Buxgalteriya hisobi


Er solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə163/224
tarix09.07.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#119429
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   224
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti-www.hozir.org

Er solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi.
O‘z mulkida, egaligida yoki foydalanishida er uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar er solig‘i to‘lovchilaridir.
Yuridik shaxslar uchun quyidagi er uchastkalari soliq solinadigan ob’ekt hisoblanadi:
1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan er uchastqalari;
  • qishloq yoki o‘rmon xo‘jaligini yuritish uchun egalik qilishga berilgan er uchastkalari;


  • korxonalar, binolar va inshootlar qurish uchun yoqi qishloq xo‘jaligiga taalluqli bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun berilgan er uchastqalari;


  • korxonalar, binolar yoki inshootlarga bo‘lgan mulk xuquqi o‘tishi bilan birga egalik qilish va foydalanish huquqi ham o‘tgan er uchastkalari.


Er solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi va Davlat Soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan umumiy tartibda soliq to‘lovchilarga etkaziladi.


Er solig‘ini hisoblash er uchastkasining haqiqiy maydoni asosida amalga oshiriladi.
Misol. Korxona Toshkent shahar Chilonzor tumanida 3 gektar maydonda joylashgan hamda Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi 2 gektar maydonda dam olish zonasiga ega.
Chilonzor tumani hududida soliq stavkasi 1 gektar er uchun 2060370 so‘m. Soliq 2060370 x 3 = 6181110 so‘m.
Soliq Toshkent shahar Chilonzor tumaniga to‘lanadi.
Toshkent viloyati Parkent tumani hududida 1 gektar er uchun soliq stavkasi 1820,3 so‘m. Soliq 1820,3x2 = 3640,6 so‘m.
Ushbu soliq Parkent tumanining mahalliy byudjetiga to‘lanadi.
Soliqning jami summasi 6181110 + 3640,6 = 6184750,6 so‘m.
Hisoblangan summa quyidagi yozuv bilan ifodalanadi:
D-t 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» - 6184,7 ming so‘m
K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik» -6184,7 ming so‘m.
Ushbu soliq byudjetga to‘langanda quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik»-6184,7 ming so‘m
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti» - 6184,7 ming so‘m.



Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə