Buxgalteriya lit


Т artibga soluvchi schotlar



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/79
tarix28.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#99598
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   79
Buxgalteriya lit

Т
artibga soluvchi schotlar. 
Bu guruhga kiritilgan
schotlarning asosiy maqsadi xo‘jalik mablag‘larining
joylanishini va tashkil topishini, manbalarning tegishli
qo‘shimcha ma’lumotlari yordamida aniqlik kiritish yo‘li
bilan tartibga solishdir, ularning qiymatini, to‘liqligini
nazorat qilishda qo‘shimcha ma’lumot zaruriyatini tasdiq-
lashdir. Misol uchun: „Asosiy vositalar“ schotini olaylik.
Asosiy vositalar qabul qilingandan to yaroqsiz holga kelib,
hisobdan chiqarilgunga qadar „Asosiy vositalar“ schotining
debet tomonida ko‘rsatiladi. Ulardan foydalanish davomida
o‘z qiymatini asta-sekin yangidan yaratilgan mahsulotga
o‘tkazib boradi. Bu esa asosiy vositalarning eskirishi sifatida
amalga oshiriladi. Asosiy vositalarning boshlang‘ich
qiymatini, ularning to‘liqligini ta’minlashda, ularning
eskirishini aniqlash bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotga asosan
asosiy vositalarning qoldiq qiymati aniqlanadi. Bu holat
bevosita tartibga soluvchi schotlar yordamida olib boriladi.
O‘z navbatida, tartibga soluvchi schotlar 
kontrar
schotlar
deb yuritiladi va ular ikkiga 
kontrfaol
va 
kontrnofaol
schotlarga bo‘linadi.
Umuman, kontrfaol va kontrnofaol schotlarning ma’-
lumotlariga asosan asosiy schotlarning qoldiqlari tartibga
solinadi.
Т
aqsimlovchi schotlar
. Bu schotlar yordamida xara-
jatlarni to‘g‘ri hisobga olish, mahsulot tannarxiga o‘tkazish
yoki ularni hisobot davrlari bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash im-
koni yaratiladi. 
Т
aqsimlovchi schotlar ham ikkiga, ya’ni
yig‘ib taqsimlovchi
va 
hisobot davrlari
o‘rtasida taqsimlov-
chi
schotlarga bo‘linadi. Yig‘ib taqsimlovchi schotlarga
„Umumxo‘jalik xarajatlari“ schoti kiradi. Hisobot davrida
taqsimlanadigan schotga „Davr xarajatlari“ kiradi.
Т
aqsimlovchi schotlarning ikki guruhga bo‘linishi bevosita
xarajatlarning mahsulot tannarxiga o‘tkazilishi bilan yoki
hisobot davridagi yalpi daromad yoki foydadan qoplanishi
bilan bog‘liqdir. 
Т
aqsimlovchi schotlarning o‘ziga xos
xususiyati shundaki, bu schotlarga oy boshiga, oxiriga qoldiq


106
qoplanadi, qilingan barcha xarajatlar ishlab chiqarilgan
mahsulot tannarxiga to‘liq o‘tkaziladi. Bunday o‘tkazish
taqsimlovchi schotlar orqali amalga oshiriladi. Xarajatlarni
taqsimlash ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbatan
olib boriladi.
Yig‘ib taqsimlovchi schotlarda xo‘jalik muomalalarini
aks ettirish tartibi va xarajatlarni taqsimlash tartibini o‘r-
ganish maqsadida quyidagi misollarga murojaat qilamiz.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə