Sutkalik ovqat ratsionini tuzish



Yüklə 23,69 Kb.
səhifə1/4
tarix22.12.2023
ölçüsü23,69 Kb.
#154394
  1   2   3   4
thv

SUTKALIK OVQAT RATSIONINI TUZISH


Nazariy tushuncha. Organizm o‟z hayot faoliyati uchun zarur energiyani ovqat tarkibidagi oqsil, yog‟ va uglevodlardan oladi. Bundan tashqari, ovqat energiya zapasini uzluksiz to‟ldirib turishi bilan birga organizm
to‟qimalarining tiklanishi va qayta qurilishi uchun zarur har xil moddalar bilan ta‟minlab turadi.
Ovqat ratsionini tuzish uchun ovqat mahsulotlari tarkibini, sifati va miqdorini aniq bilish zarur bo‟ladi. Ovqatlanishning fiziologik normalari odamning yoshi, jinsi, bo‟yi, vazni, u yashaydigan iqlim sharoiti, geografik joylashishi, shuningdek, bajaradigan ishining turiga qarab turli odamda turlicha bo‟ladi.
Sutkalik ovqat ratsioniga qo‟yiladigan talablar qo‟yidagicha: a) ovqat ratsionining kaloriyasi sutkalik energiya sarfini qoplashi zarur; b) ovqat etarli miqdorda uglevodlar, oqsillar va yog‟larga, shuningdek, vitaminlar, mineral tuzlar
ga boy bo‟lishi kerak; v) ovqatni iste‟mol qilish vaqti to‟g‟ri taqsimlangan bo‟lishi zarur. Bir kunda 3 marta: ertalab, tushda va kechqurun ovqatlanish oralig‟i 6-7 soatdan oshmasligi zarur. Sutkalik kaloriyaning 30% ni ertalab, 50% ni tushda, 20% ni kechqurun olish kerak; g) kattalarning kasb-kori, bolalarning yoshi, sportchilarning esa jismoniy ish xaraktera hisobga olinishi shart; d) iste‟mol qilingan ovqat hajmi to‟yganlik hissini yuzaga keltiradigan bo‟lsin; e) iste‟mol qilinadigan har galdagi ovqat tarkibiga kiradigan moddalar ratsional taqsimlangan bo‟lishi kerak: oqsil va yog‟larga boy ovqatlarni kunduzgi soatlarda, sutli va o‟simlik mahsulotlaridan tayyorlangan ovqatlarni kechqurun tanovul qilish tavsil etiladi.
Ishdan maqsad. Ovqat ratsionini tuzish printsiplari bilan tanishib chiqish.
Zarur jihozlar: ovqat mahsulotlarining ximiyaviy tarkibi va kaloriyasini ifodalaydigan jadvallar.
Ishni bajarish tartibi. Ovqat ratsionini tuzish uchun eng avval sutkalik energiya sarfi aniqlanadi. Buning uchun xronometriya bo‟yicha kun tartibi tuziladi. Har xil ishlarda sarflanadigan energiya sarfi jadvaldan topiladi. Jadvalda keltirilgan ko‟rsatkichlardan foydalanib, quyidagi sxema bo‟yicha kun tartibi tuzib chiqiladi:


Ish turi

Muddati (soat)

1 soatda 1kg vaznga sarflanadigan energiya

Butun ish davomida
1 kg vaznga sarflanadigan







miqdori (kkal)

energiya miqdori (kkal)

1

2

3

4

Kun tartibi tuzib chiqilgandan keyin 3-grafada belgilangan soatlar qo‟shiladi, ular yig‟indisi 24 soat bo‟lishi kerak. 4-grafadagi raqamlar yig‟indisi bir kecha-kunduzda 1 kg vaznga sarflanadigan energiya miqdorini ifodalaydi. Organizm bir kecha-kunduzda sarflaydigan hamma energiyani aniqlash uchun 4- grafadagi raqamlar yig‟indisini gavda vazniga ko‟paytirish kerak, bunda sutkalik sof energiya sarfi kilokaloriyalarda ifodalanadi. Bu miqdorga organizm ovqat moddalarni o‟zlashtirish uchun sarflaydigan, ya‟ni ovqatning o‟ziga xos dinamik ta‟sirini qoplash uchun sarflanadigan energiya miqdori, sof energiya sarfining 7% qo‟shiladi va shu bilan bir kecha-kunduzda sarflanadigan energiya miqdori aniqlanadi.
Sutkalik energiya sarfi aniqlangandan keyin sutkalik ratsionda oqsillar, yog‟lar va uglevodlar qancha bo‟lishi kerakligi topiladi (9-jadval).

  1. jadval

Odam bir kecha-kunduzda sarflaydigan kaloriyasiga ko‟ra sutkalik ovat ratsionidagi oqsillar, yog‟lar va uglevodlar miqdori



Ovqatning

Sutkalik kaloriyasi (kkal)

2500

2750

2900

3250

3750

3750

4200

4250

Oqsillar (g)

91

100

110

118

127

135

146

154

YOg‟lar (g)

81

89

97

105

113

121

128

135

Uglevodlar (g)

340

370

405

435

470

500

535

570




  1. jadval

Yüklə 23,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə