Buxoro davlat universiteti psixologiya kafedrasi


SHAXSNING IRODAVIY SIFATLARI



Yüklə 173,34 Kb.
səhifə9/10
tarix24.12.2023
ölçüsü173,34 Kb.
#159185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
6-курс иши

2.2 SHAXSNING IRODAVIY SIFATLARI

Kishining irodasi o`z sifatlari, ya`ni kuchi, axloqiyligi, mustaqilligi jihatidan ayrim hollarda turlicha namoyon bo`ladi. Iroda ma`lum kuchga ega bo`ladi, ba`zi hollarda irodasi kuchli, boshqa hollarda esa kuchsiz namoyon bo`ladi. Kuchli irodaga kosmonavtlarning irodasi misol bo`ladi. Kishi irodasining kuchsizligi uning juda arzimas qiyinchiliklarining ham enga olmasligida ko`rinadi. Masalan, biror ishni bajarishga yoki biror ishni boshlashga o`zini majbur qila olmaydi. Iroda kuchi - o`zini tuta bilishda, jasurlik, qat`iyat, matonat va chidamlilikda namoyon bo`ladi. O`zini tuta bilish - kishining oldiga qo`ygan maqsadlarining amalga oshirishga qarshilik qiladigan ichki holatini engishda ko`rinadigan irodadir.


O`zini tuta bilish og`riq hissini, toliqish, qo`rquv va g`azabni engishda namoyon bo`ladi. O`zini tuta bilish ayni paytda keraksiz bo`lgan reflekslarga, odatlarga yo`l qo`ymaslikdir. Dadillik - kishilik hayoti va omonligi uchun xavfli bo`lgan qarshiliklarni engishda ko`rinadigan kuchli iroda. Masalan, parashyutchi har gal sakraganda dadillik qiladi. Dadillik o`zini tuta bilish bilan bog`liqdir. Mustaqillik – irodaviy harakatlar motivlarida va shu bilan birgalikda qaror qabul qilishda namoyon bo`ladi. Mustaqillikning mohiyati shundan iboratki, odam o`zining ish - harakatlarining tevarak - atrofdagilarining tazyiqi, tasodifiy taassurotlar bilan emas, balki o`z ishonch e`tiqodlarini, bilimlari va tegishli vaziyatda qanday ish to`tish kerakligi haqida tasavvurlariga asoslanib belgilaydi. Mustaqillikning qarama -qarshi tomoni tasirlanuvchanlikdir. Bu shundan iboratki, bunda odam o`zgalarning ta`siriga tez beriladi, hamda uning harakat motivlari o`zida tarkib topgan xususiy qarashlar, ishonch aqidalar asosida emas, balki tashqaridan ko`rsatilgan ta`sir natijasi sifatida paydo bo`ladi. Qat`iyat-o`ylab qo`yilgan qarorni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta`minlovchi g`oyat muhim sifatdir. Qat`iylik odamdan uzoq vaqt davomida hech bir pasaymaydigan irodaviy zo`r berish va kuch - quvvatni taqozo qiladi. Belgilangan maqsadga erishishdagi qiyinchiliklar odamni hayiqtirmaydi, og`ishmay intila boradi. Qaysarlik - odam oqilona asoslarga ega bo`lishga qaramay harakat qilish illatidan, ilgari oz o`ylab qabul qilingan qarordan voz kechish qobiliyatiga ega bo`lishidir. Qaysarlik real sharoitga tik qaramay, o`zgargan vaziyatga epchillik bilan moslasha olmaslikdir. Kishining irodaviy sifatlari ya'ni iroda kuchi, mustaqilligi jihatidan ayrim hollarda turlicha namoyon bo’ladi. Irodaviy sifatlarning klassifikasiyasi sxema tarzida quyidagicha ifodalanadi. Har bir kishida irodaning ayrim sifatlari umr bo’yi mustahkamlanib, shu odamning xususiy sifatlari (ya'ni doimiy xislatlari) bo’lib qolishi mumkin. Shaxsning bu o’ziga xos xususiyatlari xarakter xislatlari deb ataladi. Har bir kishidagi biron bir irodaviy sifatlarning har qanday namoyon bo’lishi shu kishi xarakterining xislati bo’lavermaydi. Ayrim hollarda hatto tasodifiy ravishda kishi kuchli iroda ko’rsatishi mumkin, ayrim hollarda mazkur kishining irodasi, umuman kuchli iroda kuchi shu kishi xarakterining xislati ekanligidan dalolat beravermaydi. Bu kishining irodasi kuchli deb aytish uchun uning iroda kuchini bir marta emas, bir necha marotaba namoyon qilganini bilmoq kerak. Kishining xarakterini ta'riflaganimizda falon kishi dadillik qildi, rost gapirdi demasdan, balki bu odam dadil, rostgo’y, to’g’riso’z deb ataymiz. Buning ma'nosi shuki dadillik va rostgo’ylik, to’g’riso’zlik shu odamning xususiyatlaridir, xarakter xislatlaridir, tegishli sharoitda bu kishi dadillik, rostgo’ylik, to’g’riso’zlik xislatlariga ega ekanligini namoyon qildi deb aytamiz. Kishi xarakterini, xislatlarini bilib olgach, uning biron ish-harakatda qanday yo’l tutishini ancha aniq bilib olamiz, oldindan aytib bera olamiz. Intizomlilik Irodaviy sifatlar Maqsadga intiluvchanlik Tashabbuskorlik Dadillik Qat'iyatlik Printsipiallik Mustaqillik O'zini tuta bilish Matonatlilik Iroda kuchi va xarakter qat'iyati. Iroda ma'lum kuch bilan yuzaga chiqadi: ba'zi hollarda kishining irodasi kuchli sur'atda namoyon bo’lsa, boshqa hollarda kuchsiz namoyon bo’ladi. Iroda kuchi irodaning muhim sifatidir. Iroda kuchining turli darajasi irodaviy jarayonning hamma bosqichlarida ko’rinadi. Iroda kuchi avvalo ehtiyojlarni his qilishda va intilishda ko’rinadi, biz kuchli hamda kuchsiz intilishlarni, kuchli hamda kuchsiz hohishlarni farq qilamiz. Iroda kuchi ravshan va aniq maqsad qo’yishda, shuningdek mazkur maqsadga yetishishga yordam beradigan yo’l, vosita va usullarni ochiq tasavvur qilishda namoyon bo’ladi. Bu ochiq ravshanlik darajasi esa kishining turmush tajribasiga, bilimiga va umumiy saviyasiga bog’liq. Aniq maqsad qo’yishda inson tafakkuri va ayniqsa real xayollar (fantaziya)ning taraqqiy etishi xususiyatlari katta rol' o’ynaydi. Iroda kuchi tezlik bilan qarorga kela olishda va qarorni mustahkamligida, sabotlilikda ko’rinadi. Yuksak g’oyaviy tamoyillarga asoslangan oqilona qat'iyatlik va sabotlik kuchli iroda belgilaridandir. Qat'iyatsizlik ikkilanish, qabul qilingan qarorning bajarilishiga shubha bilan qarash va sabotsizlik kuchsiz iroda belgilaridandir. Iroda kuchi jasorat deb ataladigan dadillikda ayniqsa ravshan ko’rinadi. Jasorat kishining shunday holatiki, bunda kishi tez qarorga keladi va uni bajarishga ahd qiladi. Hatto salomatligini va hayotini xavf ostida qoldirishi mumkinligi hayoliga ham kelmaydi. Jasorat kishining boshqa kishilarga emas, balki o’ziga bergan amridir. Kishi axloqiy burchining talabiga ko’ra, buyuk maqsadga erishish uchun bir zumda hayot bilan o’limdan birini tanlab olsa, bunday jasorat iroda kuchi ekanligini ko’rsatadi. Jasorat shunday qarorki, u go’yo ish-harakatga aylanadi. Bu ish-harakat esa kuchli zo’r berishni talab qiladi. Xarakter xislati bo’lgan dadillikda odamning qanchalik puxta o’ylab ish ko’rishiga qarab, bu dadillik maxsus tusga kiradi. Puxta o’ylab ish ko’rishni o’zi yuksak g’oyaviylikka va kishining axloqiy tamoyillariga asoslangan taqdirda ijobiy xislat hisoblanadi. O’ylab, shoshmasdan bir qarorga keladigan kishilarni mulohazakor kishilar deb ataymiz. Odatda o’zgaruvchan ayrim hislar kayfiyatlar ta'sirida tez bir qarorga keladigan xarakterli, dadil kishilar ham mavjud. Bular hissiyotga beriladigan tasodifiy kayfiyatli kishilardir. Bunday kishilar odatda sabotsizligi, shoshmashosharligi va kalta o’ylashi bilan ajralib turadilar. Kishi uncha ikkilanmasdan o’ylab, e'tibor bilan to’g’ri bir qarorga kelsa va shu qarorni dadil amalga oshira bilsa, dadillik xarakterning ijobiy xislati bo’ladi. Bir necha imkoniyatdan birini tanlab olishga to’g’ri keladigan ish - harakat bir qadar xavf-xatar bilan bog’langan bir murakkab vaziyatda dadillik ayniqsa yaqqol ko’rinadi. Qat'iyatsizlik xarakterning salbiy xislatidir, qat'iyatsizlikda kishi sustlik bilan bir qarorga keladi, qabul qilgan qarorini ko’pincha o’z vaqtida bajarmaydi. Bunday odam qabul qilgan qarori to’g’riligiga shubhalanadi, turli imkoniyatlardan birini tanlab olishda ikkilanadi, ayniqsa qiladigan ish-harakatlari xavf-xatar bilan bog’langan bo’lsa, shunday ahvolga tushadi. Shu sababli qat'iyatsiz kishilar ko’pincha kam faolliklari bilan ajralib turadilar yoki umuman passiv bo’lib, yalqov, tanbal degan taassurot tug’diradilar. Sabotlilik dadillikka chambarchas bog’liq bo’lib, xarakterning ijobiy xislati hisoblanadi. Xarakterning bu xislatiga ega bo’lgan kishilar qabul qilgan qarorlarini odatda o’zgartirmaydilar, bekor qilmaydilar va bu qarorlarini bajarmasdan qo’ymaydilar. Bu kishilar va'dalarining ustidan chiqadilar, aytgan so’zlarini albatta qiladilar, ularning gapi bilan ishi bir bo’ladi. Ularga ishonsa bo’ladigan subutli insonlardir. Qabul qilingan qarorlarini ko’pincha bekor qiladigan, bergan va'dalarini ustidan chiqmaydigan, aytgan so’zidan tonadigan kishilar subutsiz hisoblanadi. Kishi irodasining kuchi va qat'iyati xarakterning irodaga bog’liq bo’lgan qaysi xislatlarida ifodalangan bo’lsa o’sha xislatlar eng yorqin xislatlardan hisoblanadi. Bu xislatlar har bir kishining xarakterida bir qadar namoyon bo’ladi. Ammo hamma kishilarni va har qanday odamni irodasi kuchli, xarakteri kuchli deb bo’lmaydi. Balki shu sifatlari bilan boshqa kishilardan ajralib turgan odamlargina irodasi kuchli, xarakteri qat'iy deb ataladi. Iroda kuchi va qat'iyati odamning o’zini tuta bilishida, jasurligida, matonatida va chidamliligida namoyon bo’ladi. Iroda kuchi qabul qilingan qarorni o’z vaqtida bajarishda ko’rinadi. Shuning uchun qarorni bajarmaslik yoki uning bajarish muddatini doimo paysalga solish, galdan-galga qoldiraverish, boshlagan ishini oxiriga yetkaza bilmaslik irodaning kuchsizligi alomatidir. Lekin qabul qilingan qarorni bajarish har qanday qilingan ish-harakatning, irodaning kuchli ekanligidan darak beravermaydi. Iroda kuchi asosan irodaviy harakatlar yordami bilan qanday to’siqlar yengilganiga va shu yo’l bilan qanday natijalarga erishilganligiga qarab aniqlanadi. Irodaviy zo’r berish vositasida bartaraf qilinadigan qarshilik va qiyinchiliklar darajasi va xarakteri iroda kuchining ob'ektiv ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi. Kishi katta to’sqinliklarni, qiyinchiliklarni, qarshiliklarni irodaviy zo’r berish va irodaviy harakatlar yordami bilan bartaraf qilib, zo’r muvafaqqiyatlarga erishsa, bu kishi irodasi kuchli ekanligini ko’rsatadi. Kosmonovtlar mislsiz iroda kuchini butun jahonga namoyish qilishadi. Bu qahramonlar kosmik parvozlarga tayyorlanish davrida ham, parvoz paytida ham o’z irodalarining yuksak sifatlarini namoyish etadilar. Bu qahramonlar kuchli iroda va uning xilma-xil ko’rinishlari o’z xarakterining asosiy xislati bo’lgan kishilarning yorqin misolidir. Kishi irodasining kuchsizligi uning juda arzimas to’sqinliklarni ham bartaraf qila olmasligida ko’rinadi. Masalan, ba'zan kishi biron kerakli xatni yozishga yoki biror zarur ishni boshlashga o’zini majbur eta olmaydi. Irodaning kuchsizligi odatda irodasizlik deb ataladi. Qarorni bajarish jarayonidagi ixtiyoriy ish-harakatlardagi iroda kuchi o’zini tuta bilishda, jasurlik, sabot va matonat, chidam va toqatda namoyon bo’ladi. O’zini tuta bilish nomidan ham bilinib turibdiki, kishining o’zini idora qila bilishi va o’zini qo’lga ola bilishi demakdir. O’zini tuta bilish kishining oldiga qo’ygan maqsadlariga yetishuvida to’sqinlik qiluvchi, irodasini bo’shashtiruvchi ichki holatlarni yengishda ko’rinadigan kuchli irodadir. Bunday holatlarga masalan, qo’rqish, o’z kuchlariga ishonmaslik, zerikish, qayg’urish hissi kiradi. Bunday holatlar kishini faoliyat ko’rsatmaslikka rahbatlantiradi yoki qo’yilgan maqsadlarga qarama-qarshi bo’lgan g’ayri ixtiyoriy harakatlarda o’z ifodasini topadi. Bunday holatlar har kimda bo’ladi. Ammo odamning shaxs sifatidagi xususiyati shundan iboratki, u o’zidan ana shu salbiy va keraksiz holatlarni iroda kuchi bilan o’zgartira oldi yoki bartaraf qila oladi. Bu borada K.D.Ushinskiy quyidagi so’zlarni keltirib o’tadi: "qo’rquvni his qilmasdan xavf-xatarga o’zini uradigan kishi mard emas, balki eng kuchli qo’rquvni ham bosa oladigan va qo’rquv ta'siriga berilmagan, xavf-xatarni o’ylamaydigan kishi marddir". O’zini tuta bilish kishi xarakterining xislati bo’lib, asosan ichki irodaning namoyon bo’lishidan iborat. Bu xislat kishining o’z xulq-atvorini nazorat qila bilishda o’zini, o’z harakatlarini, nutqini qo’lga ola bilishida, shu sharoitda keraksiz yoki zararli deb qaraladigan harakatlardan o’zini tiya bilishida ifodalanadi. Xarakter shu xislatiga ega bo’lgan kishilar o’zlarini qo’lga ola biladilar. Ular o’zlarini tuta biladilar, ular uyushqoq kishilardir. O’zini tuta bilmaslik irodaning kuchsizligini yaqqol ko’rsatuvchi belgidir. Odam o’zini qo’lga ola bilmaganda o’z mayllarini, ixtiyorsiz harakatlarini nazorat qila olmaganda g’ayri ixtiyoriy faollik ko’rinishlari reflekslar, instinktlar, tasodifan ko’ngildan kechadigan hislar, qo’rquv, hadik-shubha, gumon, g’azab, rashk, ichiqoralik, affektiv holatlar va shu kabilar kishi irodasini bo’g’ib qo’yadi. Bunday hollarda odam o’zini tiya olmay qoladi. O’zini tiya olmaslikning eng yomon ko’rinishi buzuqlikdir. Buzuqlik butunlay instinktlar va salbiy emotsiyalar ta'sirida bo’lish demakdir. Jasurlik kishining omonligi va hayoti uchun havfli bo’lgan to’sqinliklarni bartaraf qilishda ko’rinadigan iroda kuchidir. Masalan, parashyutchi har gal o’zini samolyotdan tashlaganda jasurlik qiladi. Jasurlik o’zini tuta bilishga chambarchas bog’liq. Jasurlik bor joyda o’zini tuta bilishlik mavjud. Kishi o’zini tuta bilsa jasurlik qila oladi. Biron maqsadga yetishish yo’lida mutassil jasurlik ko’rsatish, dovyuraklik jasorat deyiladi. O’zining hayoti uchun xatarli to’sqinliklarni yengishga doimo tayyor turgan va shunday to’sqinliklarni yenga oladigan kishilarni jasur kishilar deb ataymiz. Bular xavf-xatardan cho’chimaydigan, xarakteri kuchli, dovyurak, botir kishilardir. Jasurlikning yo’qligi irodaning kuchsizligini ko’rsatadi. Buni qo’rqoqlik, nomardlik deb ataymiz. Irodasi kuchsiz bo’lgan bunday kishilar odatda qo’rqoq, yuraksiz kishilar deb ataladi. Sabot, matonat ma'lum maqsadga yetishda ko’pincha uzoq vaqt davomida irodamizga ta'sir etib turuvchi katta to’sqinlik va qiyinchiliklarni bartaraf qilishga to’g’ri keladi. Irodaning bunday ko’rinishi shaxsning eng muhim sifati bo’lib, iroda kuchining yaqqolligini ko’rsatadi. Sabot, matonat - qandaydir bir aniq maqsadni ko’zlab, muntazam ravishda irodaviy zo’r berish demakdir. Ammo kishilarning hayoti va faoliyatida ba'zan shunday hollar ham bo’ladiki, kishi o’z oldiga qo’ygan qandaydir zarur maqsadlarni bajarishda yetib bo’lmaydigan yoki kishiga shunday bo’lib tuyuladigan to’sqinliklarga uchrab qoladi. Bunday hollarda kishi ba'zan qabul qilgan qarorni o’zgartiradi, bekor qiladi, u qiyinchiliklardan qo’rqishi va o’z oldiga qo’ygan maqsadidan voz kechishi mumkin. Ba'zan shunday bo’ladiki, talaba to’satdan o’qishni tashlaydi. Ilgari tanlagan ehtiyojidan voz kechadi, boshlagan ishini oxiriga yetkazmay, o’ldajo’lda qoldirib ketadi. Kishi o’z harakat, maqsadini yaxshi o’ylamaganda maqsadga yetishsa, yordam bera oladigan vosita va usullarni puxta o’ylamaganda, o’zining kuch - imkoniyatlarini yetarli yoki to’g’ri hisobga olmaganda odamda belgilangan maqsaddan shu tariqa qaytadi, irodasida chekinadi. Dastlabki muvaffaqiyatsizlikka haddan tashqari katta ahamiyat berilganda, bu muvaffaqiyatsizlikka noto’g’ri, yoki yengil baho berilganda, unga faqat salbiy tomondan qaraganda shunday bo’ladi. Kishi muvaffaqiyatsizlikka uchrash bilan bir vaqtda o’z kuchlariga, o’z imkoniyatlariga, o’z qobiliyatlariga ishonmaganda odam "ruhi tushib", o’zini passivlikka qo’l qovushtirib o’tirishga mahkum etadi. Albatta umuman irodasi kuchsiz kishilarda shunday bo’ladi. Bunday kishilar irodasining o’smaganligi, etarlicha tarbiyalanmaganligi bilan farq qiladi. Ammo irodali mavjudot bo’lgan odam hayot va faoliyatida jamiyat yoki o’zi uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan maqsadidan qaytmasligi ham mumkin. U iroda kuchiga zo’r berib, to’sqinliklarga qarshi kurashni kuchaytirishi, qabul qilingan qaroriga yarasha uzoq vaqt ish ko’rishi mumkin. Barcha to’sqinlik va qiyinchiliklarga qaramay u zarur natijani qo’lga kiritmoq uchun damba-dam, orada vaqt o’tkazib zo’r berishi, g’ayratini ko’rsatib ishlashi mumkin. Kutilgan maqsadga yetishda katta qiyinchiliklar va yengib bo’lmaydigan to’siqlar bo’lsa, kishi shu maqsadga yetishi uchun zarur yo’l, vosita va usullarni o’zgartirib, yangi usullarni qidirib topishi mumkin. Katta to’sqinliklarni bartaraf qilib, uzoq qunt qilib, maqsadga yetishda ko’rinadigan bunday iroda kuchi sabotmatonat deb ataladi. Shunday iroda sifatiga ega bo’lgan kishi esa sabot-matonatli, kuchli irodali, qat'iy xarakterli kishi deb ataladi. Har qanday faoliyatning, jumladan o’qib, o’rganishning muvaffaqiyati sabotmatonatga bog’liq. Bilimli bo’lmoq uchun sabot-matonat kerak. Har bir sohadatexnika, san'at, muzika, sport va shu kabi sohalarda bilim va malaka ortirmoq uchun sabot-matonat kerak. Sabot-matonat xarakterning eng qimmatli xislatidir. Bu xislat kishining maqsadga yetish yo’lida qanday qiyinchilik va to’sqinliklar bo’lishidan qat'iy nazar shu maqsadga erishishida o’z ifodasini topadi. Xarakter xislati bo’lgan sabot-matonat ba'zi kishilar faoliyatining hamma sohalarida namoyon bo’ladi boshqa kishilarda esa bu xislat ularning manfaatlari bilan bog’langan, va ayrim faoliyat sohalarida ko’rinadi. Sabot-matonatli kishilar boshlagan ishlarini hamisha oxiriga yetkaza biladilar. Ular o’zlariga nisbatan ham boshqa kishilarga nisbatan ham talabchan bo’ladilar. Sabot-matonatli kishilar muvaffaqiyatsizlikka uchraganda ruhini tushirmaydi, balki aksincha, maqsadga erishish uchun ishga yanada qat'iyroq kirishadi, shu maqsadga erishishning yangi yo’l va vositalarini izlab topadi. Sabot-matonatli kishilar o’ziga va boshqa kishilarga nisbatan talabchanligi bilan ajralib turadilar. Ular belgilangan yo’ldan yurishlariga to’sqinlik qila oladigan hamma narsaga qarshi tura oladigan, bu to’sqinliklarni yenga oladigan matonatli kishilardir. Sabot-matonat irodaning chidam va toqat degan sifati bilan ham chambarchas bog’liq. Maqsadga yetishda bartaraf qilinadigan to’sqinlik va qiyinchiliklar kishidan kuch va vaqt sarf qilishni talab etibgina qolmay, balki ko’pincha jismoniy va ruhiy azob beradi ham. Kishining o’z faoliyatida ba'zan sovuq va issiqdan, yomg’ir va qordan, qattiq toliqish, och qolishdan, hamma turli kasalliklardan azob chekadigan kishi o’z oldiga qo’ygan maqsadiga sodiq bo’lib shu maqsadga yetishga intilaversa, bunday intilishlarda ko’rinadigan iroda chidam va toqat deb ataladi. Odamning organizmidagi yemirilish jarayonlarini yengishda ifodalanadigan ajoyib iroda o’zini tuta bilish va matonatda ko’rinadi. Bu borada quyidagi misolni keltirib o’tish joiz. Sobiq sovet uchuvchisi Alievning bir o’zi havo jangida dushmanning yettita samolyotiga qarshi mardonavor kurashdi va hammasini urib tushirdi. Kuchlar teng bo’lmagan bu jangda Alievning samolyotini dushman o’qlari teshib yuborgan edi. Aliev o’zi bir necha bor yaralandi. Ammo u o’zini yo’qotib qo’ymay, samolyoti bilan o’z aerodromiga borib qo’ndi. Aerodromiga yetib borguncha dushman egallab olgan yerlardan uchib o’tishi kerak edi. Dushmanning zenit to’plari Alievning samolyotini qattiq o’qqa tutdi va samolyotining bir necha joyini snaryad parchalari teshib yubordi. Uchuvchi yana bir necha marta yaralandi. Lekin Aliev bu safar ham sarosimaga tushmay samolyotini boshqarib boraverdi va uni o’z aerodromiga eson-omon qo’ndirdi. Samolyot kabinasi ochilganda uchuvchi o’lgan edi. U ikki qo’lidan, oyog’idan, kuragidan, yelkasidan, orqasidan, jag’idan va boshidan yaralangan edi. Vrachning aniqlashishicha, og’ir yarador bo’lgan Alievning bu holda ucha olishi sira mumkin emas edi. Ammo Aliev samolyotini boshqarib, aerodromga to’g’ri qo’na olgan. Uchuvchining irodasi va o’zini tuta bilishi tufayli o’qning yemiruvchi kuchlaridan g’olib kelib, umrining so’nggi daqiqalarini cho’zishga erisha oldi. Sabot-matonatli chidamli va toqatli kishilar maqsadga yetishishda va qiyinchiliklarga qarshi kurash jismoniy va ruhiy azoblarga hamda boshqa mashaqqatlarga chiday oladilar. Ular har qanday vaziyatda o’zlarini tuta oladilar, jasurlik, mardlik, botirlik, qat'iyat ko’rsata oladilar . Bunday xarakterli kishilarga optimallik kayfiyati, hayotga quvnoqlik bilan qarash, porloq kelajakka doim ishonch bilan boish, boshqa kishilarga o’z kuchlari va mehnat imkoniyatlariga yetishish kabi xislatlar xosdir. O’zini tuta bilish jasurlik sabot-matonat, chidam va toqatda ko’rinadigan kuchli iroda mardlik deb ataladi. Shu sifatlar bilan farq qiladigan kishilar esa mard kishilar deb ataladi. Kishilarning hayoti va faoliyatida shunday hollar ko’p bo’ladiki, bunda odam zarur paytida o’zini tuta olmay qoladi, jasurlik, sabot-matonat, intizomlilik ko’rsata olmaydi. Xarakter xislati irodasiz kishilar mavjud, bunday kishilar irodasi kuchsiz yoki irodasiz kishilar deyiladi. Bunday kishilar irodasi kuchsiz yoki chidamsiz kishilar deyiladi. Bular xatto arzimas qiyinchilik va to’sqinliklarni ham bartaraf qila olmaydigan kishilardir. Bular salgina muvaffaqiyatsizlik yoki qiyinchilik kelib chiqqanda ham o’z oldiga qo’ygan maqsaddan voz kechib ish harakatini to’xtatadigan, o’z qarorini bekor qiladigan yuraksiz, qo’rqoq kishilardir. Ular vaziyat talab qilganda zarur jasurlik sabot-matonat, chidam, toqat, qat'iyat ko’rsatmaydilar. Bular cho’chima, yalqov joni paxta kishilardir. Bunday kishilarning xatti-harakatlari odatda ularning o’zidan ko’ra tashqi sharoitga bog’liq bo’ladi. Bunday xarakter xislatlarga ega bo’lgan kishilar pessimistik kayfiyatda bo’lib, dunyoga va hayotga umidsizlik bilan qaraydilar. Ular doimo barcha kishilarning salbiy, yomon tomonlarini ko’radilar, bu kishilarning fikricha, o’zlarining barcha kamchiliklari va muvaffaqiyatsizliklarining sababchisi boshqa kishilardir. Bu xildagi ba'zi kishilar passiv beparvo kayfiyatda bo’ladilar. Irodaning mustaqilligi. Kishilaring irodaviy harakatlariga ularning mustaqillik darajasiga qarab ham baho beriladi. Irodaviy harakatlarning mustaqilligi kishining avvalo tashabbuskorligida ko’riladi. Tashabbuskorlik biror bir ishni shaxsan boshlab yuborish demakdir. Tashabbuskorlik odatda tevarakatrofdagi sharoit hamda ijtimoiy hayot talablarini epchillik, mohirlik bilan hisobga olish va ko’pincha kelajakni, yangilikni oldindan ko’ra bilish qobiliyati bilan bir vaqtda namoyon bo’ladi. Tashabbuskor kishi shaxsiy hayotida ham, ijtimoiy faoliyatida ham vaziyat va turmush talablarini hisobga ola biladi, shu bilan bir vaqtda vazifalarni ilgari suradi, qo’yilgan vazifalarni amalga oshirish uchun yo’l va vositalari tanlaydi va bu vazifalarni hal etishda faol ishtirok etadi. Mustaqillik qilinilmagan va qilinilgan ish-harakatlar uchun javobgarlik sezishda ko’rinadi. Javobgarlikni sezish ayni harakatlarning to’g’riligiga, maqsadga muvofiq ekanligiga va zarurligiga ishonch hosil qilish demakdir. Irodaning mustaqilligi yana boshqa kishilarning fikr, maslahat va takliflarini tanqidiy ko’z bilan mulohaza qilib chiqishda ham ko’rinadi. Tanqidiy ko’z bilan mulohaza yuritish xarakter xislati bo’lib, boshqa kishilarning birga maslahat va takliflarini diqqat bilan tahlil qilishda ko’rinadi, xarakterning shu xislati bo’lgan kishi boshqa kishilarning fikr va maslahatlariga e'tibor bilan quloq soladi, ularga muayyan tamoyillar nuqtai nazaridan baho beradi, ijobiy foydali narsani qabul qilib undan foydalanadi, salbiy befoyda narsani dalillar bilan rad etadi. Ayrim kishilarning iroda mustaqilligi ba'zan qaysarlik kabi maxsus holatda ko’rinadi. Bu holat shundan iboratki, odam boshqa kishilarning aytgan hamma gaplariga, maslahat, iltimoslariga qarshilik ko’rsatadi. qaysarlik qilayotgan odam yo buyurilgan ishni qilmasdan, o’z bilganini qilaveradi yoki buyurilgan ishni teskarisini qiladi. Intizomlilik - xarakter xislati bo’lib, jamiyat talablariga ongli ravishda o’z ixtiyori bilan bo’ysina bilishda ko’rinadi. Intizomlilik, jumladan, belgilangan tartibga aniq rioya qilishda, olingan va'dani vijdonan bajarishda, o’z burchiga ongli ravishda bo’ysinishda o’z ifodasini topadi. Intizomli kishi mustaqil tashabbuskor bo’lib, ayni vaqtda qabul qilingan qarorlarni so’zsiz ijro etadi, jamiyat manfaatlariga va axloq tamoyillariga itoat qila biladi. Mustaqillik ayni vaqtda irodaning kuchli ekanligini ham ko’rsatadi. Iroda kuchi katta to’sqinliklarni bartaraf qila olish qobiliyati bilangina ifodalanmay, tashabbuskorlik ko’rsatish, mustaqillik, dadillik ko’rsatish va qabul qilingan qarorlar uchun, o’z xatti-harakatlari uchun mas'uliyat sezish bilan ham ta'riflanadi. Irodaning axloqiyligi hayot va faoliyatda iroda kuchi, uning mustaqilligiga ijobiy yoki salbiy baho berganda qanday to’sqinlik va qiyinchiliklar bartaraf qilinganligini nazarda tutish bilangina cheklanib qolmay, asosan kishining axloqiy qiyofasi irodaviy harakatlarda qanchalik ifodalanishi, biron odamning irodasi naqadar axlohiy ekanligi ham nazarda tutiladi. Irodaning axloqiyligi deganda odatda kishi o’z oldiga qanday maqsadlar qo’yilishi, bu maqsadlarga qanday vositalar bilan erishishi, irodaviy intilishlar (xohishlar) qanday mayllar tufayli kelib chiqishi va ma'lum bir qarorga kelishida qanday tamoyillarga amal qilishni nazarda tutamiz. Irodaviy harakatlarda kishining axloqiy xislatlari namoyon bo’lsa, iroda kuchi ijobiy ahamiyatga ega deb hisoblaymiz. Ikkinchidan, kishilarning axloqiy hislarlari haqida fikr yuritilganda aytilgan so’zlarni emas, balki ularning ma'naviy qiyofasini ko’rsatadigan irodaviy harakatlarni nazarda tutamiz. Shuning uchun kuchli irodaning mardlik, o’zini tuta bilish, sabot-matonat, chidam va jasurlik kabi xususiyatlari irodaning axloqiy sifatlari deb hisoblaymiz. Kishi biror qarorga kelishda o’z qarori va harakatlari uchun axloqiy mas'uliyat sezsa, uning irodasi axloqiy hisoblanadi. Kishining chinakam axloqiyligi ma'naviy qiyofasi, so’zida va muhokamalarida emas, balki faoliyatida, ishida va asosan mehnatda, ya'ni mehnatga va ishning o’ziga mehr qo’yishida namoyon bo’ladi. O’zining intilish (mayllarida), qaror va harakatlarida har doim axloq tamoyillariga amal qiladigan kishilarni axloqli kishilar deb ataymiz. Irodaviy xulq-atvorning ontogenetik xususiyatlari va shaxsning irodaviy sifatlari rivojlanishi. Ota-onalar farzandlari intizomli, mas'uliyatli va maqsadli bo'lishlarini orzu qilishadi. Bu juda qiyin vazifa, chunki bolalarning aksariyati narsalarni qanday oxiriga etkazishni bilishmaydi, bezovtalanishadi, va'dalarini bajarmaydilar. Buning uchun xarakterning kuchli irodasini talab qiladi. Vasiyat - bu hayot davomida shakllanadigan va meros qilib olinmagan shaxsiyat sifati. Bolalarning mustaqil, tirishqoq, qiyinchiliklarga tayyor bo'lishlari uchun ularda kuchli irodali fazilatlarni shakllantirish muhimdir. Bolalarning irodasini oshirish - bu oilaviy tarbiyaning muhim maqsadi. Iroda rivojlanishida quyidagi omillar eng muhimdir: Rivojlantirish va tarbiyalash texnikasi bola yashaydigan sharoitlar Iroda namoyon bo'lishi: nimani izlash kerak?: Kichkintoylarning ixtiyoriy namoyon bo'lishi quyidagilarda aks etadi. Maqsad sari intilish Maqsadlarni saqlab qolish, hatto bola chalg'itsa ham Bola qanday kutishni biladi Kichkintoy o'z maqsadiga erishish uchun to'siqlarni engib chiqadi Bolalikda irodani tarbiyalash vazifalari: Har qanday yoshdagi bolalarning irodasini tarbiyalash va rivojlantirishning maqsadi shaxsiy fazilatlarni rivojlantirishdir: Qattiqqo'llik qat'iyat mustaqillik chidamlilik intizom qat'iyat bashorat va o'jarlik bilan kurashish Bolalarning irodasini tarbiyalashni qachon boshlash kerak?: Vasiyatni tarbiyalash chaqaloqning erta yoshidan boshlanishi kerak. Kichkintoyning irodasini tarbiyalashda kattalarning aniqligi katta ahamiyatga ega. Bolaning ixtiyoriy xususiyatlarining shakllanishi, bola bunday harakatlarga qodir bo'lganida aytilishi mumkin: Qiyinchiliklarni engish u bajarishni istagan harakatlarni emas, balki bajarilishi kerak bo'lgan narsalarni bajarish Bolalarda irodani tarbiyalash eng yaxshi quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: Mehnat faoliyati o'yin. Ushbu turdagi tadbirlar davomida bolalar boshqalar uchun nimadir qilishadi, jamoaga va o'yin qoidalariga bo'ysunishadi. Bu chaqaloqning ixtiyoriy fazilatlarini muvaffaqiyatli shakllantirish uchun asosdir. Kuchli irodali shaxsni tarbiyalash xususiyatlari: Ko'pgina kattalar yosh bolalar qanday qilib, qanday tushunishmasligini tushunishmaydi. Ota-onalar o'zlarining xatti-harakatlari uchun javobgar bo'lishlarini talab qilmaydi. Bu bolalarni tarbiyalashda noto'g'ri yondashuv. Bola unga qaratilgan nutqni tushunishni boshlaganda, uning yoshiga va individual xususiyatlariga muvofiq talablarni qo'yishi mumkin va kerak. Siz bola va kattalarning xohishini taqqoslay olmaysiz. Muhim! Agar kattalar bola uchun uning muammolarini hal qilishga odatlangan bo'lsa, u bir vaqtning o'zida hech qanday kuch sarflamaydi, shunda kuchli iroda va qat'iy e'tiqodli odam hech qachon undan chiqmaydi. Bolalarda ifoda etilgan iroda tarbiyasi bilan bir qatorda aql va qobiliyatlarning rivojlanishi bilan chambarchas bog'liqdir. Bolaning irodasini shakllantirish, otaonalar bunday qo'shimcha funktsiyalarni rivojlantiradilar: Miyani faollashtiring chaqaloqning xotirasini yaxshilash diqqatni rivojlantirish aqliy ish faoliyatini yaxshilash. Maktabda irodasi kuchli bolalar yanada muvaffaqiyatli bo'lishadi Kichkintoylar hayotining birinchi yilidagi iroda kuchi: Vasiyat paydo bo'lishining dastlabki belgilari uch oylik bolalarda, ularning tovushlarini tinglash uchun shitirlashlarga tegganda kuzatiladi. Har bir bolada o'z xohish-irodasi turlicha namoyon bo'ladi: ba'zilarini biron narsa qilishga ishontirish oson, boshqalari esa qiyin. Bu farq asab tizimining xususiyatlari va xususiyatlarining farqlanishiga bog'liq. Ota-onalar o'zlarining ezilgan irodasini tarbiyalashda individual yondashuvni qanday topishni o'rganishlari kerak. Hayotning ikkinchi yilidagi chaqaloqlarda iroda kuchi: Ikki yoshga kelib, muhim bir fazilat shakllanadi - o'z-o'zini mahorat. Bu chaqaloq hissiyotlarni qanday qilib tiyishni bilishini, ota-onalarning iltimosiga binoan yangi o'yinchoqlar sotib olishdan bosh tortganida o'zini namoyon qiladi. Bola buning zarurligini anglamaydi, lekin buni kattalarga bo'ysunmaslik qo'rquvi yoki aybdorlik hissi bilan amalga oshiradi. Agar ota-onalar bolalarga o'zini tutish normalari to'g'risida tushunarli va do'stona munosabatda bo'lishsa, o'zini o'zi boshqarish irodasiga kiradi. Uchinchi yoshdagi bolalarda ixtiyoriy fazilatlar: Uch yoshga kelib, bolalarning xatti-harakati hali ham hissiyotlarga bog'liq. Ular biron bir ish uchun motivatsiyani tushunishmaydi. Kattalar yaxshi ishlarni shaxsiy manfaatlar uchun qilish kerak emas, balki yaxshi inson bo'lish uchun aytishlari kerak. Bolalarni yaxshi ishlarga undang. Bunday harakatlarni faqat pul evaziga amalga oshirish istagining oldini olish uchun buni tez-tez qilmaslik kerak. Moddiy rag'batlantirish majburiy emas. Ko'pgina bolalar uchun kattalar tomonidan ma'naviy qo'llab-quvvatlash eng yaxshi mukofot va rag'batdir. Sovg'a olishdan ko'ra, ular uchun yaxshi so'z eshitish muhimroqdir. Agar bola hech narsa qila olmasa, ota-onalar unga qiyinchiliklarni engishga yordam berishlari kerak. To'rtinchi yilda iroda namoyon bo'lishining xususiyatlari: To'rt yoshga kelib, bolalarda ixtiyoriy fazilatlar ancha shakllanadi. Ular quyidagilarda namoyon bo'ladi: Bola o'z xatti-harakatlarini boshqarishga qodir bola "mumkin emas" va "mumkin" so'zlarini tushunadi Ushbu yoshdagi bolalar katta nazorat va yordam va yordamga muhtoj. Istakni yanada rivojlantirish uchun bolaga mustaqillikni namoyish etishga imkon bering. Bolalarda irodali fazilatlarni tarbiyalash qoidalari: Kuningizni aniq o'tkazing bolani tarbiyalash jarayonida yagona talablarga rioya qilish chaqaloq bilan halol bo'ling bolangizga o'z his-tuyg'ularini qaytarishga, qo'rquvni, og'riqni, xafagarchilikni engishga o'rgating kattalar bola o'rniga hamma narsani qilishlari shart emas. Mustaqillikni tarbiyalang bola o'sib ulg'aygan sayin, unga bo'lgan talablarni murakkablashtiradi Psixolog tavsiyalari: bolaning irodasini tarbiyalashda muhim qoidalar: Bolalarda o'ziga bo'lgan ishonchni rivojlantirish yoqimli va yoqimsiz maqsadlarni farqlashni o'rganing. Yoqimli maqsadlarga erishish osonroq. Agar to'siqlarni engib o'tish zarur bo'lsa, unda ko'proq iroda talab qilinadi. bolalarni bag'rikeng bo'lishga o'rgating. Ba'zi holatlarda siz kutishga qodir bo'lishingiz kerakligini tushuntiring Muvaffaqiyatsizlikning foydasini aytib bering. Kichkintoy bilan birgalikda uning xatolarini tahlil qiling irodani tarbiyalash uchun o'zingizning misolingizdan foydalaning: onam vazn yo'qotayotganda iroda ko'rsatishi mumkin, va dadam mashq paytida bolalarni biror narsani zo'rlik bilan qilishga majburlamang. Bolaning jinsiga e'tibor bermang. Irodali kuchning kuchi bolaning jinsi bilan bog'liq emas! adabiy qahramonlardan namuna sifatida foydalanib, bolangizga maqsadlaringizga erishish qanchalik yoqimli ekanligini ko'rsating bola bilan temperament muolajalarini o'tkazish. U chidamlilik va erkinlikni yaxshi o'rgatadi. Bolalarni odob-axloq qoidalariga rioya qilishga undang. Jamiyatdagi xulq-atvor ko'nikmalari iroda namoyon bo'lishi bilan chambarchas bog'liq. Biz o'ynash orqali bolaning irodasini tarbiyalaymiz: Taklif etilayotgan o'yinlar bolada quyidagi shaxsiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan: O'z-o'zini boshqarish vosita va hissiy reaktsiyalarni boshqarish kuzatish qat'iyatlilik kognitiv jarayonlarni o'qitish: xotira, e'tibor, fikrlash "Taqiqlangan so'z" Voyaga etgan bola boladan keyin, masalan, idish-tovoqlardan tashqari barcha so'zlarni takrorlashni taklif qiladi. Idishlarni takrorlash o'rniga, oyog'ingizni muhrlashingiz kerak. "Ertak aytib bering" (4 yoshdan) Bola ertakni aytib beradi, belgilar nomini chapakchalar, irmoqlar, xarakterli tovushlarning talaffuzi bilan almashtiradi. "Ehtiyot bo'ling" (4 yoshdan) Varaqda siz doiralar, kvadratchalar, to'rtburchaklar, romblarni chizishingiz kerak. Farzandingizni doiralarni ko'k rangga, tuxumdonni sariq rangga va kvadratlarni yashil rangga bo'yashga taklif qiling. "Toshbaqa" (5 yoshdan boshlab) Boladan ma'lum masofada, o'yinchoqni qo'ying, unga juda sekin yurishni taklif qiling. "Baqiring, jim bo'ling, pichirlash" Rangli kartondan siz uchta palma qilishingiz kerak: qizil, ko'k, sariq. Voyaga etgan kishi kaftini qizil rangda ko'taradi - baqirishingiz kerak, sariq - shivirlashingiz, ko'k - muzlatib, jim bo'lishingiz kerak. "Muzlatish" Musiqaga qarab, bola harakat qiladi. Musiqa to'xtaganda, siz to'xtashingiz va siljimasligingiz kerak. Stol o'yinlari bolalar irodasini rivojlantirish va tarbiyalash uchun juda zarurdir: Lotto shashka domino kublar Bolaning ixtiyoriy fazilatlarining rivojlanishi ota-onalarga bog'liq bo'lib, ular bolasida tug'ilish onini o'tkazib yubormasliklari kerak. Bolada irodani qanday singdirish kerak? Qanday qilib uni o'z irodasi bilan aralashtirib yubormaslik kerak? Farzandlaridan mustaqil ravishda qiyinchiliklarni engishga qodir inson bo'lib etishish uchun ota-onalar qanday qiyinchiliklarni engishlari kerak? Masalan, kichkina bolaga irodani singdirish mumkinmi? Bu mumkin va zarur ekan, chunki agar siz bolaligidanoq biron bir oddiy vazifalarni bajarishga ko'nikmasangiz, unga ba'zi bir asossiz impulslarni ushlab turishga ko'nikmasangiz, kelajakda bunday bolani muntazam ishlashga va o'rganishga ko'ndirish yanada qiyin bo'ladi. Bizga tug'ilishdan ixtiyoriy fazilatlar berilmaydi, ular ta'lim ta'siri ostida hayotiy tajriba natijasida shakllanadi. O'z xohish-irodasini tarbiyalashda asosiy omil - bu rejim, bolaning hayotining ma'lum bir tartibi. Rejimning aniq bajarilishi chaqaloqni tartib, tartib, tartibintizomga o'rgatadi. Kichkintoylar bilan hech qanday maxsus narsa qilish kerak emas. Faqat bolalar rivojlanishining ba'zi xususiyatlarini eslang, har qanday ixtiyoriy harakatning asosi bu istakdir. Busiz odam o'zini yengib chiqolmaydi va bu o'z dangasasiga qarshi biron bir narsani qilish qobiliyatidir, bu biz iroda haqida gapirganda qo'rquvni anglatadi. Bolaning orzulari bo'lishi uchun u taassurotlarga muhtoj. Siz shuni tan olishingiz kerakki, atrofingizdagi dunyo monoton va quvnoq bo'lganda biror narsani xohlash qiyin. Musiqa, turli xil narsalar va o'yinchoqlar teginish, ota-onalarning qo'llarining iliqligi - bularning barchasi chaqaloqning xohishlarini uyg'otishga yordam beradi. Ayniqsa, ohangi pasaygan, juda xotirjam bo'lgan bolalarga, odatda ota-onasini bezovta qilmaydigan, ko'p uxlaydigan va kuchaytirilgan e'tiborni talab qilmaydiganlar. Bola mustaqil ravishda harakatlana boshlaganda, taqiqlash va maydalanganlarning harakatlarini nazorat qilish muammosi paydo bo'ladi. Taqiqlash orqali uni haddan oshirmang, bolaga o'z xohishlarining kuchini his qilishiga yo'l qo'ying. Ikki yoshli Ira yomon odatga ega - uxlash paytida bosh barmog'ini so'rib oladi. Oyim, qizni yotog'iga qo'ymasdan oldin, bu barmoqni unga bog'lay boshladi. Har safar chaqaloq pichirlab: "Bog'lamang, men bo'lmaydi!" Bir marta, onam rozi bo'ldi, bog'lamadi, lekin ogohlantirdi: "Shunday bo'lsa ham, men bog'lamayman, lekin agar siz hali ham og'zingizga barmog'ingizni qo'ysangiz, keyingi safar uni bog'lab qo'yishingiz kerak." Kechasi, qiz onasini uyg'otdi: "Endi nima bo'ldi, - dedi u sirli ravishda, - barmoq og'zimga keldi va men tupurdim!" Qiz vasvasaga qarshi turish uchun qat'iy iroda bilan harakat qilishi kerak edi. U sinovdan o'tdi va maqtovga sazovor bo'ldi. Tarbiya jarayonida ba'zan bolalar o'zlarining xohish-irodalarini bajara olishlari uchun sharoit yaratib berishlari kerak, chunki ixtiyoriy fazilatlar faqat doimiy mashg'ulotlar orqali tarbiyalanadi. - Ba'zi! - Tanya xafa bo'lib qichqiradi va g'azab bilan oddiy kublar qurilishini buzadi. Qanday qilib bu kublar itoatsiz: ular itoat qilishni xohlamaydilar, hamma narsa tushadi. Onam uni asta kuzatmoqda. "Va siz boshqa minora qurasiz." Faqat ehtiyotkorlik bilan quring. Shunday qilib, kublarni aniq qo'ying ... Bu to'g'ri. Va bu hatto ... - Aniq bo'ldi! - qiz quvondi. Ko'pincha bunday hodisani kuzatish kerak. Bola kiyinishga harakat qilmoqda. Mana, u xirillab, paypoq tortmoqda. Hech narsa bo'lmaydi. Onam aralashadi. - Men o `Zim! - bolaga norozilik bildiradi. - O'tiring, aks holda men yurmayman. - Men buni o'zim xohlayman. Nega ba'zi ota-onalar chaqaloq biroz qiyin bo'lishidan qo'rqishadi? Maykl qilaylik, tinker. O'n daqiqadan so'ng kiyinib oling. Ammo "o'zim". Darhaqiqat, ixtiyoriy harakatlar nafaqat jismoniy qiyinchiliklarni engishda, balki ichki, psixologik qiyinchiliklarga qarshi kurashishda ham rivojlanadi. Hech qanday holatda, bola "men o'zim" degan paytni o'tkazib yubormang. Bu juda muhim nuqta. Kichkintoyga yordam bering, menga qanday qilib o'zingizni qilish yaxshiroq va oson ekanligini ayting. Tashabbusni bostirmang, maqtang. Bu bolaga katta quvonch keltiradi. "Men o'zim" bilan mustaqillik boshlanadi. Sifat juda muhim, qat'iyatlilik, tirishqoqlik va mehnatsevarlik bilan chambarchas bog'liq. Bir yarim yoshli chaqalog'iga o'yinchoqlarni tortmaga qo'yish juda qiyin emas. Uni bu ishga taklif qiling, yordam bering. Yotishdan oldin kiyimni katlama ham oson. Bola buni zavq bilan o'zi bajaradi. Dastlab yomon bo'lsin. Yaxshi, astasekin o'rganing va o'rganib oling. Odat mustaqillikni tarbiyalashda juda muhimdir. Har safar o'yinchoqlarini tozalashga, yotishdan oldin kiyimlarni yig'ishga va hokazolarga odatlanib qolgan bolaga endi bu oddiy vazifalarni bajarish kerakligini eslatib turmaslik kerak. U ularni zo'rliksiz amalga oshiradi. Siz bolani mustaqillikka juda erta o'rganishingiz mumkin. Men bir oilani bilaman, unda bir yarim yoshli bola o'zi ovqat eydi, na onasi va na buvisi bu protseduraga umuman aralashmaydi. Ular faqat plitalarni almashtiradilar va tozalaydilar. Kichkina Sasha qo'lida qoshiqni mahkam ushlaydi, uning harakati ishonchli va aniqdir. - Ana shunday! - u kechki ovqatdan keyin e'lon qiladi va "rahmat!" degan ma'noni anglatuvchi "si" ni qo'shib qo'ydi, uni stolga yaqin bo'lgan baland stuldan tushirishni talab qiladi. U juda mustaqil odam, bu Sasha. Agar u ba'zida ohang chalib o'ynasa, ba'zan xijolat tortib, ko'lmakka tushib qolsa, u ishbilarmonlik bilan oshxonaga lattaga yuguradi.

XULOSA



Motivatsiya - bu xodimning xulq-atvorini boshqaradigan ichki kuch. Bu ehtiyojlar, mukofotlar va sa'y-harakatlarga asoslangan. Har ikki turtki hayotda muhim ahamiyatga ega. Ichki motivatsiya - bu o'z-o'zidan qoniqish uchun odamni faoliyatni boshlashga undaydigan narsa. Boshqa ekstremal motivatsiya - bu ichki kuch uchun emas, balki tashqi kuch tufayli biror narsa qilish.Tashqi motivatsiyada inson erishmoqchi bo'lgan mukofot vazifasini bajaradigan moddiy yoki nomoddiy natija mavjud, ammo ichki motivatsiyada mukofot o'zini tutishning o'zi. Motivning tadqiqot tarixidan kelib, unga yondashsak, bu holda u insonlar (goho hayvonlar xatti-harakati) hayoti va faoliyatining ruhiy jihatdan boshqaruvchisi sifatidagi talqinidan iborat oʻziga xos turidir. Motiv tushunchasi, asosan, sut emizuvchi hayvonlarga taalluqli ekanligi ilmiy manbalarda ta’kidlab oʻtiladi. Insonlarga aloqador motivlar tushunchasi qoʻzgʻatuvchilar va qoʻzgʻovchilarning barcha turlari (koʻrinishlari, modalliklari, shakllari) ni oʻz ichiga oladi (chunonchi, motivlar, ehtiyojlar, qiziqishlar, maqsadlar, intilishlar, motivlashgan ustanovkalar va boshqalar. Motiv keng ma’noda xulq-atvor determinatsiyasi belgilanishiga qaramay, koʻpgina chet el tadqiqotchilari shaxs motivlarini juda tor ma’noda talqin qilib, uni ilmiy jihatdan tekshiradilar, hattoki ular shartsiz reflektor aktlarining miqdorini, affektiv, stress va ekspressiv reaksiyalarni motiv tizimiga kiritmaydilar. Bir qator psixologlar motivni energetik, ma’noviy va ma’naviy tomonlarini oʻzaro solishtiradilar, ular motivni sof ma’nodagi energetik bioquvvat faolligining manbai sifatida talqin qilib, uning ma’noviy va ma’naviy jabhalarini hisobga olmay turib, oʻziga xos ravishda tushuntirishga intiladilar. Jumladan, Z.Freyd (856-1939) motivning qonun -qoidalarini faqat dinamik energetik holat tariqasida talqin qiladi. Bir guruh chet el psixologlarining fikriga qaraganda, motiv – bu tajriba va reaksiyalarning energetik jabhasidan iboratdir.



Yüklə 173,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə