Buxoro davlat universiteti psixologiya kafedrasi


I BOB IRODA HAQIDA TUSHUNCHA



Yüklə 173,34 Kb.
səhifə2/10
tarix24.12.2023
ölçüsü173,34 Kb.
#159185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
6-курс иши

I BOB IRODA HAQIDA TUSHUNCHA
1.1 IRODAVIY FAOLIYATNING UMUMIY XUSUSIYATLARI
Inson o`z ehtiyojlarini qondirish uchun faollik ko`rsatar ekan, ba`zan ichki (sub`ektiv) va tashqi (ob`ktiv) to`siqlarga duch keladi. Bu to`siqlarni engib o`tish va maqsadga erishish uchun undan yanada faolroq bo`lish talab qilinadi. Maqsadga erishish yo`lida turgan qarama -qarshiliklarni bartaraf qilish uchun zo`r berish bilan bog`liq bo`lgan va ma`lum maqsadga yo`naltirilgan ongli harakatlar irodaviy harakatlar deb ataladi. Iroda inson faolligining alohida shaklidan iboratdir. Odam oldida turgan va uning uchun katta ahamiyatga ega bo`lgan maqsadlarga o`zi uchun ozroq ahamiyatga ega bo`lgan boshqa xatti - harakatlar motivlarini bo`ysundiradi. Iroda odamdan o`z xatti - harakatlarini o`zi boshqarishini, bir qator boshqa intilish va istaklarining tormozlanishini taqozo qiladi. Irodaviy qobiliyat shundan iboratki, bunda odam o`z - o`zini idora qiladi, o`zini qo`lga oladi. Bir qator hollarda irodaviy faoliyat odamning hayot yo`lini aniqlaydigan, uning ijtimoiy qiyofasini namoyon qiladigan va uning axloqiy qiyofasini ochib beradigan qarorlarga kelish bilan bog`liq bo`ladi. Umumiy irodaviy faoliyatni yoki alohida aktini amalga oshirishning muhim xususiyatlaridan biri amalga oshirilayotgan harakatlarning erkin ekanligini anglashdan: “Xohlasam unday, xohlasam bunday qilaman” deyishdan iboratdir. Odamning irodaviy harakati to`la - to`kis determinizmga, ya`ni sababiy bog`lanish qonuniga bo`ysunadi. SHuning bilan birga irodaviy faoliyatning bevosita sabablari sifatida irodaviy harakatlarni belgilab beradigan turli - tuman hayotiy sharoitlar bo`lishi mumkin. Odamning irodaviy faoliyati ob`ektiv jihatdan bog`langandir. Irodaviy faoliyatning muhim xususiyatlaridan yana biri, irodaviy harakatlarni odam hamma vaqt shaxs sifatida amalga oshiradi. Xuddi mana shuning bilan bog`liq ravishda irodaviy harakat odam to`la ravishda javob beradigan ish sifatida ichdan kechiriladi. Irodaviy faoliyat tufayli ko`p jihatdan o`zini shaxs sifatida anglaydi, o`z hayot yo`li va taqdirini o`zi belgilashini tushunadi. Irodaning eng muhim xususiyati unda faoliyatni amalga oshirishning puxta o`ylab chiqilgan rejaning mavjudligidir.
Avvaldan rejalashtirilmagan xatti - harakatlarni irodaviy harakat deb aytib bo`lmaydi. SHu bilan birga iroda - avval mavjud bo`lmagan, lekin faoliyatni amalga oshirish natijasiga erishgandan so`ng hosil bo`lishi mumkin bo`lgan qoniqishga butun e`tiborni qaratishdan iboratdir. Ko`p hollarda iroda vaziyat yoki qiyinchilik ustidan g`alaba qozonish emas, balki o`z - o`zini engish hamdir. Bu ayniqsa muvozanatsiz, hissiy qo`zg`aluvchan, sust kishilarga xos bo`lib, o`zlarining tabiiy xarakterologik xususiyatlari bilan kurashishga to`g`ri keladi. Hech bir hayotiy muammo irodaning ishtirokisiz hal etilmaydi, yashagan va yashayotgan biror kishi kuchli, irodasiz katta muvaffaqiyatga erisha olmaydi.
Odamzot boshqa tirik mavjudotlardan o`zining ongi va aqli bilangina emas, balki irodasining mavjudlig bilan ham ajralib turadi. Irodaning tadqiqoti uzoq tarixga ega bo’lib, u inson ongining mohiyatini kashf qilishdan boshlanib, muayyan bilimlar to’planishi tufayli shaxsning irodasi tabiatini tushunishga ilmiy yondashuv vujudga kelgan davrgacha bo’lgan tarixiy yo’lni bosib o’tgan. Arastu o’z davrida irodani jon haqidagi fanning muhim tushunchasi deb e'tirof etgan. Uning fikricha, iroda inson xulq-atvorini o’zgartirishini boshqarish imkoniyatiga ega bo’lgan omil hisoblanadi. Gumanitar yo’nalish, ya'ni inson muammolariga e'tiborning ortishi bilan o’zo’zidan irodani o’rganish ham dolzarb masalaga aylanib bormoqda. XVIII-XIX asrlarda bu muammo eng markaziy psixologik tadqiqot masalalaridan biri edi. Biroq psixologiya fanida XX asr boshlarida ro’y bergan inqiroz tufayli u ikkinchi rejaga o’tib qoldi, uni mutlaqo inkor etish mumkin emas. XVII asrdayoq Gobbs va Spinozalar ta'kidlab o’tganlaridek, faollik manbaini bemahsul sohaning paydo bo’lishi, deb tushuntirish mumkin emas, chunki uning shaxsiy kuch-quvvatini hissiy intilish bilan uzviylikda qarash lozim. Spinozaning fikricha, iroda bilan aql aynan bir narsadir. Unga bunday yondashish irodaning ilmiy nuqtai nazardan tushuntirishni shakllantirgan bo’lsa, ikkinchi bir tomondan u mustaqil substansiya sifatida tan olindi. V.Vundtning mulohazasicha, 268 irodaning negizida appersepsiya aktining sub'ekti tomonidan ichki faollik uniki ekanligini his etish yotadi. Uning bu konsepsiyasi emosional yoki affektiv nom bilan psixologiya faniga kirib keldi.

Yüklə 173,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə