"Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit" kafedrasi


Mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish tartibi va ro’yxatdan o’tish tartibi



Yüklə 231,58 Kb.
səhifə4/13
tarix23.12.2023
ölçüsü231,58 Kb.
#154799
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2021 й мустакил таълим топ улубий кулланма 2021 22

3. Mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarish tartibi va ro’yxatdan o’tish tartibi
Talaba "Moliyaviy tahlil" fanining har bir mavzusi bo’yicha mustaqil ishni bajaradi. Talaba har bir mavzu bo’yicha savollarga javob beradi.
Ish texnik vositalar yordamida amalga oshiriladi 14-15 bet va taqdim etilgan taqdimot slaydlari taxminan 12-15 bo’lishi kerak.
Talabalarining mustaqil ishlarining matni A-4 formatli varaqlarda, Times New Roman shrift garniturasi 14 o’lchamida, 1,0 intervalda chap tomonidan 3 sm, tepadan - 2 sm yoki kamida 2,5 sm va o’ngdan 1 sm, shrift - 14, 1 interval bilan o’lchamida hoshiyalangan holatda tayorlanadi. Betlarni raqamlash pastki qismning markazida joylashtiriladi.Bunda kompyuterdan foydalanishda ushbu parametrlarga o’lchami va yozilishi yaqin bo’lgan boshqa shriftlar garniturasidan foydalanish mumkin.
Asosiy matn 1,0 intervalda teriladi. Abzats chekinishi o’lchami 1,0 sm. Bu parametrlar matn bo’ylab bir xil bo’lishi shart. Jadvallar nomi va qo’shimcha matnlarni boshqa rang bilan ajratishga yo’l qo’yilmaydi. Talabalarining mustaqil ishlarida asosiy matn bir ustunda terilishi kerak. Talabalarining mustaqil ishlarida asosiy sarlavhalarni hamda matnda rasm ostidagi yozuvlarni to’q ko’k rang bilan
yozishga yo’l qo’yiladi, ammo ko’rinmaydigan yozuvda yozishga yo’l qo’yilmaydi.
Formulalar qora rangda teriladi. Formularni terishda fon ishlatishga va boshqa rangdan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi. Sahifalarda turli rangli fonlarga
joylashtirishga yo’l qo’yilmaydi.
Darajasi bir xil bo’lgan yozuv, sarlavha va boshqa matnli elementlar, bir xil parametrli shrift bilan terilishi va rasmiylashtirilishi kerak. Snoskalarni terish uchun asosiy kegldan 2 p, 4 p kichik bo’lgan shrift kegllari tanlanadi.
Titul varag’ida kolontsifra (betlarning tartib raqami) qo’yilishiga yo’l qo’yilmaydi.
O’zini sinash 12 varaqli daftarda qo’lda bajarilishi mumkin.
Mustaqil ta’lim topshirig’ida sizda sarlavha varag’i va asosiy tafsilotlar bo’lishi kerak: ishning nomi (mustaqil ish yoki mustaqil test ishi), mavzu nomi, mustaqil ta’lim topshirig’i bajarilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt nomi, semestr, kurs, guruh, talabaning to’liq ism-sharifi., mustaqil ish yili.
Mustaqil ishning oxirgi varag’ida ish qilingan sana va talabaning shaxsiy imzosi bo’lishi kerak.
Mustaqil ta’lim topshirig’i o’qituvchi tomonidan ko’rib chiqiladi va talabaning topshiriq bo’yicha savollarga javobi fan baholari reytingi bilan baholanadi.Sirtqi ta‟lim talabalari uchun "Moliyaviy tahlil" fanidan mustaqil ishlash uchun topshiriqlar “Moliyaviy tahlil” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi mavzular ko’rinishida shakllantirilgan.

Yüklə 231,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə