tartibda rasmiylashtirilganlar asos bo’lib xizmat qiladi: 
G’aznachilik bo’linmalarining g’azna hisobvaraqlaridan, ushbu hisobvaraqlardan pul 
mablag’larining (o’tkazish va qabul qilish) harakatini tasdiqlovchi xizmat ko’rsatuvchi banklarning 
tegishli belgilari qo’yilgan to’lov topshiriqnomalari va boshqa to’lov hujjatlari (elektron yoki qog’oz 
holatidagi) ilova qilingan bank ko’chirmalari; 
G’aznachilik bo’linmalari maxsus hisobvaraqlaridan budjet mablag’lari hisobiga ish haqi va 
unga tenglashtirilgan to’lovlarni amalga oshirish, shuningdek budjetdan mablag’ oluvchilarning 
ma’lum maqsadlar uchun budjetdan tashqari mablag’lari hisobidan naqd pul mablag’lari to’lovi 
bo’yicha shu hisobvaraqlardan pul mablag’larining (o’tkazish va qayta tushirish) harakatini 
tasdiqlovchi xizmat ko’rsatuvchi banklarning tegishli belgilari qo’yilgan to’lov topshiriqnomalari va 
boshqa to’lov hujjatlari (elektron yoki qog’oz ko’rinishida) ilova qilingan bank ko’chirmalari; 

Yüklə 5,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   329




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə