Buxoro davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Ilmiy tadqiqot jarayonida matematik xisoblash



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə7/85
tarix22.03.2024
ölçüsü1,71 Mb.
#182930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   85
BOLALAR JISMONIY TARBIYASI YANGI MAJMUA

Ilmiy tadqiqot jarayonida matematik xisoblash
Keyingi yillarda biologiya va pedagogika fanlarida tadqiqotning matematik xisoblsh usuliyatlaridan keng foydala-nilmoqda. Xamma voqealarning, atrofimizni o'rab olgan xar qanday jarayonlarning ikki tomoni - sifat va miqdor tomoni mavjud. Maolumki, matematika voqelarning abstrakt shakldagi miqdor tomonini o'rganadi. Shuning uchun xam matematik usuliyatlardan foydalanishdan voz kechish tadqiqotchini masalaning faqatgina bir tomonini - sifat tomoninigina o'rganishga, uni to'la o'rgana olmaslika mahkum etadi. Bunday yarim-yorti yondashishga tadqiq etiladigan muammoni aniqlab, tadqiqotni boshlanish etapidagina yo'l qo'yilishi mumkin xolos. Ilmiy tadqiqotda hali aniqlnmagan, lekin olib borishda voqealarning barcha tomonlarini, jumladan miqdor tomonlarini ham tadqiq etish muammosi turadi.
"Fan matematikadan foydalanishga muyassar bo'lgandagina takomiliga yetadi"- degan edi Polp Lafarg. Shunga ko'ra jismoniy tarbiya nazariyasining tadqotlarida keyinga yillarda matematika fanlaridan foydalanilmoqda, lekin hozirgi paytda asosan matematik statistika ilmiy tadqiqot jarayoniga muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Matematik statistikadan biologiya masalalarini hal etishda o'ziga xos ravishda qo'llanilib beometriya yoki variasion statistika orqali xulosalar amalga oshirilmoqda.
Tadqiqot natijasida olingan materiallar tadqiqotning son va miqdor jixatlarini
mujassamlashtiradi. Raqamlar, ko'rsatkichlarni aniqligi tadqiqotchiga matematik jixatdan to'g’ri va aniq fikrlar, muloxazalar qilishga, tadqiqot jarayoni bo'yicha taqqoslash, umumlashtirishda, aniq xulosalar chiqarishga yordam beradi.
Agarda suzuvchilar yoxud basketbolchilarning eksperimental va kontrol guruxlarini yig’ib ular bilan kuch talab qiladigan mashqlar bilan shug’llanish mashg’ulotlarining samaradorligi tadqiq qilinsa, shug’ullanuvchilarning jinsi, yoshi, sport maxorati darajasiga qarab nazariy fikrlarni amaldagi holati haqida aniq maolumotlar tayyorlash mumkin. Shuning uchun matematika fanining matematik statistikasi jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati xamda qator sport fanlarining nazariyasi va usuliyatida ilmiy amaliy masalalarni ijobiy xal qilish, o'quv tarbiya va sport trenirovkasi jarayoni takomil-lashtirishda muxim axamiyat kasb etmoqda. Ilmiy tadqiqot usuliyatlari doimiy bo'lmay ular o'z o'rinlarini yangi va progressiv tadqiqot uslubiyatlariga bo'shatib beradi. Barcha fanlar qatori jismoniy tarbiya fanining rivoji ko'p jixatdan ilmiy tadqiqot usuliyatlarining rivojlanganligi bilan bog’liqdir.



Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə