Reja: 1 Moliya pul mablag’laridan foydalanish usullari



Yüklə 22,84 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü22,84 Kb.
#132910
Тadbirkorlikni moliyaviy ta’minlash yo’llari


Тadbirkorlikni moliyaviy ta’minlash yo’llari
Reja:

1 Moliya – pul mablag’laridan foydalanish usullari


2 Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish
3 Foydalanilgan adabiyotlar

Moliya – pul mablag’laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar tizimi bo’lib, uning vositasida turli darajada pul mablag’lari fondlari vujudga keltiriladi va ular takрoр ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi. Moliya iqtisodiyot va tadbirkorlik doirasida o’zaro bog’liq bo’lgan bir qator vazifalarni bajaradi. 1. Moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni moliyaviy ta’minlash, ularga xizmat ko’rsatish vazifasini bajaradi.


2. Moliyaning taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadini tashkil qiluvchi qismini korxonalar, iqtisodiyot taрmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari o’rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo’ladi.
3. Moliyaning rag’batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va saрflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Har ikki holda ham moliya ishlab chiqarish samaradorligiga, uning piрovaрd natijasiga, mahsulot sifatiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. 4. Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol ustidan nazorat qilish vositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar bo’lish tizimi, turli soliqlar undirib olish va mablag’ bilan ta’minlash tizimi orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar jamiyatning moliya tizimini tashkil qiladi. Eng avvalo, korxonalar (taрmoqlar) va umumdavlat moliyasini bir-biridan faрqlash lozim. Korxona va taрmoqlar moliyasi ulardagi takрoр ishlab chiqarish jarayonida hamda alohida fondlar yaratish yo’li bilan xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlariga xizmat qiladi. Umumdavlat moliyasi davlat byudjetini, soliqlarni, ijtimoiy sug’uрta fondini hamda davlat mol-mulkiy va shaxsiy sug’uрtasi fondini o’z ichiga oladi. Davlat pul mablag’larining asosiy Markazlashgan fondi bo’lmish davlat byudjeti moliya tizimining asosiy bo’g’ini bo’lib xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tib borish bilan jamiyat moliya tizimida turli xil sug’uрta (ijtimoiy sug’uрta, tibbiy sug’uрta) fondlari va byudjetdan tashqari moliya fondlari (pensiya fondi, aholini ish bilan ta’minlash fondi, tabiatni muhofaza qilish fondi, taрixiy yodgoрliklarni saqlash fondi, tadbirkorlarga ko’mak berish fondi va boshqalar)ning ahamiyati oрtib boradi. Umuman, tadbirkorlikni moliyaviy ta’minlash manbalariga quyidagilar kiradi: 1) o’z mablag’lari; 2) davlat yoki mahalliy byudjet mablag’lari; 3) qarz yoki kredit mablag’lari; 4) xorijiy yoki mahalliy investoр mablag’lari; 5) homiylik, beg’aрaz yordam mablag’lari xali ham ilmiy, ham amaliy nuqtai nazardan asoslangan uslub bilan ta’minlanmaganlar. Bu xolat, albatta, bozor munosabatlarini shakllantirish davrida korxona va tashkilotlarga samarali boshqaruvchilik qilishda salbiy ro’l o’ynamoqda.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq mamlakatimizda xususiy mulk manfaatlarini ishonchli himoya qilish, tadbirkorlik faoliyati uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish borasida aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ham xususiy tadbirkorlikni, avvalambor, mikrofirma va kichik korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, ularning jadal rivojlanishi uchun qo‘shimcha shart-sharoit yaratish, imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan. 


Qaror asosida tashkil etilayotgan Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi zimmasiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama ko‘mak berish maqsadida qator vazifalar yuklatilmoqda. 


Jumladan, tijorat banklariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga kredit ajratish uchun milliy va xorijiy valyutada, xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish hisobidan resurslar taqdim etiladi. 


Jamg‘armaning tijorat banklari tomonidan berilayotgan kredit miqdorining 50 foizigacha (kredit miqdori 500 ming AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan taqdirda) yoki unga ekvivalent hajmdagi kreditlari bo‘yicha kafil bo‘lishi belgilab qo‘yildi. 


Shuningdek, jamg‘arma tomonidan tijorat banklari kreditlari bo‘yicha foizli xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya berish shaklida moliyaviy yordam ko‘rsatilishi ko‘zda tutilgan. 


Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda amaldagi ta’minotning cheklangan miqdori 100 ming AQSh dollariga teng hajmdagi mablag‘ni tashkil etadi. Ushbu mablag‘ miqdorini besh barobar ko‘paytirish, shubhasiz, tijorat banklari kreditlarini jalb etgan holda yirik loyihalarni amalga oshirish borasida qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. 


Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kafolat va kompensatsiyalar, tijorat banklariga esa quyidagi yo‘nalishdagi loyihalar bo‘yicha kredit ajratish uchun resurslar taqdim etadi: 


qishloq xo‘jaligi sohasida, birinchi navbatda, energiya tejamkorligi yuqori zamonaviy issiqxonalar qurish, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, uzumchilik va bog‘dorchilikni, jumladan, intensiv bog‘larni rivojlantirish; 


qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, jumladan, intensiv bog‘larda yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlash sohasida – ushbu mahsulotlarni saqlash bo‘yicha infratuzilma va transportirovka qilish bilan bog‘liq logistika markazlarini tashkil etish; 


ko‘p qavatli uylar atrofidagi umumiy foydalanishga mo‘ljallangan joylarni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruv kompaniyalari tomonidan obodonlashtirish va ta’mirlash; 


tadbirkorlik faoliyatining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan boshqa yo‘nalishlari uchun. 


Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining ishonchli resurs bazasini ta’minlash, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yagona mexanizmini yaratish maqsadida qarorda Toshkent shahridagi Kichik sanoat zonalari kafolat jamg‘armasi va Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamg‘armasini tugatish, ularga tegishli bo‘lgan 50 million AQSh dollari va 100 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘larini yangidan tuzilayotgan jamg‘arma hisobiga o‘tkazish ko‘zda tutilgan. 


Shuningdek, qarorda davlat byudjetining ushbu maqsadlar uchun har yili tasdiqlanadigan ajratmalar doirasidagi mablag‘lari (2017-yilda – 100 milliard so‘m), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yillik sof daromadining Davlat byudjetiga yo‘naltiriladigan qismi, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning Jamg‘arma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun jalb etiladigan kreditlari (qarzlari) va grantlari hamda Jamg‘armaning depozitlarni joylashtirish, kafolatlar berishdan tushadigan daromadlari, shuningdek, qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar Jamg‘arma resurslarining qo‘shimcha manbalari sifatida belgilandi. 


Qabul qilingan ushbu qaror respublika bank-moliya tizimini yanada takomillashtirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini moliyaviy himoya qilish va kafolatlarini ta’minlash, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, biznes subyektlarining kredit resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatini kengaytirish va shu asosda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish hamda aholi hayot darajasini oshirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 09.06.2022 yildagi PF-150-son


Кучга кириш санаси
10.06.2022
Қўшимча ахборот
Улашиш
РУС
ЎЗБ
O’ZB
O‘ZB|РУС
Hujjat 10.06.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
So‘nggi yillarda tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining 46 mingdan ziyod loyihalariga 15 trillion so‘mdan ortiq miqdorda moliyaviy yordam ko‘rsatildi.
Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish, va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida:
1. Quyidagilar Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) faoliyatining kichik tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali joylarda tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirish;
eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash orqali respublikada eksport hajmini oshirishga ko‘maklashish;
tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradigan davlat, tarmoq va hududiy dasturlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish;
mamlakatda kichik tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish, jumladan hududlarda iqtisodiy o‘sish va yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim drayver sohalarni rivojlantirish borasida moliyaviy ko‘maklashish;
tijorat banklarining kreditlari orqali ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuqori samara beruvchi yo‘nalishlar, jumladan axborot tizimlari va dasturlarini yaratish loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.
2. Belgilansinki, 2022-yil 1-iyuldan boshlab:
a) Jamg‘arma tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan, umumiy qiymati 5 milliard so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kredit va lizinglari bo‘yicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi.
Bunda, kompensatsiya “2+1” tamoyili asosida kredit (lizing)ning dastlabki ikki yili uchun taqdim etiladi, tadbirkorlar tomonidan biznes rejada ko‘zda tutilgan mahsulot (xizmat)lar ishlab chiqarish hamda ish o‘rinlari yaratish ko‘rsatkichlari to‘liq bajarilgan taqdirda, kompensatsiya taqdim etish davri qo‘shimcha bir yilga uzaytiriladi;
b) Jamg‘arma tomonidan tijorat banklari kreditlariga kafillik:
kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga ajratiladigan kreditlarning 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda;
2025-yil 1-yanvarga qadar mazkur Farmonning 1-ilovasida keltirilgan olis va borish qiyin bo‘lgan, shuningdek, mehnat resurslari ortiqcha hududlardagi kooperatsiya asosida kichik biznesni va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish uchun mahallalarga biriktirilgan yetakchi kichik tadbirkorlik subyektlariga, bundan tashqari, kasanachilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarga ajratiladigan kreditlarning 75 foizigacha (75 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda taqdim etiladi;
v) Jamg‘arma tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlariga kompensatsiya va kafillik tijorat banklarining faqat milliy valyutadagi kredit va lizinglari uchun beriladi;
g) mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida ko‘zda tutilgan moliyaviy yordamlar bitta tadbirkorning faqat bitta loyihasiga tatbiq etiladi hamda tadbirkor shartnoma amal qilgan kredit bo‘yicha qarzdorlik to‘liq qaytarilganda, moliyaviy yordam olish uchun Jamg‘armaga takroran murojaat qilishga haqli bo‘ladi.
3. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tijorat banklari bilan birgalikda Jamg‘arma tomonidan 2022-yil 1-iyulga qadar kompensatsiya yordamlari ko‘rsatilishi orqali ajratilgan kredit (lizing) biznes-rejasida ko‘rsatilgan ish o‘rinlarini yaratish va mahsulot (xizmat)lar aylanmasi kabi ko‘rsatkichlar to‘liq bajarilmagan hollarda 2024-yil 1-oktabrdan boshlab kompensatsiya to‘lovlarini to‘xtatish choralarini ko‘rsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Belgilansinki, tijorat banklarining kredit va lizinglari bo‘yicha kompensatsiyalar hamda kafilliklar Jamg‘armaning mavjud moliyaviy resurslari va tavakkalchiliklarini hisobga olgan holda, kichik tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladi, quyidagilarni nazarda tutuvchi kreditlar bundan mustasno:
alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va (yoki) ularning ulgurji savdo faoliyatini tashkil etish;
savdo (bundan eksportoldi moliyalashtirish mustasno), umumiy ovqatlanish hamda avtomobillarga yonilg‘i quyish hamda elektr quvvatlantirish shoxobchalari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish;
yengil va ilgari foydalanishda bo‘lgan yuk avtotransport vositalari sotib olish va ularni ta’mirlash (chet eldan olib kelinadigan yuk avtotransport vositalaridan tashqari);
bino-inshootlarni sotib olish;
aylanma mablag‘larni shakllantirish (eksportoldi moliyalashtirish bundan mustasno);
ilgari olingan kredit va lizinglarni yoki boshqa har qanday qarzni qaytarish;
nobank kredit tashkilotlari, lizing va sug‘urta kompaniyalari resurs bazasini shakllantirish.
5. Quyidagilar:
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini boshqarish bo‘yicha Kengash tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
2023-yil 1-yanvardan boshlab Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘ miqdoridan kelib chiqib, Jamg‘arma tomonidan bir moliya yilida qabul qilinadigan moliyaviy yordam miqdorlari Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash tomonidan belgilanadi.
Bunda, bir moliya yilida qabul qilinadigan moliyaviy yordam miqdorlari choraklar bo‘yicha taqsimlanadi;
Jamg‘arma tomonidan taqdim etiladigan kafilliklarning maksimal umumiy miqdori Jamg‘arma mablag‘larining 20 barobari miqdoridan oshmasligi kerak;
Kengash loyihalarning tavakkalchilik darajasidan kelib chiqqan holda, taqdim etilgan kafillik summasining ikki foizi miqdorigacha bir martalik vositachilik haqi olinishi tartibini belgilaydi;
Jamg‘armaning moliyaviy yordamlaridan foydalanish yuzasidan ma’qullangan loyihalar bo‘yicha shartnomalar 5 ish kuni ichida elektron raqamli imzodan foydalangan holda rasmiylashtiriladi.
7. Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengashga:
manfaatdor vazirliklar, idoralar va tijorat banklari rahbarlarining Jamg‘arma moliyaviy yordamlaridan foydalanish natijadorligi haqidagi hisobotlarini muntazam eshitib borish;
moliyaviy yordamlarning samaradorlik ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, Farmonning 2-bandida ko‘zda tutilgan moliyaviy yordam miqdorlarining yuqori chegarasi saqlangan holda uning miqdorini kamaytirish yoki moliyaviy yordam ko‘rsatishni to‘xtatish yuzasidan qaror qabul qilish;
Jamg‘armaning moliyaviy yordamlaridan foydalanish uchun tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bazaviy me’yorlar va shartlarni belgilash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
Jamg‘arma faoliyatini rivojlantirish va uni jahon standartlari talablariga muvofiqlashtirish uchun uning tashkiliy tuzilmasi va xodimlar soniga o‘zgartirish kiritish;
Jamg‘armaga yuklangan vazifalarning ijrosini tashkil qilish, tegishli loyihalarni ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq etish va zarur tavsiyalar tayyorlanishini ta’minlash maqsadida ekspert tahlil guruhini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik subyektlari muammolarini tezkorlik bilan hal qilishni ta’minlash maqsadida Jamg‘armaning moliyaviy yordam ko‘rsatish parametr va qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolati berilsin.
8. Jamg‘armaning “Tadbirkor” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — axborot tizimi) ishga tushirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
9. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (S. Xolxo‘jayev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
uch oy muddatda moliyaviy yordam taqdim etilayotgan loyihalar bo‘yicha o‘rnatilgan bazaviy me’yor va shartlar bajarilishining masofaviy monitoringini amalga oshirish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi, shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va tijorat banklarining axborot tizimlarini Jamg‘arma tomonidan ma’lumotlardan bepul foydalanilishini ko‘zda tutgan holda, axborot tizimi bilan integratsiyalashtirsin;
2023-yil 1-maydan boshlab tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarga taqdim etiladigan moliyaviy yordamlar Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash tomonidan belgilangan tavakkalchilik darajasidan kelib chiqib, skoring tahlil asosida axborot tizimi orqali amalga oshirilishini ta’minlasin;
tadbirkorlik subyektlariga qulaylik yaratish, to‘lanayotgan kompensatsiya mablag‘larining ularga manzilli yetib borishini ta’minlash maqsadida axborot tizimini takomillashtirib borsin.
10. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (S. Xolxo‘jayev) Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov) bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Jamg‘arma tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashning yangi turlarini joriy etish, xususan, biznes-treninglar tashkil etish, konsultativ xizmatlar ko‘rsatish va yangi tadbirkorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutuvchi takliflarni;
“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga Jamg‘arma o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan sudlarga arizalar, da’volar va shikoyatlar bilan murojaat qilganda, uni davlat bojidan ozod qilishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
12. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib moliya vaziri T.A. Ishmetov hamda iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari S.M. Xolxo‘jayev belgilansin.
Farmon ijrosini nazorat qilish va ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. Xususiy tadbirkorlik faoliyatini himoya qilishning huquqiy mexanizmlari va kafolatlarini yanada mustahkamlash, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi vositalarini yaratish, tadbirkorlik subyektlarining kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, shu asosda yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni rag‘batlantirish va respublika bank-moliya tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda – Jamg‘arma) davlat muassasasi shaklida tashkil etilsin va kichik tadbirkorlik subyektlariga quyidagi shaklda moliyaviy yordam ko‘rsatish uning asosiy vazifasi etib belgilansin:


a) kichik tadbirkorlik subyektlariga mazkur qarorda qayd etilgan maqsadlarga kredit ajratish uchun tijorat banklariga, jumladan, xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish hisobidan resurslar ajratish;


b) kichik tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari kredit miqdorining 50 foizigacha, ammo 500 ming AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan yoki unga ekvivalent hajmdagi kreditlari bo‘yicha kafil bo‘lish;


v) tijorat banklarining qiymati 1 million AQSh dollaridan oshmaydigan miqdordagi kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun quyidagi ekvivalentda kompensatsiya berish:


milliy valyutada – qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan foiz stavkasida – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 40 foizigacha bo‘lgan miqdorida;


xorijiy valyutada – tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 40 foizi, ammo 3 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda.


Jamg‘arma bosh bitimlar asosida tijorat banklari orqali milliy va xorijiy valyutada kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi va tijorat banklariga resurslarni taqdim etadi.


2. Quyidagilar Jamg‘arma resurs bazasining manbalari etib belgilansin:


Toshkent shahridagi Kichik sanoat zonalari kafolat jamg‘armasini va Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamg‘armasini keyinchalik tugatish va ularning tegishli ravishda 50 million dollar hamda 100 milliard so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari shaklida ushbu qarorning 1-ilovasida qayd etilgan tashkilotlar badallari hisobidan shakllantiriladigan Jamg‘armaning boshlang‘ich badali;


O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining ushbu maqsadlar uchun har yili tasdiqlanadigan ajratmalar doirasidagi mablag‘lari, 2017-yilda Jamg‘arma resurs bazasini shakllantirish uchun – 100 milliard so‘m;


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yillik sof daromadining O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga yo‘naltiriladigan qismi;


xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning Jamg‘arma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun jalb etiladigan kreditlari (qarzlari) va grantlari;


Jamg‘armaning, jumladan, depozitlarni joylashtirish, kafolatlar berishdan tushadigan daromadlari, shuningdek, qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar.


O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018-yildan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan Jamg‘arma resurs bazasini to‘ldirish uchun har yili mablag‘ ajratishni ko‘zda tutsin.


3. Belgilansinki, Jamg‘arma tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kafolat va kompensatsiyalar, shuningdek, tijorat banklariga quyidagi sohalarda loyihalar amalga oshirilishini moliyalashtirish uchun resurslar taqdim etadi:


qishloq xo‘jaligida, birinchi navbatda, energiya samaradorligi yuqori zamonaviy issiqxonalar qurish, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, uzumchilik va bog‘dorchilikni, shu jumladan, intensiv bog‘larni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar;


qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida – meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash bo‘yicha infratuzilma va ushbu mahsulotlarni transportirovka qilish bilan bog‘liq logistika markazlarini tashkil etish bo‘yicha loyihalar; ko‘p kvartirali uylarda umumiy foydalaniladigan joylarni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruv kompaniyalari tomonidan obodonlashtirish va ta’mirlash loyihalari;


tadbirkorlik faoliyatining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan boshqa yo‘nalishlaridagi loyihalar.


4. Quyidagilar:


Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini boshqarish bo‘yicha kengash tarkibi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha kengash) 2-ilovaga muvofiq;


Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasinining ijroiya direksiyasi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha kengashga, zarur hollarda, Jamg‘arma ijroiya direksiyasi tuzilmasiga boshqaruv xodimlari umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


5. Jamg‘arma ijrochi direktori maqomiga ko‘ra mehnatga haq to‘lash shartlari, tibbiy va transport xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtirilsin.


6. Jamg‘arma barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etilsin va bo‘shagan mablag‘lar uning resurs hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga maqsadli yo‘naltirilsin.


7. Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha kengash 2018-yilning 1-iyuliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tarmoqlar va tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishlarini yanada kengaytirish, shuningdek, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qo‘llab-quvvatlanadigan loyihalarni amalga oshirishga doir takliflar kiritsin.


8. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosma va elektron ommaviy axborot vositalarini keng jalb etgan holda, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘ida ushbu qaror maqsad va vazifalarini aholi hamda xususiy tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida muntazam va har tomonlama tizimli asosda yoritishni ta’minlasin.


9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki, Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari D.A.Qo‘chqorov, Markaziy bank raisi M.B.Nurmurotov, Savdo-sanoat palatasi raisi A.I.Ikromov zimmasiga yuklansin.


Foydalanilgan adabiyotlar


1 Xalim Xamroyev Tadbirkorlib soslari kitobi


2 Murodov A.
3 Lex.uz. sayti
Yüklə 22,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə