Buxgalteriya hisobi


Hisobot shakllarining tuzilish tamoyillari



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə168/224
tarix09.07.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#119429
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   224
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti-www.hozir.org

Hisobot shakllarining tuzilish tamoyillari.
Buxgalteriya hisoboti shakllarida hamma ko‘rsatib o‘tilgan ko‘rsatkichlar aks ettiriladi. U yoki bu modda (qator) to‘ldirilmagan holda, agar ular korxonada tegishli aktivlar, passivlar, jarayonlar yo‘q bo‘lmagan, ishlatilmagan bo‘lsa, tegishli qatorga chizib qo‘yiladi.
Buxgalteriya hisoboti shakllarining ustki qismi quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
«Korxona» rekviziti - korxonaning to‘liq nomi o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilib, tasdiqlangan hujjatlar asosida ko‘rsatiladi va uning kodi korxona hamda tashkilotlar umumdavlat negizida guruhlanishiga (klassifikator) asosan ko‘rsatiladi (OKPO).
«Tarmoq (faoliyat turi)» rekviziti — tarmoq va uning kodi umumdavlat negizida xo‘jalik tarmoqlar, guruhlanishiga asosan ko‘rsatiladi (OKONX).
«Davlat mulkini boshqaruvchi tashkilot» rekviziti — bunda davlat yoki munisipial korxona tarkibiga kiruvchi tashkilot nomi (agar bor bo‘lsa) va buxgalteriya hisoboti topshirilayotgan tashkilot ko‘r­satiladi.
«Nazorat summasi» rekviziti — korxonalar tomonidan to‘ldirilmaydi.
Buxgalteriya balansi (1-shakl).
Moliyaviy hisobot tizimida balans muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yillik hisobot tarkibidagi unda katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, chunki xalqaro andazalar talablariga yaqinlashdi va bozor munosabatlariga qaratildi. Balansning aktiv va passiv moddalarining mazmuni ichki hamda tashqi foydalanuvchilarga undan foydalanish imkoniyatini berdi. Ichki va tashqi qiziquvchilar uchun korxona faoliyatining moliyaviy natijalari, uning moliyaviy barqarorligi, kreditor qarzlarining hajmi, bank kreditlari bo‘yicha qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar zarur.
Korxona ichida balansda keltirilgan axborotlar xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, xarajatlar va yo‘qotishlarni qisqartirish zaxiralarini qidirib topish, korxona hisobidan to‘lanadigan jarimalar sabablarini bartaraf etish uchun keng qo‘llaniladi.
Moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi hisobot (2-shakl).
Moliyaviy natijalar to‘g’risida hisobot 2-shakl.
Ushbu shaklda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning asosiy, muomalaviy va moliyaviy faoliyati natijasida olgan foyda yoki ko‘rgan zararlarining miqdori tegishli moddalar bo‘yicha yoritiladi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar "Mahsulot (ish, xizmat)ni sotishdan tushgan daromad" moddasida (010-satr) savdo utsamalari, xaridor va buyurtmachilar tomonidan to‘lagan soliqlar bilan birgalikda, mahsulot, tovar, ish, xizmatlarni sotishdan tushgan jami daromad (qaytarilgan tovarlar, tayyor mahsulotlar qiymatining miqdori va sotish bahosidan xaridor hisobidan chegirib tashlangandan keyin) aks ettiriladi. Ayrim tovarlarning eksport qilinishi sababli xorijiy valyutada tushgan daromadning majburiy sotiladigan qismi, ya’ni Markaziy bank muassasasi tomonidan tasdiqlangan kursda 010-satrda aks ettiriladi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə