Buxoro davlat universiteti psixologiya kafedrasi



Yüklə 118,72 Kb.
səhifə5/12
tarix11.12.2023
ölçüsü118,72 Kb.
#144183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
4- курс иши

QO’L TESTI
Qo’l testi proektiv test bo’lib, u shaxsning agressiv xulq – atvorini bashorat qilish uchun qo’llanadi. Test 1962 yil B.Brayklin, Z.Piotrovski va E.Vagnerlar tomonidan e’lon qilingan (test g’oyasi E.Vagnerga tegishli).
Test qo’l kaftining 9 xil tasviri tushirilgan kartochkalar va bir bo’sh kartochkadan iborat. Sinaluvchiga har bir kartochka ko’rsatilib, unda tasvirlangan qo’l haqida shunday savol beriladi: «Sizningcha, ushbu qo’l nima qilayotgan bo’lishi mumkin?» Agar sinaluvchi javob berishga qiynalsa, unga shunday savol beriladi: «Sizningcha, bu qo’lga ega bo’lgan odam nima qilayotgan ekan? Hayolingizga qanday fikr kelsa, shuni aytavering». Har bir rasm bo’yicha berilgan javoblar yozib boriladi. Bo’sh kartochka quyidagicha qo’llanadi: kartochka oxirida ko’rsatiladi va avval unda birorta qo’l kaftini tasavvur etish, so’ngra u nima qilayotganini aytib taklif qilinadi. Imkoni boricha har bir rasm bo’ycha 4 tadan javob olish kerak. Agar javoblar soni4 tadan kam bo’lsa, sinaluvchidan yana qandaydir fikri bor yoki yo’qligi aniqlashtiriladi va bordi–yu uning boshqa javobi bo’lmasa, 4 taga etish uchun nechta javob qolganini hisoblab, shu sonni oxirgi javob ro’pparasiga yozib qo’yish kerak. Masalan, sinaluvchi 1 ta javob bilan cheklansa, x 4 deb yozib qo’yiladi, agar 2 javobdan boshqa javob bo’lmasa, oxirgi javob to’g’risiga x3 deb yoziladi. Qo’l kaftlarining tasvirini har qanday holatda taqdim etish mumkin.
Har bir rasmdagi qo’l quyidagi 11 ta kategoriya bo’yicha baholanadi:
1. Agressiya (AG) – qo’lning qandaydir ziyon etkazayotgan, biror narsani ushlab olayotgan qo’l sifatida idrok etilishi. Masalan, «Tarsaki tortayapti», «Itarayapti», «Turtib yuborayapti», «Nimanidir tutayapti», «Siqayapti», «Chimchilayapti», «Urayapti», «O’g’irlayapti» va h.k. 2. Dirrektivlik (Dir) – qo’lning boshqalar ustidan hukmronlik qiluvchi, boshqalarni boshqaruvchi qo’l sifatida idrok etilishi. Masalan, «To’xtatyapti», «Buyruq berayapti», «Ogohlantirayapti», «Ko’rsatma berayapti» va h.k.
3. Qo’rquv (Qo’r) – qo’lning boshqalar agresivligining qurboni yoki o’z – o’ziga zarar etkazayotgan qo’l sifatida idrok etilishi. Masalan, «Meni bo’g’ayapti», «O’zini himoya qilayapti», «Zarbani qaytaryapti», «Urmang deb yolvorayapti» va h.k.
4. Affektatsiya (Af) – qo’lning boshqalarga nisbatan ijobiy munosabatni ifodalovchi qo’l sifatida idrok etilishi. Masalan, «Kim bilandir ko’rishmoqda», «Xush kelibsiz demoqchi», «Kimningdir boshidan silayapti», «Gul berayapti», «Sadaqa berayapti va h.
5. Kommunikatsiya (kom) – qo’lning boshqalar bilan aloqa o’rnatishga harakat qilayotgan qo’l sifatida idrok etilishi. Masalan, «Imo – ishoralar qilayapti», «Nimadir demoqchi», «Kimdir bilan kelishib olmoqchi», «Axborot almashayapti» va hok.
6. Tobelik (Tob) – qo’lning boshqalarga tobe bo’lgan qo’l sifatida idrok etilishi. Masalan, «Iltimos qilayapti», «Yordam so’rayapti», «Qo’l berib yuborilishini kutayapti», «Qasam ichayapti» va h. 7. Eksgibitsionizm (Eks) – qo’lning o’zini har xil yo’llar bilan namoyish etishga urinayotgan qo’l sifatida idrok etilishi. Masalan, «Uzugini ko’rsatayapti», «Pianino chalayapti», «Raqs tushayapti», «Tirnog’idagi lakni ko’rsatayapti» va h.k.
8. Jarohat (Jar) – qo’lning lat egan va nuqsonli, harakatga qodir emas qo’l sifatida idrok etilishi. Masalan, «Qaltirayapti», «Barmoqlardan biri singan», «Tirnog’i singan», «Kasal odamning qo’li» va h. 9. Aktiv shaxssizlik (A-sh) – qo’lning boshqa odamlar ishtirokisiz ham boshlangan harakatni oxiriga etkaza oladigan, ammo buning uchun o’zining fazodagi holatini o’zgartirishi lozim bo’lgan qo’l sifatida idrok etilishi. Masalan, «Ignadan ip o’tkazayapti», «Sudralayapti», «Suzayapti», «Tikayapti» va h.k.
10. Passiv shaxssizlik (P-sh) – qo’lning boshqa odamlar ishtirokisiz ham boshlangan harakatini oxiriga etkaza oladigan va buning uchun o’zining fazodagi holatini o’zgartirishi lozim bo’lgan qo’l sifatida idrok etilishi. Masalan, «Yotibdi», «Dam olayapti», «Qimirlamasdan turibdi», «Quritilayapti» va hok.
11. Tasvirlanish (Tas) - qo’lning biror harakatni bajarayotgan qo’l sifatida idrok etilmay faqatgina tasvirlanishi. Masalan, «Chiroyli qo’l», «Katta qo’l ekan», «Uzun barmoqlar», «Qo’pol qo’l» va h. Agressivlikka moyillikni aniqlashda faqat 1,2,3,4,5,6 kategoriyalar bo’yicha berilgan javoblar hisobga olinadi. Qolgan kategoriyalarning agressiv xulq – atvordagi o’rni doimiy emas. Ular motivlarni aniqlashda yordam berishi mumkin.
E.Vagnerning tadqiqotlari testning validligi va ishonchliligi ancha yuqoriligini ko’rsatgan.

Kartochka 1 Kartochka 2

Kartochka 3 Kartochka 4

Kartochka 5 Kartochka 6

Kartochka 7 Kartochka 8

Kartochka 9 Kartochka 10 (bo’sh)



Yüklə 118,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə