Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi Audit 1-qism 5230900


-MAVZU. DAROMAD VA XARAJATLAR HAMDA MOLIYAVIY NATIJALAR AUDITI



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə139/143
tarix22.05.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#87655
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   143
AUDIT UMK 1-QISM 2022

16-MAVZU. DAROMAD VA XARAJATLAR HAMDA MOLIYAVIY NATIJALAR AUDITI

Takrorlash uchun savollar



  1. Moliyaviy natijalarni audit qilishda foydalaniladigan asosiy me’yoriy hujjatlarni keltiring?

  2. Xarajatlarni audit qilish qanday tashkil etiladi?

  3. Ishlab chiqarish xarajatlariga va mahsulotlar (ish, xizmatlar) tannarxiga kirtiladigan xarajatlarni to’g’ri aniqlashni qanday tekshiriladi?

  4. Operatsion daromadlar va xarajatlarni shakllantirishni to’g’ri tekshirish qanday amalga oshiriladi?

  5. Realitsiyadan tashqari daromadlar va xarajatlarni tartibini tekshirish qanday amalga oshiriladi?

  6. Korxonalar faoliyati moliyaviy natijalarni shakllantirish va foydaning ishlatilishi qanday tekshiriladi?

  7. Xarajatlar, Tushumilar va realizatsiyadan tashqari daromadlar va xarajatlarni audit qilishda qaysi hujjatlar va buxgalteriya schyotlari tekshirish manbalari bo’lib hisoblanadi?

  8. Korxonada ishlaydigan xodimning ukasi yoki singlisining ta’lim olishi uchun oliy o’quv yurtiga o’tkazilgan mablag’lar xodimning daromadi hisoblanib, ularga soliq solinadimi?

  9. Korxona o’zining xodimi uchun sanatoriy-kurortda davolanishga yo’llanmalar xarid qiladi yoki ularning ambulatoriyada davolanishlariga haq to’laydi. Ushbu summalar uning daromadi hisoblanadimi, ularga daromad solig’i va yagona ijtimoiy to’lov hisoblab yozilishi kerakmi?

  10. Korxona o’z mahsulotini xodimlariga tannarxidan past baholarda sotishi mumkinmi?

  11. 9000, 9600 "Asosiy (operatsiyali) faoliyatdan olinadigan daromadlar" va "Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar" schyotlarining analitik hisobini tekshirish tartibini qanday amalga oshiriladi?

  12. Xususiy firma umumiy ovqatlanish bilan shug’ullanadi (oshxona). Jamoa oila a’zolaridan iborat. 2011 yilda unga yaqin yo’l ta’mirlanishi sababli tushum faqat soliqlarni to’lashga etdi. Xodimlarning ish haqi bo’yicha qarz hosil bo’ldi. Ular ushbu qarzni firma foydasiga qoldirishga rozilar. Qanday qilib provodkalarni o’tkazish va jismoniy shaxslarning daromadlarini soliq hisobotida aks ettirish kerak?

  13. Sud qarori bilan undirilgan (shartnoma shartlarining buzilgani uchun) va korxona (YAST to’lovchisi) hisobraqamiga kelib tushgan jarima tarzidagi pul mablag’lari (850,0 mln so’m) biz uchun realizatsiya hisoblanadimi yoki daromadmi? Ular buxgalteriya yozuvlarida qanday ifodalanadi?

  14. Xususiy korxona soliqlar va to’lovlar to’langanidan keyin qolgan foydani tasarruf qilishi, o’z xohishiga qarab hisob-kitob raqamida bo’lgan mablag’larni o’zi va uchinchi shaxslar (masalan, qarindoshlari) uchun avtomobil, uy-joy xarid qilishgan yo’naltirishi mumkinmi? Buni hadya qilish deb hisoblasa bo’ladimi? Ushbu operatsiyalarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i solinadimi? Qanday hujjatlar rasmiylashtiriladi va ular qaerga taqdim etiladi? Agar korxona QQS to’lovchi bo’lsa, buni buxgalteriya provodkalarida qanday aks ettirish kerak?

  15. Korxonamiz YAST to’lovchisi hisoblanib, 2011 yilda balansdagi asosiy vositalarni (bino, dastgoh va boshqalar) jismoniy shaxslarga ijara shartnomasi asosida ijaraga berganmiz. Operativ ijaraga berilgan mulklar bo’yicha operatsiyalar korxonamiz hisobotida qay tarzda aks ettiriladi?

  16. Korxona qishloq joylarida namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uy-joy quruvchi jismoniy shaxslar olgan ipoteka kreditlari uchun to’lovlarni "Qishloq qurilish bank" ATBga ularning ish haqidan yo’naltirsa, ushbu summalardan byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badali (4,5%), yagona ijtimoiy to’lov (25%) va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i ushlab qolinishi kerakmi?

  17. Xodim o’z xohishiga ko’ra ishdan bo’shaganda unga ishdan bo’shatish nafaqasi to’lanishi shartmi yoki to’lanmasa ham bo’ladimi va bu qaysi qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi?

  18. Korxonada bir necha yil ishlagan xodim yillik mehnat ta’tillaridan foydalanmagan holda ishdan bo’shab ketib, ma’lum bir vaqtdan keyin yana ishga qabul qilinsa, ilgarigi foydalanilmay qolgan mehnat ta’tillari uchun pullik kompensatsiya talab qilishga haqlimi va buni korxona to’lab berishi lozimmi?

  19. Vakillik xarajatlari me’yorlashtiriladimi, ular uchun qanday me’yor belgilangan?

MAVZU BO’YICHA MASALALAR


Masala. Yagona soliq to‘lovi to‘lovchisi bo‘lgan korxona o‘zi ishlab chiqargan mahsulotini 25 645,4 ming so‘mga 100 foizli oldindan to‘lov sharti bilan sotgan. Ushbu sotilgan mahsulotning tannarxi 27 535,6 ming so‘mni tashkil qilgan. Yuqoridagi muomalalar korxona buxgalteri tomonidan quyidagicha buxgalteriyada hisobga olingan:

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə