Buxgalteriya hisobi


Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq hisobi



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə165/224
tarix09.07.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#119429
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   224
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti-www.hozir.org

Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq hisobi.
Qat’iy belgilangan soliqni to‘lovchilar bo‘lib faoliyatning ayrim turlarini tavsiflovchi fizik ko‘rsatkichlardan kelib chiqqan holda soliq solinadigan ayrim faoliyat turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar hisoblanadi.
Qat’iy belgilangan soliq solinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati, shuningdek faoliyatning mazkur turlarini tavsiflovchi fizik ko‘rsatkichlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Qat’iy belgilangan soliq to‘lash tatbiq etiladigan faoliyat bilan bir qatorda faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faoliyatning mazkur turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishlari va umumbelgilangan yoki ushbu bo‘limda belgilangan soliqlarni to‘lashlari shart.
Qat’iy belgilangan soliq belgilangan faoliyat turini tavsiflovchi fizik ko‘rsatkich soliq solinadigan ob’ekt hisoblanadi. Soliq solinadigan baza fizik ko‘rsatkichlarning sonidan kelib chiqib, soliq summasi soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Qat’iy belgilangan soliq hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga:
  • yangi tashkil qilinayotgan (boshlovchi) soliq to‘lovchilar tomonidan – davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay;


  • faoliyat yuritayotgan soliq to‘lovchilar tomonidan – hisobot yilining


    15 yanvarigacha taqdim etiladi.

Soliq solish ob’ekti va ish haqining eng kam miqdori o‘zgargan taqdirda, soliq to‘lovchilar aniqlik kiritilgan hisob-kitobni navbatdagi to‘lovni to‘lash muddatidan kechiktirmay taqdim etishlari shart.


Qat’iy belgilangan soliqni yuridik shaxslar tomonidan – har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay to‘laydilar.


Nazorat savollari
  • Yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan soliqlar va uning ahamiyati.


  • Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobi.


  • Byudjetdan tashqari jamg‘armalarni tashkil etish maqsadi va ularning turlari.


  • Pensiya jamg‘armaiga majburiy to‘lovlar hisobi.


  • Respublika yo‘l jamg‘armasi to‘lovlar hisobi.


6.Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq hisobi.


Shuningdek «Buxgalteriya hisobi » fanining amaliyot mashgulotlarida kompyuter dasturlaridan (, Audit IT,1S: Prof. Buxgalteriya, Buxgalteriya (VS), Balans, Micrasoft Excel, Micrasoft PowerPoint, Web Trust, SYS Trust), slaydlardan, multimediata’lim vositalaridan, INTERNET sahifalari va tizimlaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Talabalarga ushbu fanni o‘zlashtirishda mavjud o‘quv adabiyotlaridan, elektron darslik, testlar majmuasi va boshqa manbalardan foydalanish tavsiya etiladi.





Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə