61
yuritish huquqiga asoslangan korxonaning ta'sis
hujjati uning
belgilangan tartibda tasdiqlangan ustavidan iboratdir.
Xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona o‘z mol-
mulkining bir qismini xo‘jalik yuritish uchun belgilangan tartibda
topshirish yo‘li bilan yuridik shaxs bo‘lgan
boshqa unitar korxona
(sho‘'ba korxona) tashkil etishi mumkin. Muassis sho‘'ba korxonaning
ustavini tasdiqlaydi va uning rahbarini tayinlaydi. Fuqarolik kodeksining
72-moddasiga muvofiq davlat organining qaroriga muvofiq davlat mulki
bo‘lgan mol-mulk negizida operativ boshqaruv
huquqiga asoslangan
davlat unitar korxonasi (davlat korxonasi) tashkil etilishi mumkin.
Davlat korxonasining ta'sis hujjati uning ustavidir. Operativ boshqaruv
huquqiga asoslangan davlat korxonasining
firma nomi uning davlat
korxonasi ekanligini ko‘rsatishi kerak. Davlat korxonasining o‘ziga
biriktirib qo‘yilgan mol-mulkka bo‘lgan huquqi Fuqarolik kodeksining
178 va 179-moddalariga muvofiq belgilanadi.
Davlat korxonasining mol-mulki yetarli bo‘lmaganida davlat uning
majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgar bo‘ladi. Davlat korxonasi uni
tuzgan davlat organining qaroriga muvofiq
qayta tashkil etilishi yoki
tugatilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: