Buxoro davlat universiteti buxgalteriya hisobi va statistika kafedrasi buxgalteriya hisobi asoslari


Hujjatlar: rekvizitlari va ularni rasmiylashtirish



Yüklə 225,34 Kb.
səhifə3/12
tarix25.12.2023
ölçüsü225,34 Kb.
#161571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Buxgalteriya Hisobi KURS ISHI (2)

Hujjatlar: rekvizitlari va ularni rasmiylashtirish.

Buxgalteriya hisobi uslubi elementlaridan biri hujjatlashtirish bo‘lib, uning ahamiyati xo‘jalikni yuritishda, boshqaruvni oqilona tashkil etishda, shuningdek hisob ishlarini yuritish oldiga qo‘yilgan vazifa hamda talablarga javob berishda zaruriydir.
Buxgalteriya hisobi ishlarini tashkil qilish va yuritishda hujjatlardan foydalanish muhim hisoblanadi. Chunki, korxonada sodir bo‘lgan har bir xo‘jalik muomalasi hujjatlashtirilgan taqdirdagina, uning uzluksiz hisobga olinishi ta’minlanadi. Shu bilan birgalikda hujjatlardagi ma’lumotlar korxonada sodir bo‘ladigan xo‘jalik muomalalarining ishonchliligini ta’minlaydi.
Xo‘jalik muomalalarini hujjatlashtirish korxonani operativ boshqarishga samarali ta’sir ko‘rsatadi, boshqaruv xodimlarining o‘z vazifalarini suiiste’mol qilmasdan, vijdonan bajarishini ta’minlaydi.
Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobi uslubining muhim usullaridan biri bo‘lib, uning mazmuni xo‘jalik muomalalarini yozma ravishda dastlabki qayd qilish va ularning haqiqatda sodir bo‘lganligini isbotlashdan iboratdir.
Buxgalteriya hujjati - bu xo‘jalik muomalasi faktining haqiqatda mavjudligini yoki sodir bo‘lganligini yoki sodir bo‘lishi lozimligini isbotlovchi, mas’ul shaxslar imzosi bilan tasdiqlangan yozma guvohlikdir. Hujjatlar xo‘jalik muomalalari sodir bo‘lgan vaqtda yoki sodir bo‘lishi bilan tuzilishi va ularning mazmunini to‘liq aks ettirishi kerak. Buxgalteriya hisobida hujjatlarni tuzish, qabul qilish, saqlash va aks ettirish, shuningdek korxonada hujjatlar aylanishi tartibi maxsus Nizomda belgilangan.
Korxonada hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi shunday yo‘lga qo‘yilishi kerakki, u soxtalashtirish imkoniyatini, o‘z vaqtida kelib tushmasligi va ularni buxgalteriya hisobida kechiqib rasmiylashtirilishini istisno qilsin. Mazkur masalada korxona rahbarlari tomonidan tegishli nazoratning yo‘qligi noxush oqibatlarga olib kelishi hamda pul va tovar-moddiy boyliklarning talon-taroj qilinishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun o‘tkazilayotgan xo‘jalik muomalalariga doir hujjatlar harakati ustidan korxona rahbari tomonidan ham, bosh buxgalter tomonidan ham o‘zaro ikki tomonlama nazorat yo‘lga qo‘yilishi lozim. Buning uchun korxonada hujjatlarning aniq aylanishini yo‘lga qo‘yish va mas’ul ijrochilarni ko‘rsatgan holda hujjatlar oborotining turli bosqich chizmalar ko‘rinishida grafiklar yoki ishlar ro‘yxatini tuzish kerak bo‘ladi. Hujjatlar aylanishi grafigini amalga oshirish ustidan nazoratni bosh buxgalter amalga oshirishi kerak.
Korxonalarda sodir bo‘ladigan muomalalar o‘zlarining mazmunlariga ko‘ra har xildir. Hujjatlar o‘rtasidagi farqlar shuningdek ulardan hisob ishlarida foydalanishning xususiyatlari bilan ham shartlanadi. Shu munosabat bilan hujjatlarni buxgalteriya hisobida to‘g‘ri ko‘llash uchun ularni barcha turlarini yaxshi bilib olish kerak bo‘ladi. Buning uchun hujjatlarni ma’lum bir xususiyatiga qarab tasniflash zarur.
Buxgalteriya hujjatlari quyidagi belgilarga qarab turkumlanadi: qanday maqsadlarga tayinlanganligi, tuzish tartibi va muomalalarni qamrab olishligi.
Hujjatlar qanday maqsadga tayinlanganligiga qarab farmoyish, isbotlovchi, buxgalteriya rasmiylashtiruvchi va aralash (kombinatsiyalashtirilgan) turlarga bo‘linadi.
Farmoyish deb, u yoki bu xo‘jalik muomalalarini bajarish to‘g‘risidagi buyruq (farmoyish)ga ega bo‘lgan hujjatlarga aytiladi. Ularga buyruqlar, cheklar, ishonchnomalar va boshqalar kiradi. Ularning asosiy vazifasi rahbar xodimlarning topshirig‘i bevosita bajaruvchilarga topshirishdan iborat. Ko‘pchilik muomalalar faqat farmoyish hujjatlari mavjud bo‘lgandagina amalga oshiriladi. Masalan, navbatdagi ta’til uchun ish haqi faqat mazkur xodimni ta’tilga chiqarish haqida buyruq bo‘lsagina to‘lanadi.



1.1-rasm. Buxgalteriya hujjatlarining turkumlanishi.4

Farmoyish hujjatlari xo‘jalik muomalalari sodir bo‘lganligini tasdiqlovchi faktorlarga ega emas, shuning uchun ular o‘zlaricha muomalalarni hisobda aks ettirish uchun asos bo‘la olmaydi. Ko‘pincha farmoyish ma’lum hujjatda berilib, shu hujjatning o‘zida keyinchalik shubu muomala rasmiylashtiriladi. Bir nechta funktsiyaning bitta hujjatda bunday birlashtirish aralash (kobinatsiyalashtirilgan) hujjatlarni vujudga keltiradi.


Isbotlovchi (yoki tasdiqlovchi) hujjatlar deb amalga oshirilgan muomalalarni rasmiylashtiruvchi hujjatlarga aytiladi. Ular muomalalar sodir bo‘lish daqiqasida tuziladi va ushbu muomalalarni hisobda qayd qilishning birinchi bosqichini anglatadi.
Isbotlovchi hujjatlarga misol bo‘lib kirim orderlari hisoblanadi.
Kirim orderlari korxona omboriga kelib tushayotgan moddiy boyliklarni rasmilashtirish uchun ishlatiladi. Uning shakli kelib tushgan boyliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar buxgalteriyada keyinchalik qanday ishlashi (qo‘l bilanmi yoki hisoblash mashinalaridami)ga bog‘liq.
Shuni nazarda tutish kerakki, hozirgi paytda hujjatlarning isbotlovchi funktsiyalarini faqat muomalalarni bajarish haqidagi farmoyishlar unsurlari bilangina emas, balki ularning buxgalteriya rasmiylashtiruv unsurlari bilan ham birlashib yuritishga harakat qilmoqdalar. Shuning uchun ko‘pchilik xo‘jalik muomalalari alohida isbotlovchi hujjat bilan rasmiylashtirilmoqda.
Buxgateriya rasmiylashtiruvchi hujjatlari, deb buxgalteriya xodimlari tomonidan hisob yozuvlarini tayyorlash hamda ularni engillashtirish, qisqartirish va soddalashtirish uchun yaratilgan hujjatlarga aytiladi. Bularga taqsimlovchi, hisob - kitoblar (masalan, kalkulyatsiya), turli tuman buxgalteriya ma’lumotlari va shu kabilar kiradi.
Buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlariga misol sifatida asbob - uskunalarni saqlash va ishlatish xarajatlari, umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash vedomostini keltirish mumkin. Bu vedomostlarni tuzish uchun kerak bo‘lgan ma’lumotlar tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarni aks ettiruvchi “Umumishlab chiqarish xarajatlari” schyotidan olinadi.
Buxgalteriya ma’lumotnomalari ma’lum summani bir schyotdan boshqa schyotga o‘tkazish kerak bo‘lganda schyotni yopishni rasmiylashtirish, hisob yozuvlarida, yo‘l qo‘yilgan xatoni to‘g‘irlash xollarida va hokazolarda tuziladi. Bunga bo‘lgan ehtiyoj juda ko‘p uchraydi, shuning uchun shunga o‘xshash ma’lumotlarni tuzish buxgalteriya amaliyotida juda keng tarqalgan.
Buxgalteriya rasmiylashtiruvchi hujjatlarining turlaridan biri amalga oshirilgan muomalalar bo‘yicha schyotlar korrespondentsiyasi mazkur muomalani rasmiylashtirilgan asosiy hujjatning bosma ish qog‘ozi (blanki)ning shu maqsad uchun maxsus ajratilgan joyida yoki boshqa usul bilan ko‘rsatiladi.
Buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlari mustaqil ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Ulardan faqat tegishli boshqa isbotlovchi hujjatlar bilan birgalikdagina foydalanish mumkin. Ular hisobda hisob yozuvlarini osonlashtiruvchi va tayyorlovchi texnikaviy vosita hisoblanib, ko‘makchi ahamiyatga egadir.
Aralash (kombinatsiyalashtirilgan) hujjatlar deb, bir nechta hujjatlar turining, ya’ni farmoyish va isbotlovchi, isbotlovchi va buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlarining belgilarini birga qo‘shib olib boradigan hujjatlarga aytiladi.
Ular bir vaqtning o‘zida ham mazkur muomalani bajarish to‘g‘risida farmoyish, ham uning bajarilganligi haqida dalolat beruvchi (isbotlovchi) hujjat sifatida xizmat qilib, ushbu muomalaning bajarilganligini qayd qiladi va shu bilan birga ularni schyotilarda aks ettirish tartibi haqida ko‘rsatmalar beradi.
Aralash hujjatlarga misol sifatida bo‘nak (avans) hisobotini keltirish mumkin. U hisobdor shaxs tomonidan olingan bo‘nakdan qilingan xarajatlarni ko‘rsatish uchun tuziladi. Bu xarajatlarning ro‘yxati ularni tasdiqlovchi hujjatlar ko‘rsatilgan xolda hisobdor shaxs tomonidan bo‘nak hisobotining orqa tomonida keltiriladi. Hisobotning yuz tomonida har xil ma’lumotlar - hisobdor shaxsning ismi, sharifi, unga berilgan summa va hokazo keltiriladi. Zarur bo‘lgan hollarda shu betning o‘zida buxgalteriya xodimi tomonidan alohida ajratilgan joyda xarajatlar qanday schyotlarda aks ettirilishi kerakligi ham ko‘rsatiladi.
Bo‘nak hisobotida muomalaning mazmuni va buxgalteriya yozuvi haqidagi ma’lumotlarning mavjudligi uni aralash hujjati sifatida tafsiyalaydi. Chunki unda isbotlovchi hujjat va buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlarining belgilari birlashtirilgandir.
Aralash hujjatlar tarkibiga shuningdek materiallarni chetga yoki qayta ishlovga berib yuborish haqidagi nakladnayalar, materiallarni ombordan berish uchun talabnomalar, kassa kirim va chiqim orderlari va boshqalar ham kiritiladi.
Bir hujjat bir nechta hujjatlar turining belgilarini birga olib borish katta ahamiyatga egadir. U hisobdagi hujjatlashtirishni yaqqollashtiradi, hujjatlarni ishlashda ulardan foydalanish soddalashtiradi va engillashtiradi va provardida hisob bosma ish qog‘ozlariga sarflarni qisqartiradi. Zamonaviy buxgalteriya amaliyotida aralash hujjatlardan foydalanish ayniqsa keng tarqalgan.
Tuzilish navbatiga qarab hujjatlar dastlabki (birlamchi) va yig‘ma hujjatlarga bo‘linadi. Dastlabki hujjat deb, sodir bo‘lgan muomalalarni dastlab aks ettiradigan hujjatlarga aytiladi. Ular mazkur muomalalar haqiqatda bajarilganligining hisboti bo‘lib hisoblanadi.
Dastlabki hujjatga misol sifatida materiallar talabnomalarini keltirish xizmat qilishi mumkin. Ular materiallarni ombordan berilishida tuziladi va omborchi tomonidan unga materiallarni berish to‘g‘risidagi farmoyishni bajarilganligi haqida guvohlik beradi. Dastlabki hujjatlar tarkibiga shuningdek qabul qilish - topshirish dalolatnomalari, nakladnayalar, tilxat, kvitantsiyalar va boshqalarni kritish mumkin.
Yig‘ma hujjat deb dastlabki hujjatlar asosida tuziladigan hujjatlarga aytiladi. Ularda tegishli dastlabki hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan muomalalar aks ettiriladi. Yig‘ma hujjatlarga yuqorida ko‘rib chiqilgan bo‘nak hisoboti, umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash vedomostlari, kalkulyatsiyalar va boshqalar kiradi.
Bu hujjatlarning barchasida, dastlabki hujjatlardan olinganlardan tashqari yangi ma’lumotlar (hissador shaxs tomonidan amalga oshirilgan barcha xarajatlarning umumiy summasi, taqsimlash obyektlariga olib boriladigan taqsimlanadigan xarajatlar summasining qismlari, xarajatlar moddalari va boshqalar) ham mavjuddir.
Demak, yig‘ma hujjatlar, birinchidan, dastlabki hujjatlarning ma’lumotlarini
umumlashtirish va yig‘ma ko‘rsatkichlarni olish uchun, ikkinchidan hisobga olinayotgan muomalalar to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar olish maqsadida dastlabki hujjatlar ma’lumotlarini umumlashtirish va bu muomalalarni yangi bo‘limlarga ajratilgan xolda aks ettirish uchun xizmat qiladi.
Shundan kelib chiqqan xolda, yig‘ma hujjatlardan muomalalar haqidagi dastlabki ma’lumotlarni ishlash vositasi sifatida foydalaniladi, desak bo‘ladi.
Muomalalarni qamrab olish usuliga qarab, hujjatlar birgalik va jamg‘aruvchilarga bo‘linadi.
Birgalik hujjatlar bitta yoki bir vaqtning o‘zida bir nechta muomalalarni aks ettiradi. Bu xarajatlarning farq qilib turadigan xususiyatlari shundan iboratki, ular tuzilib bo‘lganlaridan keyinroq buxgalteriya topshirilishi va buxgalteriya yozuvlari uchun ishlatilishi mukin.
Birgalik hujjatlarga kirim orderlari, qabul qilish - topshirish dalolatnomalari, to‘lov talabnomalari, kassa orderlari va hakozolar kiritilishi mumkin.
Jamg‘aruvchi hujjatlar korxonada har xil vaqtlarda (bir hafta, dekadada, oyda) amalga oshirilayotgan bir turdagi muomalalarni rasmiylashtirish uchun xizmat qiladi. Ular korxonada qisqa vaqt ichida ko‘plab sodir bo‘ladigan muomalalar bo‘yicha yozib boriladigan hujjatlar sonini qisqartirish maqsadida tuziladi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan hujjatlardan bo‘nak hisoboti jamg‘aruvchi hisobotdir. Undan hisobdor shaxs tomonidan bo‘nak olingandan boshlab o‘tgan davr ichida qilingan xarajatlar aks ettiriladi.
Boshqa jamg‘aruvchi hujjatlar ham uchrab turadi. Ularga masalan, limitzabor kartasi, ish vaqtini hisobga oladigan tabel, bajarilgan ishlar vedomosti va hokazodan iborat. Jamg‘aruvchi hujjatlardan foydalanish sintetik schyotlar bo‘yicha yozuvlar bir oyda bir marta barcha bir turdagi hujjatlarning umumiy yakuni bilan aks ettiriladigan xollarda borgan sari keng tarqalib bormoqda.
Ba’zi mualliflar hujjatlarni shuningdek boshqa belgilari, masalan, boshqaruv funktsiyalari, qatorlar soni, tuziladigan joyi va shu kabilar bo‘yicha ham guruhlaydilar.
Har bir hujjat shunday rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerakki, unda amalga oshirilgan muomalalar haqida to‘la - to‘kis fikrga ega bo‘lish va uning isbotlovchi kuchini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlar mavjud bo‘lsin. Hujjatlarning tarkibiy unsurlari hisoblangan bu ma’lumotlar uning rekvizitlari deb nomlanadi. Rekvizit (lotincha reqnisitum) - bu kerakli, talab qilinadigan degan ma’noni anglatadi.
Hujjatlarning rekvizitlari hisob obyektlariga nisbatan belgi rekvizitlari va mazmun rekvizitlariga bo‘linadi.
Belgi rekvizitlari hisob ob’etlarini (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar b.) aks ettiradi. Mazmun rekvizitlari hisob obyektining tavsifini ochib beradi (ulchovi, navi, xajmi va b.). Ahamiyatliligi bo‘yicha rekivizitlar majburiy va ko‘shimcha rekvizitlarga bo‘linadi. Majburiy rekvizitilar har bir dastlabki hujjatda bo‘lishi shart.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risi”dagi Qonunga binoan dastlabki hujjatlarning zaruriy rekvizitlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- korxonaning nomi;
- hujjatning nomi va nomeri, uning tuzilishi sanasi hamda joyi;
- xo‘jalik muomalalarini nomi, mazmuni va miqdoriy o‘lchovi (natura va pul ko‘rinishida);
- ma’suliyatli shaxslarning shaxsiy imzolari.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi qonuning 6-moddasiga muvofiq elektron hujjatning majburiy rekvizitlari quyidagilardan iborat:
 elektron raqamli imzo;
 elektron hujjatni jo‘natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki elektron hujjatni jo‘natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
 elektron hujjatni jo‘natuvchining pochta va elektron manzili;
 hujjat yaratilgan sana.

Rekvizitlar quydagicha turkumlash mumkin:





1.2-rasm. Hujjatlar rekvizitlarining turkumlanishi.5


Zarur hollarda hujjatlarga qo‘shimcha rekvizitlar kiritilishi mumkin. Bular: mazkur xo‘jalik muomalasida ishtirok etayotgan korxona (tashkilot, muassasa, bank, xaridor) nomi, va manzili xo‘jalik muomalasining amalga oshirish uchun asos bo‘luvchi hujjat va sh.o‘.


Amal qilish muddatiga ko‘ra rekvizitlar quydigilarga bo‘linadi:
 doimiy rekvizitlar;
 shartli doimiy rekvizitlar;
 o‘zgaruvchan rekvizitlar.
Doimiy rekvizitlarga muayyan korxona doyrasida uzoq vaqt davomida o'zgarmaydigan rekvizitlar kiradi. Doimiy rekvizitlarning matbaa usulida bosilgan bo‘ladi. Ularga asosan kuydagilar kiradi:
 korxonaning nomi va manzili;
 hisob kitob schyoti;
 xodimlarning tabel raqamlari va b.

Buxgalteriya hisobi kompyuterlashtirilgan sharoitda axborotlarga ishlov berish uchun dastlabki hujjatlarning rekvizitlari xos raqamlar bilan belgilangan (kodlashtirilgan) bo‘lishi mumkin.


“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risi”dagi Qonunda shu narsa alohida ta’kidlanadiki, dastlabki hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan shaxs, ularni o‘z vaqtida tuzilganligi, to‘g‘riligi, ishonchliligi, shuningdek ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun belgilangan muddatlarda topshirish bo‘yicha javobgardir.
Buxgalteriya hujjatlarini tuzishga ham ma’lum talablar qo‘yiladi. Barcha hujjatlar o‘z vaqtida, qoidaga ko‘ra, muomala sodir bo‘layotgan daqiqada yoki muomala tugagach, sifatli tuzilishi, ularda ishonchli ma’lumotlar bo‘lishi hamda barcha majburiy rikvizitlarga ega bo‘lishi kerak.
Hozirgi paytda buxgalteriya hisobida avtomatlashtirish vositalari borgan sari ko‘proq qo‘llanilayotganligi tufayli, hujjatlar shuningdek hujjatlashtirish talablariga javob beradigan tartibda joylashtirilgan (joylanishining ketma - ketligi, zaruriy ma’lumotlarning maxsus ajratib ko‘rsatilganligi va hokazo) rekvizitlarga ega bo‘lishi kerak. Ayrim rekvizitlarning shifrlari (raqamli belgilari) hujjatda ular tegishli matn mazmuni bilan birgalikda ko‘rsatilishi kerak.
Agar yig‘ma hujjat kompyuter yordamida tuzilsa, unda bu hujjatda uning mazmunini tavsiflovchi sarlavha, undagi ma’lumotlarning isbotlovchi hujjatlarga muvofiqligini tasdiqlovchi shaxslarning imzolari keltiriladi. Isbotlovchi hujjatlarning vazifasi axborotni kompyuterda bajarganda, u qo‘l bilan tayyorlanganga o‘xshash isbotlovchi hujjatning barcha rekvizitlariga ega bo‘lishi kerak. Hisob axborotini u yoki bu mashinali tashuvchisida avtomatik tarzda qayd etilgan muomalalar majmuasi to‘g‘risidagi yakuniy ma’lumotlar keyinchalik barcha majburiy rekvizitlarga ega bo‘lgan tegishli hujjatni tuzish bilan tasdiqlanishi kerak.
Hujjatlarni siyoh, kimyoviy qalam bilan, yozuv mashinkalari yoki kompyuterlar yordamida yozib berish ruxsat etiladi.
Hujjatlar batartiblik bilan tuzilishi, matn va raqamlar shunday aniq va ravshan yozilishi kerakki, undan rasmiylashtirilgan muomalaning mazmuni va hajmini osonlik bilan tushunib olish mumkin bo‘lsin. Hujjatdagi imzolar ravshan bo‘lishi kerak. Hujjatdagi matnda ham, raqamli ma’lumotlarda ham hech qanday tozalashlar, dog‘ va izohlanmagan to‘g‘irlashlarga ruxsat etilmaydi. Kirim va chiqim kassa orderlarida umuman hech qanday to‘g‘rilashlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Hujjatlardagi ma’lumotlarning ishonchliligi va ularning yuqori sifatli tuzilganligi uchun ularga imzo chekkan xodimlar (tsex boshliqlari, omborchilar, kassirlar va boshqalar) javob beradi.
Hujjatlardan ikki marta (qayta) foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ulardan ba’zilari o‘chiriladi. Bu kirim va chiqim orderlarga biriktiriladigan barcha hujjatlar (arizalar, ishonchnomalar va shu kabilar)ga tegishlidir.




  1. Yüklə 225,34 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə