Buxoro davlat universiteti fakulteti guruh talabasining



Yüklə 183,74 Kb.
səhifə2/13
tarix23.12.2023
ölçüsü183,74 Kb.
#155840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Maktabgacha ta’lim muassasasalarida ta’limni tashkil etishda tarbiyachining o’rni

Kurs ishining maqsadi: Maktabgacha ta`lim tashkiloti tarbiyachisi pedagogik faoliyatini o’rganish
Kurs ishining vazifalari: yuqoridagi maqsaddan kelib chiqib kurs ishining quyidagi vazifalari belgilandi.
- Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi ish mazmunini o’rganish;
- Maktabgacha ta’lim tashkiloti shaxsiga qo’yiladigan talablarni o’rganish;
-Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi pedagogik faoliyati bilan tanishish.
Kurs ishining ob`ekti. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi faoliyati
Kurs ishinng predmeti: Maktabgacha ta`lim tashkiloti ta’lim tarbiyaviy faoliyatida tarbiyachi faoliyatini o’rganish
Kurs ishining metodlari. tanlangan muammoga oid ilmiy-metodik manbalarni
tahlil qilish, ilg`or pedagogik tajribalarni o`rganish va umumlashtirish, mavzuga oid adabiyotlar va amaliy ishlarni o’rganish.
Kurs ishining metodologik asoslari. O’zbekiston Respublikasining Ta’lim to’g’risidagi Qonuni, «O’zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim kontseptsiyasi», O’zbekiston Respublikasi Prezidentining nutq va ma’ruzalari, Vazirlar Mahkamasining 155-sonli buyrug’i, “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi va tarbiyachi faoliyatiga oid adabiyotlar tahlili.
Kurs ishining ilmiy ahamiyati: Ushbu kurs ishi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarning maktabgacha ta’lim tashkiloti va bolalar ta’lim tarbiyasidagi o’rnini o’rganish jarayoniga bag’ishlangan bo’lib tarbiyachining kasbiy komptentligi hamda shaxsiy va umumiy sifatlari dastlabki tadqiqot ishilardan biri sifatida tadqiq etildi;
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi faoliyatini o’rganish jarayonida bolalar ta’lim tarbiyasiga samarali ta’sr etish yo’llari hamda ularni maktab ta’limiga sifatli tashkil etishi bo’yicha samarali usullar hamda uni amalga oshirish vositalari belgilandi;
Ushbu kurs ishidan tarbiyachilar, ota-onalar, hamda maktabgacha ta’lim yo’nalish talabalari qo’llanma sifatida foydalanishlari mumkin.
Kurs ishining tuzulishi: 2 bob 4 paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

I-BOB. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI TARBIYACHISINING KOMPETENSIYASI


1.1. Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o‘rni
O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov o'qituvchidagi tarbiyachilik qobiliyatining asosiy mohiyatini shunday ta'riflaydi: «Tarbiyachi - ustoz bo'lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o'stirish, ma'rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o'zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday. buyuk fazilatlarga ega bo'lishi kerak». O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan jumhuriyatimizda pedagog xodimlarning oylik maoshlari yildan-yilga oshirilib, turmush sharoitlari yaxshilanib kelinmoqda. Pedagog xodimlar malakasini oshirish ilmiy-metodik markazlari kengaytirilmoqda, ularning siyosiy tayyorgarligiga talab kuchaytirilmoqda, har 4-5 yilda qayta tayyorlashdan o'tishlari uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda. Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga mas’uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini anglashga, ta’lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, o‘z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o‘rtoqlarini o‘sishiga yordam beradi.
Demak, tarbiyachi avvalo, bilimli bo‘lishi, o‘zi yashab turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoy faol bo‘lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak.
Shuningdek, pedagogik tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi. Mustaqillik munosabati bilan respublikamiz rahbariyati tarbiyachilarning faoliyatini yuqori baholamoqda. Yosh avlodni komil inson qilib, kamolot sari yetaklashdagi erishgan yutuqlari uchun va tarbiyachilar, metodist, katta, metodist tarbiyachi va boshqa shunga o‘xshash unvonlar bilan taqdirlanadilar. Ularga Respublika miqyosidagi unvonlar beriladi. Xalq ta’limi xodimlari orasidan Respublika, viloyat, tuman kengashlariga deputatlar saylanish, ularga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtiromni bildiradi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar bugungi kunda bog‘chada, akademik litsey va kasb-hunar kolleji hamda oliy o‘quv yurtlarida shakllanayotgan avlod ijobiy xulq-atvor me’yorlari va qoidalarini, ilmiy bilim asoslarini, kasb-hunar malaka va ko‘nikmalarini har tomonlama puxta egallab borishini talab qiladi. Buning uchun o‘sib kelayotgan yosh avlodni bilimlar bilan qurollantirish milliyqadriyatlarimiz, ma’naviyatimizni tiklash jahon madaniyati, milliy madaniyatimiz durdonalari bilan tanishtirish, ularni jismoniy sog‘lom ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashdek vazifalar qo‘yildi. Davlat ahamiyatiga molik bunday vazifani amalga oshirishda umumta’lim maktablari bilan bir qatorda xalq ta’limining boshlang‘ich bo‘limi bo‘lgan bolalar bog‘chalari muhim rol o‘ynaydi. Buning uchun har bir tarbiyachi o‘zini talab va nazorat qila bilishi davlatimiz maktabgacha tarbiya muassasalari oldiga qo‘ygan talablarni amalga oshirishning garovidir.

Yüklə 183,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə