Buxgalteriya hisobi


Asosiy vositalar xarakati tug‘risidagi hisobot (3-shakl), pul mablag‘lari to‘g‘risidagi hisobot (4-shakl)



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə169/224
tarix09.07.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#119429
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   224
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti-www.hozir.org

Asosiy vositalar xarakati tug‘risidagi hisobot (3-shakl), pul mablag‘lari to‘g‘risidagi hisobot (4-shakl).
Moliyaviy hisobotdan ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun korxonaning asosiy vositalarining tarkibi, ularning ish holati va umumiy qiymati muhim ahamiyatga ega. Bu ma’lumotlar korxonalarning moliyaviy hisobot tarkibida tuziladigan «Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot» da aks ettiriladi.
Asosiy vositalar harakati to‘g‘risidagi hisobot asosiy vositalar va ularning eskirishi belgilangan tasnif asosida quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha aks ettiriladi: yil boshiga qoldig‘i; hisobot davrida asosiy vositalarning kirimi; hisobot davrida hisobdan chiqarilgani; yil oxiriga qoldig‘i.
Hisobotning 3 va 6- ustunlarida yil boshi va oxiriga korxona balansida hisobga olingan barcha asosiy vositalarning qiymati aks ettiriladi.
4-shakl "Pul okimlari tugrisidagi xisobot" beshta bulimdan tashkil topgan:
1. Xujalik faoliyatida pul mablaglarining xarakati.
2. Investitsiya foydasi va moliyaviy xizmat kursatishdan olingan va tulangan mablaglar.
3. Solikni tulash uchun sarflangan mablaglar.
4. Investitsiya faoliyati uchun sarflangan va olingan mablaglar
5. Moliyaviy faoliyat buyicha sarflangan va olingan mablaglar.
Bundan tashkari ayrim bulimda xorij valyutasining xarakati tugrisida ma’lumot keltirilgan moddalarda aks ettirilmasdan, ulardan mos ravishda 040 va 041-satrlarda aks ettiriladi.
Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot (5-shakl).
Ushbu xisobotda sub’ektning mulki xisoblangan va uning tasarrufida bulgan xususiy kapitalining — uzok va kiska muddatli aktivlarning yil boshiga va yilning oxiridagi xolati aks ettiriladi.
"Yil boshiga koldik" moddasida sub’ektlar xisobot yilining boshiga nisbatan xususiy mablaglarining yigindisini kursatadilar:
3-ustun — "Ustav kapitala" da 8510-"Ustav kapitalini xisobga oluvchi schyotlardagi ma’lumotlarga asosan ta’sis xujjatlarida kursatilgan Ustav kapitalining oddiy aksiyalar, imtiyozli aksiyalar, ulush va omonatlarning mikdori kursatiladi;
4-ustun - "Kushilgan kapital" da 8520-"Kushilgan kapital"ni xisobga oluvchi schyotlardagi ma’lumotlarga. asosan emissiya daromadi, xorij valyutasining kursidagi farki va tekin- ga olingan mulklarning mikdori aks ettiriladi;
5-ustun - "Zaxira kapitala" da belgilangan koidaga kura Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan tashkil etilgan zaxiradagi kapitalning mikdori, ya’ni asosiy vositalarni karta baxolashdagi fark summasi, zaxira kapitali, xisobotni umumlashtirayotganda (yigma xisobot) sodir bulgan sum kursidagi farklarning mikdori aks ettiriladi;
6-ustun - "Taksimlanmagan foyda"da 8710-"Taksimlanmagan foyda" schyotining ma’lumotlariga asosan yil boshiga nisbatan taksimlanmagan foyda mikdori kursatiladi;
7-ustun - "Xususiy kapital bilan koplanmagan zararlar"da sub’ektning balansidagi yil boshiga bulgan zararlarning mikdori kursatiladi.

Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə