51
vositasi, aholi bandligi va daromadlarini oshirib borishning muhim omili
sifatida e'tirof etilmoqda. Mamlakatimizda ham mustaqillikning
dastlabki yillaridan boshlab davlatimiz tomonidan soha vakillarining
samarali faoliyat yuritishi uchun zarur normativ-huquqiy baza yaratilib,
muntazam takomillashtirilib borilmoqda.
Shuni alohida qayd etish joizki, 2012 yil 26 aprelda O‘zbekiston
Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonunining qabul
qilinganligi tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan
fuqarolarga qo‘shimcha imkoniyat va qulayliklar yaratdi.
Gap oilaviy tadbirkorlikni amalga oshirish to‘g‘risida ketar ekan, er-
xotindan biri er-xotinning umumiy
birgalikdagi mol-mulkidan
foydalanadigan hollarda vujudga keladigan munosabatlarni huquqiy
tartibga solish masalasi muhimdir. Chunonchi qonunlarda, nikoh
shartnomasida yoki er-xotin o‘rtasidagi o‘zga kelishuvda boshqacha
qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, bunday holda er (xotin)ning roziligi
talab qilinadi. Bunday rozilik notarial tasdiqlangan bo‘lib,
qaysi mol-
mulkdan foydalanishga kelishilgan bo‘lsa, ushbu mol-mulkka tegishli
ma'lumotlar qayd etilishi lozim.
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirish tadbirkorlikning er-xotinning umumiy mol-mulki negizida ular
tomonidan amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik turida (ish
muomalalarida) er-xotin nomidan erning yoki xotinning roziligi bilan
ulardan biri ishtirok etadi, bu rozilik
yakka tartibdagi tadbirkor
ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda tasdiqlanishi lozim.
Oilaviy tadbirkorlikda er-xotinning umumiy birgalikdagi mol-
mulkidan foydalanishda qonun oilaning voyaga yetgan boshqa
a'zolarining manfaatlarini inobatga olgan, xususan, agar tadbirkorlik
faoliyati obyekti sifatida uy-joydan foydalanish bilan bog‘liq oilaviy
tadbirkorlik amalga oshirilayotganda uy-joy mulkdorlaridan birining ish
muomalalariga kirishishi oilaning voyaga yetgan boshqa a'zolarining
notarial tasdiqlangan roziligi bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
Bundan
tashqari, oilaviy tadbirkorlikni yuridik shaxs tashkil
etmagan holda olib borish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2009 yil 29 iyuldagi “Yuridik shaxs tashkil etmasdan
52
oilaviy tadbirkorlikni hamda hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish
va kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 216-son qarorida ham
ko‘rsatilgan.
Yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga
oshiriladigan oilaviy
tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakli oilaviy korxonadir. Qonuning
4-moddasiga binoan “Oilaviy korxona uning ishtirokchilari tomonidan
tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) va
realizatsiya qilishni amalga oshirish uchun ixtiyoriy asosda, oilaviy
korxona ishtirokchilarining ulushli yoki birgalikdagi mulkida bo‘lgan
umumiy
mol-mulk, shuningdek oilaviy korxona ishtirokchilaridan har
birining mol-mulki negizida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik
sub'ektidir.
Oilaviy korxona faoliyati uning ishtirokchilarining shaxsiy
mehnatiga asoslanadi. Oilaviy korxona tadbirkorlik sub'ektlarining
tashkiliy-huquqiy shakllaridan biridir. Oilaviy korxona faoliyatni faqat
yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshirishi mumkin.
Oilaviy korxona o‘z mulkida alohida mol-mulkka ega bo‘lishi, o‘z
nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga
oshirishi,
zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda da'vogar va javobgar
bo‘lishi mumkin.
Oilaviy korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha qonunga muvofiq
undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan o‘ziga tegishli barcha mol-mulk
bilan javob beradi.
Oilaviy korxona ishtirokchilari korxona mol-mulki yetarli
bo‘lmaganda oilaviy korxonaning majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli
mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladi.
Oilaviy korxona qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarni yollashni
amalga oshirishi mumkin. Oilaviy korxona ishtirokchilarining
va uning
yollanma xodimlarining umumiy soni kichik tadbirkorlik sub'ektlari
xodimlarining qonun hujjatlarida belgilangan o‘rtacha yillik sonidan
ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Bunda oilaviy korxona ishtirokchilarining
eng kam soni ikki kishidan oz bo‘lmasligi kerak.
Oilaviy korxona to‘liq firma nomiga ega bo‘lishi lozim va
qisqartirilgan firma nomiga ega bo‘lishga haqli. Oilaviy korxonaning
53
to‘liq firma nomi uning to‘liq nomini va “oilaviy korxona” degan
so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Oilaviy korxonaning qisqartirilgan firma
nomi uning qisqartirilgan
nomini va “oilaviy korxona” degan so‘zlarni yoki “OK” abbreviaturasini
o‘z ichiga olishi kerak.
Oila boshlig‘i, uning xotini (eri), bolalari va nabiralari, ota-onasi,
mehnatga qobiliyatli yoshga to‘lgan boshqa qarindoshlari (bolalari va
nabiralarining erlari (xotinlari), tug‘ishgan hamda o‘gay aka-uka va opa-
singillari, ularning erlari (xotinlari) hamda bolalari, tog‘a va amaki
hamda amma va xolalari) oilaviy korxona ishtirokchilari bo‘lishi
mumkin. Faqat muomalaga layoqatli shaxslar oilaviy korxona
ishtirokchilari bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: