3.2
Nukleotidlar
Nukleotidlar- nukleozidlarning fosfatlaridir. Odatda nuleozidlarda pentoza
qoldig`ining C-3 yoki C-5 holatidagi gidroksil guruh fosfat kislota bilan
eterifikatsiyalangan
bo`ladi.
Pentozaning
tuzilishiga
qarab
nukleotidlar
ribonukleotidlar (RNK ning monomer zvenosi) va dezoksiribonukleotidga (DNK
ning monomer zvenosi) bo’1inadi. Nukleozidlar tarkibidagi shakarning odatda 5-
holatiga bitta , ikkita yoki uchta fosfat kislata qoldiqlari zanjirsimon birikib,
nukleozid nomo, di- va tri fosfatlar hosil qiladi. Masalan: Adenozin monofosfat
(AMF), adinozindifosfat (ADF) va adenozintirifosfat (ATF shular jumlasiga
kiradi: [11-14]
32
Nukleotidlar nomenklaturasi ikki prinsip assosida tuzilgan bo`ladi: Ular
nukleotidlarning fosfat efiri sifatida qaralganda adenozin unumlarini AMF,
ADF, ATF deb ataladi. Yoki kislotali fosfat gruppasi bo`lganidan ularni
nukleozidlarning kislotali unumlari sifatida adinilat, dezoksiadenilat, uridilat va
timidilat kislotalar deb ataladi [4-6].
33
Nukleozid va nukleozidtrifosfatlar ko`pincha unumlashtirib nukleozidpoli-
fosfatlar deb yuritiladi. Nukleotidlarning ahamiyati juda katta. Nukleozidpoli-
fosfatlar ko`pchilik biokimyoviy reaksiyalarning koenzimlari va energiya manbai
hisoblanadi: ular oqsillar, uglevodlar, yog`lar va boshqa moddalarning
biosintezida ishtirok etadilar.
ADF va ATF molekulalaridagi fosfat kislata qoldiqlarining angidrid
bog`lari energiyaga haddan tashqari boy. Bu bog`lar makroenergetik bog`lar
deyiladi. Bu makroenergetik bog`larning gidrolitik parchalanishi natijasida ko`p
miqdorda energiya ajralib chiqadi. Agar oddiy murakkab efir bog`i 2000-3000
k\kall energiya zapasi saqlasa, makroenergetik bog`lar 1000-16000 gacha k\kall
energiya zapasini, o`zida saqlaydi [3-8].
34
ATFNING HUJAYRADAGI ENERGETIK ROLI
Organizmda juda ko’p trifosfonukleotidlar uchraydi. Ular eng avvalo
nuklein kislotalar sintezi uchun juda muhimdir. Chunki ular polipeptid zanjirini
hosil qilishda ishtirok qiladi. Bundan tashqari juda ko’p reaksiyalarni koferment
sifatida katalizlaydi. Bular orasidan hujayra bioenergetikasida adenozintri-
fosfatning (ATF) roli beqiyosdir. Undan adenozinsiklaza fermenti yordamida siklik
adenazin monofosfat hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan nukleotid biologik jihatdan faol
bo’lib, garmonlar ta’sirida hujayra metobolizmida qatnashadi. ATF barcha tirik
hujayralarda energiyani hosil qilish, saqlanishi va tashilishida ishtirok qiladi. Bu
moddaning muhim xususiyati shundaki, molekula tarkibidagi yuksak energiyaga
ega bo’lgan (fosfoergik) bog’lar uzilishidan oddiy kimyoviy bog’ga qaraganda 4-5
baravar ortiq energiya ajraladi
.
Adenozintrifosfataza fermenti ishtirokida ATF dan
bir molekula suv ajralib ADF hosil bo’ladi va bu reaksiyada 8-kkal energiya
ajraladi.
ATF + H
2
O = ADF + H
3
PO
4
+ 8 kkal
ADF ham ATF singari makroergik birikma bo’lishidan tashqari, biroq
uning tarkibida ikki molekula fosfat kislotasi qoldig’ini saqlaydi.
ADF moddalar almashinuvining oraliq bosqichida muhim rol o’ynaydi.
Chunki u aerob fosforlanish jarayoni uchun birlamchi akseptordir. Bundan tashqari
ADF dan bevosida miokinaza fermenti ishtirokida ATF sintezlanadi. Bu jarayonda
35
miokinaza bir molekula ADF dagi fosfatni boshqasiga o’tkazadi va natijada ATF
va AMF hosil bo’ladi.
2ADF = ATF + AMF
Adenozinmonofosfat makroergik birikma emas, unda fosfat kislotasi riboza
bilan oddiy fosfoefir bog’ hosil qilgan. Adenozinmonofosfat-ATF uglevodlarning
anaerob va aerob parchalanishidan hosil bo’ladi. Bu jarayonni quyidagi umumiy
tenglama bilan ifodalash mumkin:
2C
6
H
12
O
6
+ 6O
2
+ 38ADF + 38H
3
PO
4 =
38ATF + 6CO
2
+44H
2
O=2800kJ
Tenglamadan ko’rinib turibdiki, uglevodlar almashinuvi jarayonida 38
molekula ATF hosil bo'ladi.
|