Kompyuter tarmoqlari



Yüklə 498 Kb.
səhifə1/6
tarix16.05.2023
ölçüsü498 Kb.
#110573
  1   2   3   4   5   6
DAVULOVA MUBORAK KT fanidan MUSTAQIL ISH


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI





TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI
FAKULTETI
KOMPYUTER TARMOQLARI” fani
MUSTAQIL ISH № 1
Mavzu: Pog‘onali arxitektura tushunchasi, pog‘onali arxitektura protokollari


Topshirdi: 051-20 sirtqi guruh talabasi
DavulovaMuborak


Qabul qildi:_KARIMOV A.B
Toshkent – 2023

Reja




  1. Pog‘onali arxitektura tushunchasi, pog‘onali arxitektura protokollari.




  1. Tarmoq elementlari va pog’onali arxitektura.

  2. OSI modeli.




  1. OSI pog‘onasi, vazifalari, asosiy protokollari.




  1. OSI pog‘onalarning o‘zaro ishlashi jarayonlari va xizmatlari.




  1. TCP/IPprotokollar steki haqida umumiy tushuncha.




  1. TCP/IP pog‘onasi, vazifalari, qo‘llaniladigan asosiy protokollari.

XULOSA

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va interenet resurslari


  1. Pog‘onali arxitektura tushunchasi, pog‘onali arxitektura protokollari.

Tarmoq arxitekturasi deganda - bu kompyuter tarmog’ini loyihalash va ishlab chiqish jarayoni tushunialadi. Arxitektura tushunchasi tarmoqning fizik tarkibiy qismlarini, ularning funktsional ob’ektlari, konfiguratsiyasini, printsiplari va ishlash tartiblarini va foydalaniladigan aloqa protokollarini aniqlashni ifodalaydi. Shuningdek, tarmoq arxitekturasi aloqa tarmog’i orqali taqdim etiladigan xizmatlar va ularning batafsil tavsiflarini, taqdim etiladigan xizmatlarni hisob-kitob qilish va hisob-kitob tuzilmalarini o'z ichiga oladi.
Kompyuter tarmoqlari arxitekturasi deganda kompyuterlarni o’zaro bog’lanishi, bog’lanish jarayonida qo’llaniladigan texnologiyalar, ularning xususiyalatlari, standartlari, kompyuterlar o'rtasida vazifalar qanday taqsimlanganligi va boshqa ko’plab jarayonlar tushuniladi. Tarmoq arxitekturasining eng ko'p ishlatiladigan ikki turi mavjud: peer-to-peer va mijoz-server.
Global miqyosidagi kompyuter tarmoqlarining o’zaro bog’lanishi natijasida Internet tarmog’i tashkil topadi. Internet tarmog'ining arxitekturasi, avvalambor, tarmoqdagi tugunlarni yoki tugunlarni ulash uchun ma'lum bir modelda yoki apparat ulanishlarining ma'lum turlarida foydalanishda emas, balki Internet protokollari (TCP/IP) arxitekturasidan foydalanishni ifodalaydi. Shunday qilib har bir texnologiya orqali loyihalashtiriladigan tarmoq o’zining arxitekturasiga ega bo’ladi, masalan, OSI, TCP/IP, umumfoydalanish telefon tarmog’i, mobil aloqa tarmoqlari va boshqalari. Ushbu ma’ruzada kompyuter tarmoqlarining arxitekturalari muhokama etiladi.Tarmoq modelining pog’onali arxitekturasida bitia butun tarmoq jarayoni kichik vazifalarga bo'linadi. Har bir kichik vazifa ma'lum bir qatlamga beriladi, u faqat vazi-fani bajarish uchun ishlaydi. Har bir qatlam faqat ma'lum vazifalarni bajaradi.
Qatlamli aloqa tizimida, xostning bir qatlami masofaviy xostda o'z darajasida bir xil darajada bajaradigan yoki bajaradigan vazifani hal qiladi. Vazifa eng past dara-jadagi yoki eng yuqori darajadagi qatlam tomonidan boshlanadi. Agar vazifa eng yuqori qatlam tomonidan boshlangan bo'lsa, u keyingi ishlov berish uchun uning ostidagi qatlamga o'tkaziladi. Pastki qavat ham xuddi shunday qiladi, u vazifani baja-radi va pastki qavatga o'tadi. Agar vazifa eng pastki qatlam tomonidan boshlangan bo'lsa, unda teskari yo'l tanlanadi.

Har bir qatlam o'z vazifasini bajarishni talab qiladigan barcha protseduralar, protokollar va usullarni birlashtiadi. Barcha qatlamlar bosh va quyruq orqali o'z tengdoshlarini aniqlaydi.


Kompyuter tarmoqlarida tarmoq elementi - bu bir yoki bir nechta fizik qurilmalarni birlashtirgan holda boshqadigan ob’ekt hisoblanadi. Bu tarqatilgan qurilmalarni bitta boshqaruv tizimidan foydalangan holda yagona usulda boshqarishga imkon beradi. Quyidagi rasmda keltirilgan har bir qurilma tarmoq elementi bo’ladi oladi.



2-rasm. Tarmoq elementlari

1996 yildagi Telekommunikatsiyalar to'g'risidagi qonunga binoan "tarmoq elementi" atamasi telekommunikatsiya xizmatini ko'rsatishda foydalaniladigan ob'ekt yoki uskunani anglatadi. Bunday atama shuningdek, ushbu ob'ekt yoki uskunalar orqali taqdim etiladigan xususiyatlar, funktsiyalar va imkoniyatlarni, shu jumladan abonent raqamlari, ma'lumotlar bazalari, signalizatsiya tizimlari va hisob-kitob qilish va yig'ish uchun etarli bo'lgan ma'lumotlarni uzatish, marshrutlash yoki boshqa ta'minotni o'z ichiga oladi.


Tarmoq elementlarning standartlari, ishlash ko’lami, imkoniyati, tarmoqda foydalaniladigan nuqtasi va boshqa jihatlariga qarab guruhlarga ajratiladi. Bu guruhlarga ajratish va ularni boshqari jarayoni pog’onali arxitekturada amalga oshiriladi. Misol uchun foydalanuvchi yashash manzili qismida foydalaniladigan tarmoq elementlari, magistral linyalarda yoki operator binoasida foylashtiriladigan tarmoq elementlari.
Pog’onali arxitektura tushunchasi ham - bu boshqaruv tizimining bir shakli tarmoqning elementlari, protokollari, interfeyslar, qurilmalari ma’lumot bir pog’onaga mantiqan tegishli bo’ladi Pog’onali daraxtga joylashtirilgan qurilmalar va boshqaruvchi dasturlar to'plamini o'z ichiga oladi. Misol uchun harbiy sohada ham bunday struktura ishlatiladi, ya’ni askar va uni boshqaruvi, serjand va uni boshqaruvi, batalyon boshlig’i va uni boshqaruvi va h.k. Har bir boshqaruvda boshqariluvchi va boshqaruvchi bo’lib, ular ma’lumot vazifalarni bajaradi, shunday qilib tarmoq elementlarini ham o’zining mantiqiy hududida ma’lum vazifalarni amalga oshiradi. Tarmoq so’zining ma’nosi narsalarning, qurilmalarning yoki odamlarning o’zaro bog’langan tizimi yoki guruhini anglatadi. Kompyuter tarmoqlari esa eng kamida o’zaro ulangan ikkita kompyuterlar tizimi tushuniladi. Tarmoq shartini bajarilishi faqatgina o’zaro bog’lanish emas, balki o’zaro ma’lumot almashish jarayoni amalga oshirilishi shart.
Tarmoq arxitektura esa yuqorida ta’kidlanganidek, kompyuterlarni bog’lanishi orqali hosil qilingan tarmoqni qanday asosda qurilganini, qanday qurilmalardan foydalanilgani, qaysi protokollar ishlatilgani, tizimda qanday muhitlardan foydalanib ma’lumotlar uzatilishi yoki har bir jarayonni fizik va mantiqiy holatlarni bajarilishini pog’onalarga ajratib bajarilishi tushuniladi. Har bir tarmoq arxitekturasi belgilangan standartlar asosida yoki xech qanday standartga asoslanmagan holatda ishlab chiqilishi mumkin. Masalan, kompyuter tarmoqlarini OSI etalon modeli asosida qurish bilan global miqyosida ma’lumot almashishni ta’minlash mumkin. Sababi dunyoda ko’plab mamlakatlarning kompyuter tarmoqlari ushbu etalon asosida ishlaydi. Agar OSI modeliga asoslanmagan qandaydir belgilanmagan standartga asosan kompyuter tarmoqlari loyihalansa, o’sha tizim ichidagi qurilmalar o’zaro ma’lumot almasha oladi, OSI asosidagi tarmoq bilan esa ma’lumot almasha olmaydi, sababi uning standarti boshqacha. Quyida 1-rasmda kompyuter tarmoqlari OSI modeli asosida qurilgan arxitekturasi keltirilgan.


  1. (b) (c)

1-rasm. a) Internet, b) kompyuter va c) telefon tarmoqlarining arxitekturalari

Boshqacha qilib aytadigan bo’lsa, turli xil tarmoq arxitekturalari ko’plab standartlar asosida ishlab chiqiladi, masalan, matnni formati, matni raqamli ko’rinishga o’zgartirish, raqamli matnni signal ko’rinishiga o’zgartirish yoki aksincha, signalli axborotlarni simsiz muhitda uzatish, qabul qilish jarayonlari ma’lum standartlar asosida ishlab chiqiladi. Tasavvur qiling ikki standart asosida ishlab chiqilgan tizim orasida ma’lumot almashish qanchalar murakkab bo’ladi. Shuning uchun ham global tarmoqlarni loyihalash va qurish uchun yagona standartdan foydalanish har doim afzal hisoblanadi. Bu xuddi ko’plab millatlarni bitta zalda ingliz tilida gaplashishi qanchalik osonligini ko’rsatadi. Agar har bir millat o’zining tilada gaplashsa, ularni tushunish uchun qancha tarjimon kerak bo’ladi yoki ba’zi tillar uchun tarjimon topilmasligi ham mumki. Shuning uchun ham tarmoqlarni qurishda yagona arxitekturaga asoslanish tarmoqni sodda va kam xarajatlar asosida qurish imkoniyatini beradi. Tarmoq elementlari va pog’onali arxitektura.


Hozirgi kunda dunyo miqyosida 800 dan ortiq standartlashtirish tashkilotlari bo’lib, ular global tarmoqlarni loyihalash, qurish, yangi standartlarni ishlab chiqish, tadbiq etish, muammolarni o’rganish, echimlar, va tavsiya ishlab chiqish jarayonlarini muvofiqlashtiradi. Umuman olganda standartlar, tavsiyanomalar, tartibga soluvchi yo’riqnomani ishlab chiqish doimiy yangilanib boradigan jarayon hisoblanadi. Misol uchun, yangi protokol, yangi avlod mobil texnologiyasi (3G, 4G, 5G) ishlab chiqilishi, ma’lumot uzatish tezligini oshirilishi, axborot xavfsizligini takomillashtirilishi, yangi WiFi texnologiyasini ishlab chiqilishi yoki telekommunikatsiyada lokal, shahar yoki global tarmoq uchun ishlab chiqilgan har qanday fizik yoki dasturiy maxsulot o’zining standartiga ega bo’ladi.
Shuningdek, standartlashtirish tashkilotlari yoki qo’mitalari xalqaro, hududiy va milliy ko’rinishlarda bo’ladi. Standartlashtirish tashkilotlotlari haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Dunyo miqyosida yirik standartlashtirish tashkilotlariga quyidagilar kiradi:

  1. ISO – International Organization for Standardization

  2. ITU – The International Telecommunication Union

  • ITU-R – ITU Radiocommunications Sector.

  • ITU-T – ITU Telecommunications Sector.

  • ITU-D – ITU Telecom Development.

  1. IEEE – Institute of Electrical and Electronics Engineers

  1. IETF – Internet Engineering Task Force

  2. ISSN -International Standard Serial Number centre

  3. 3GPP – 3rd Generation Partnership Project


Yüklə 498 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə