Toshkent moliya instituti buxgalteriya hisobi va audit fakulteti



Yüklə 16,66 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü16,66 Kb.
#146510
1-TTJ DA IIB TADBIRI MA’LUMOTNOMA


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT FAKULTETI



Toshkent moliya instituti 2022/2023 o‘quv yilida Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti tyutori Mavlonov Aziz Mexmonovichning yoshlar ishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy yo‘nalishlarda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha

MA’LUMOTNOMASI
TOSHKENT – 2022
Toshkent moliya institutining 1-Talabalar turar joyida “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish dolzarb vazifa” mavzusida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir
MA‘LUMOTNOMASI
Toshkent moliya institutining 1-Talabalar turar joyida 2022 yilning 8 oktyabr sanasida “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish dolzarb vazifa” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda Toshkent shahri Olmazor tumani IIO FMB 4-sonli IIB boshlig‘i kapitan D. T. Ismailbekov, 4-sonli IIB jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik X. Usmonov, Toshkent moliya institutiga xizmat ko’rsatuvchi profilaktika katta inspektori katta leytenant A.O.Qodirov va Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti tyutori A.M.Mavlonov hamda yotoqxonada yashovchi talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so’z olgan 4-sonli IIB jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik X. Usmonov talabalar bilan olib boriladigan ma’naviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish, ular o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish, turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolishdan asrash, yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlashga qaratilgan muhim vazifalarni o‘z vaqtida bajarish lozimligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, qasddan odam o‘ldirish yoki tan jarohati etkazish, mol-mulkka tajovuz qilish, firibgarlik kabi jinoyatlarni hamda ayollar, yoshlar, voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlarni keskin kamaytirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan muhim ishlar yuzasidan ma‘lumotlar berdi.
Shuningdek, tadbirda mamlakatimizda giyohvandlikka qarshi kurashish va uni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, giyohvand, tamaki va alkogol moddalarni isteʼmol qilishning zararli oqibatlari, narkotik tabletkalar isteʼmoli natijasida hayotdan koʻz yumish holatlari, narkologik moddalarni isteʼmol qilgan shaxslarning psixologik va tibbiy holati, organizmidagi oʻzgarishlari toʻgʻrisida ham alohida toʻxtalib o‘tildi.

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, yoshlar o‘rtasida g‘oyaviy bo‘shliqni oldini olish, ularning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazishda axborot vositalaridan maqsadli foydalanishni tashkil etish, yosh avlod o‘rtasida o‘z vaqtida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar mazmun-mohiyatini tushuntirish va ularning huquqiy, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishdan iboratdir.

Bu kabi tadbirlarni o‘tkazilishi yoshlarning siyosiy va huquqiy bilimlarini oshirish bilan birga, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarni oldini olishga, yoshlar bilan yaqindan muloqot olib borib, turli axborot xurujlaridan asrashga hamda yurtga muhabbat, uzoq tarixga ega azaliy qadriyatlar, ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Muloqot tarzida o‘tgan davra suhbatida mutaxassislar tomonidan yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob oldilar.


Buxgalteriya hisobi va audit
fakulteti dekan muovini H.R.Axmedov


Tyutor A.M.Mavlonov
Yüklə 16,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə