Mavzu. Manzarali bog’dorchilikning andozalari, kompozitsiyasi va tarkibiy qismlari



Yüklə 29,17 Kb.
səhifə1/2
tarix22.03.2024
ölçüsü29,17 Kb.
#180301
  1   2
Манзарали М 3


3-MAVZU. Manzarali bog’dorchilikning andozalari, kompozitsiyasi va tarkibiy qismlari
Reja:
1. Manzarali bog’dorchilikning barqaror andozasi.
2.Manzarali o‘simliklar kompozitsiyasi deb nimaga ataladi.
2. Кompozitsiyasi va tarkibiy qismlari
Yashil daraxtzorlar shahar va qishloqlarning tarkibiy qismi bo‘lib, ularning arxitekturasini ham belgilaydi. Yashil manzara qurilishlar atrofini o‘rab turishi va ular uchun himoya qobig‘i bo‘lishi bilan birga, ularning o‘zi ham alohida arxitektura ansambli hisoblanadi.
Tabiiyki, manzarali bog‘dorchilik fan sifatida (landshaft arxitekturasi) arxitekturaning bir bo‘lagi va o‘zining tarixi, andozalari, rivojlanish tamoyillari va qonunqoidalariga ega. Bugun zamonaviy manzarali bog‘dorchilik o‘zida qadim zamonlardagi xilma-xillik (Qadimgi Sharq, Yapon-Xitoy, G‘arbiy Yevropa), barcha an‘analar, yo‘nalishlar va didlarni o‘zida singdirgan. Yashil daraxtzorlar yaratishni rejalashtirishda ikkita – barqaror, doimiy yoki geometrik, va erkin yoki tabiiy landshaft andozalarga amal qilinadi. Barqaror andoza bu fransuzcha, landshaft esa inglizcha andozadir.
Barqaror andoza asosida bog‘ va parklar rejasi ishlanayotganda to‘g‘ri chiziq bo‘ylab alleyalar, yashil elementlar o‘zaro mutanosib, to‘g‘ri geometrik shaklda joylashtiriladi. Unda daraxt va butalarni qirqib shakl berish (topiar san‘ati) keng qo‘llaniladi. Demak, rejalashtirishda yetakchi obyekt (bino, parkka kirish, relyef va landshaftga urg‘u) bilan uyg‘unlashtiriladi, keng yastangan parter hosil qilinib, undan yo‘llar chiqadi (alleya), park, xiyobon yoki bog‘ning barcha qismlari ham uyg‘unlikda joylashtiriladi.
Manzarali bog‘dorchilikda landshaft usuli rejalashtirilganda, tabiiy go‘zalliklarni takrorlashga harakat qilinadi, o‘simliklar tabiiy guruhlar singari erkin joylashtiriladi. Daraxt 26 va butalar kichik guruhlar shaklida, maysazorlar, sayxonliklar, ochiq suv yuzalari bilan almashlab tartiblanadi. Yo‘laklar va alleyalar erkin holatda, o‘rmondagi so‘qmoq yo‘l singari egribugri tarzda joylashtiriladi. Bu esa arxitektorga kichkina joyda ko‘plab tabiiy manzaralar, har bir qayrilishda yangi shakllar, rejalar yoki ularni ifodalash: soliter o‘simliklar yoki guruhlar, favvoralar, haykalchalar va boshqalarni mujassam etishga imkon beradi. Bunda daraxt va butalar odatda kesilmaydi, ular tabiiy va erkin holda o‘sadi. Zamonaviy landshaft arxitekturasida yashil daraxtzorlarni rejalashtirishda quyidagi tarzda – ommaviy tashrif joylarida doimiy andoza, istirohat hududlarda landshaft andozasi qo‘llaniladi.
O‘zbekistondagi aholi yashaydigan manzillarda yaratilgan zamonaviy parklarning aksariyatida har ikkala andoza o‘zaro qorishib ketgan. Daraxt va butalar tabiiy ravishda manzaralilik xususiyatlariga ega. Buning uchun eng asosiy elementlar – daraxtning o‘lchami, shox-shabbasining shakli va tarkibi, barglarining hoshiyasi va tuzilishi, gul va mevalari, tana tuzilishi, po‘stlog‘ining tuzilishi va rangi hisobga olinadi. Bu xususiyatlar turli o‘simliklarda turlicha bo‘lib, uni ―Manzarali dendrologiya‖ fani o‘rganadi.
Obodonlashtiruvchi shaxs esa daraxtlarning manzarali sifatlarini farqlashi, ularning tarkibiy elementlarini to‘g‘ri shakllantirishi, unga badiiy bezak berishi kerak. Shunda daraxtzor biologik jihatdan turg‘un, umrboqiy, makon va zamonda o‘zining qimmatini yo‘qotmaydi.
Obodonlashtiruvchilar alohida daraxt va butalar bilan emas, ularning turli xil birikmalari bilan ish ko‘radi. Bu birikmalarni elementga aylantirish qonuniyatlari va tartibi, uni 27 badiiy bezakka o‘tkazish, biologik turg‘un o‘simlik jamoasi hosil qilish ‒ manzarali o‘simliklar kompozitsiyasi deb ataladi.
Manzarali bogdorchilik ishlarida doimiy ravishda kompozitsion vazifalar yechimini axtarish, topish va ularni hal qilish talab etiladi. Shu sababli bu ishlarda ijodiy yondashuv muhim.
Yashil manzaralar yaratishda quyidagi kompozision elementlar mavjud. Bular ‒ soliterlar, daraxtlar guruhi, yashil devorlar, yashil to„siqlar, bordyurlar, yashil figuralar, chirmashib o„suvchi o„simliklar. Soliterlar – alohida, yakkalab ekiladigan, o‘zining o‘lchamlari, gabitusi (shox-shabbasining shakli), barglari va gullashi bilan ajralib turuvchi kamyob, ekzotik daraxt va butalar.
Ular yuksak manzarali bo‘lganligi sababli o‘tqazilganda go‘zal ko‘rinish kasb etishi lozim.
Soliter daraxtlarni ekishdan maqsad o‘simlikning tabiat mo‘jizasi sifatida naqadar go‘zal va benuqsonligini ko‘rsatish, shu bilan birgalikda, kompozitsion nuqtai nazardan uning arxitektura elementi ekanligini ta‘kidlashdir.
Yurtimizda choyxonalar va boshqa kichik dam olish maskanlarida soliter sifatida qadimdan an‘anaviy piramidal teraklar, yirik chinorlar, sadaqayrag‘och, tut, yong‘oq va majnuntollar ekilgan. Hozirgi paytda oddiy eman, zangori qoraqarag‘ay, Qrim qarag‘ayi, Lenkoran akatsiyasi, lola daraxti, magnoliya, kolonnasimon tuya, yig‘loqi tut kabilar keng qo‘llaniladi.
Konussimon, kolonnasimon yoki sharsimon shox-shabbali ninabarglilar (archa, tuya, sarvi, savr, kiparisovik) ham bu joyda juda manzarali ko‘rinish hosil qiladi.
Daraxtlar guruhi – bir turga mansub (toza guruh) yoki bir nechta turlardan iborat (aralash guruh), boshqa kompozitsiyalardan alohida ekiladigan, ikki-uchtadan tortib bir necha o‘nlab daraxtlardan iborat bo‘lgan to‘plamga aytiladi.
Hozirgi paytda parklar, xiyobonlar, bog‘lar, mavzelardagi daraxtzorlar, saylgohlarning zamonaviy rejasida daraxtlar guruhi yetakchilik 28 qilmoqda. Guruhda daraxtlarning zichligi ularning biologik xususiyatlari – yorug‘sevarligi, soyaga bardoshligi, o‘lchamlari, tuproq va namlikka munosabatiga qarab, turlar tarkibi esa arxitektura nuqtai-nazaridan tanlanadi. Guruhda daraxtlar orasidagi masofa 3 m dan 12 m gacha bo‘lishi mumkin.
Toshkent shahrini ko‘kalamzorlashtirish tajribasida guruhlar yo‘lkalar bilan chegaralangan to„p-uchastkalar tipi keng tarqalgan. Landshaft guruhlarini yaratishda daraxtlarning o‘lchamlari, shox-shabbasining shakliga qarab did bilan joylashtirish, shuningdek, ularning mavsumiy rivojlanishi – barg chiqarishi va to‘kishi, gullash xarakteri, kuzgi ranglarini e‘tiborga olinishi bilan bog‘liq holda tasavvur qilinadi.
Xullas, tartibsizlik, rangsizlik va bir xillikdan qochib, to‘liq uyg‘unlik hosil qilinishi lozim. Ko‘rimsiz bo‘lib qolmasligi uchun yirik daraxtlarni kichik daraxtlarning, barglari to‘q rangdagilarini och rangdagilarining, yorqin ranglarda gullaydiganlarini xira rangdagilarning orqasida joylashtirilishi lozim.
Shox-shabbasi zich va yoyilib o‘sadigan, barglari yirik bo‘lgan daraxtlarni bir-biridan uzoq masofada, barglari siyrak, shox-shabbasi siyraklarini bir-biriga yaqin joylashtirilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Butalar daraxt guruhlarining atrofida aylana yoki ko‘rinish tarafdan yarim aylana shaklida joylashtiriladi.
Ular daraxt tanalarini berkitib, guruhga zichlik va viqor bag‘ishlaydi va o‘zlarining bo‘liq gullari, turli shakllari va o‘lchamlari bilan hududga fayz kiritadi.
Manzarali bog‘dorchilik kompozitsiyasida mustaqil butalar guruhi ham yaratiladi. Ularni daraxtlar guruhi o‘rtasidagi uzilishlarda, binolardagi qo‘shimcha qurilishlar yonlarida, ko‘chalarning yashil qatorlarida, saylgohlar, park va xiyobonlardagi yo‘lak yoqalarida joylashtirish mumkin.
29 Yorqin va to‘q, zich va siyrak shox-shabbali, yirik va mayda butalar, ularning turli mavsumlarda turlicha gullaydigan, kuz oylarida turli xil tusga kiradigan, bargli, gulli novdalari, daraxtlardagi singari, o‘zaro aralashtirilib (komponovka qilinib) ekiladi. Ular bir-biridan va o‘lchamlaridan kelib chiqqan holda 1 m dan 3 m gacha bo‘lgan masofada joylashtiriladi.
O‘zbekiston sharoitida forzitsiya, bagryannik, bodom, yapon behisi, magoniya, tobulg‘i, deytsiya, jasmin, do‘lana, sirenlar, bodrezak, drok, veygela, zirk, ligustra, dyoren, marjondaraxt, gortenziya, floribunda atirgullari, nastarin va suriya gibiskusining turli formalari, duragay gibiskus, buddleyalardan iborat uzoq muddat gullaydigan butalar (fevraldan noyabrgacha – ochilish tartibiga qarab) guruhini yaratish mumkin.
Ko‘p sonli daraxt-butalar guruhi aralashtirib ekilganda, yirik yashil massiv hosil bo‘ladi. Turg‘un va uzoq yashaydigan yashil massivlar yaratish uchun joyning tabiiy-tarixiy sharoitini yaxshilab o‘rganish, shuningdek, qo‘llanilayotgan daraxtlarning mahalliy sharoitga qanchalik moslashganlik darajasini bilish muhim. Assortiment imkon qadar boy bo‘lishi va uni topish qiyinchilik tug‘dirmasligi kerak. Bunda mahalliy sharoitda yetishtirilgan o‘simliklardan foydalanish asosiy shartlardan biridir.
Aralash daraxtzorlarning tashqi omillarga bardoshi yuqori bo‘ladi, o‘zining himoya vazifasini samaraliroq bajaradi va iqlimni o‘zgartirishga yaxshi xizmat qiladi.
Bir vaqtning o‘zida ularning estetik jihatdan ham jozibasi baland bo‘ladi. Asosiy turlar daraxtzordagi tuplar sonining 50-60 foizidan kam bo‘lmasligi, o‘zining xususiyatlari bilan eng muhim talablarga javob beradigan bo‘lishi kerak.
30 O‘zbekiston sharoitida daraxtzorlar yaratilayotgan hudud sharoitidan kelib chiqqan holda: - asosiy turlar: oddiy eman, chinor, oddiy shumtol, Yapon soforasi, Virginiya archasi, Qrim qarag‘ayi, bignoniyasimon katalpa,
Kanada bundugi, magnoliya, lola daraxti, arg‘uvon, chinorbargli zarang, soxtachinorbarg zarang, soxta kashtan; - qo‘shimcha turlar ‒ terak, majnuntol, kelreyteriya, dala zarangi va kumush zarang, aylant, Lenkoran akatsiyasi, do‘lana kabilar bo‘lishi mumkin.
Massivlarning landshaft go‘zalligi nuqtai nazaridan quyi yarusda ekish uchun chiroyli gullaydigan ko‘plab butalar assortimentini tavsiya qilish zarur. Massivlarni yaratishda turlar sonining ko‘pligi ham bir xillikdan qochish imkonini beradi.
Qatorli daraxtzorlar ko‘cha, yo‘l, ariq va kanal yoqalari, bulvarlar, park va skverlardagi alleyalar, bir qatorli va ko‘p qatorli ihota daraxtzorlari, shuningdek, sanoat korxonalari, chorvachilik fermalari, mexanizatsiya bazalari, turar joylar o‘rtasidagi ochiq joylarda yaratiladi.
O‘zbekistonda shunday tipdagi daraxtzorlar, ayniqsa, keng tarqalgan. Buning sababi sun‘iy ravishda sug‘oriladigan gidrografiya tarmoqlari, yo‘llar, qishloq xo‘jaligida sug‘oriladigan yerlarning tanqisligi tufayli manzarali bog‘dorchilik maydonlarining yetishmasligidir. Turli maqsadlarda yaratiladigan qatorli daraxtzorlar ma‘lum qoida va tartiblarga amal qilingan holda bunyod qilinadi. Xususan, ko‘chalardagi bir qatorli va ko‘p qatorli daraxtzorlar (ko‘chaning eni va profilidan kelib chiqib) bir turga mansub o‘simliklardan iborat bo‘ladi.
Daraxtlar bir xil shaklda, bir xil yoshda bo‘lishi va teng masofada ekilishi ko‘chaning muhandislik inshootlari bilan hamohang bo‘lishini talab qiladi. Ko‘chadagi daraxtzorlar transport shohbekatlariga, binoning qurilishi va ko‘chalarning 31 kelajakka mo‘ljallangan rejalariga mos ravishda o‘zgartirilishi mumkin.
O‘zbekistonning aksariyat aholi yashaydigan manzillarida hozirgi paytda zamonaviy ko‘p qavatli uylar qurilmoqda. Bunday sharoitda ko‘chalarda yirik daraxtlar: eman, chinor, shumtol, zarang, Yapon soforasi ekilishi kerak, chunki ular keng o‘sadigan shox-shabbasi bilan piyodalar yuradigan yo‘llar va turar joylarning fasadlarini soya qilib turadi.
Yevropa mamlakatlarida yoz oylarida ham soyaga ehtiyoj yo‘qligi sababli bunday ko‘kalamzorlashtirish usullari qo‘llanilmaydi. Shahar tashqarisidagi yo‘llarda ham qatorli daraxtzorlar yaratishda xuddi shunday tamoyilga amal qilinadi.
Bir yoki bir necha qator qilib ekilgan daraxtlarni shunday joylashtirish kerakki, ular bino va inshootlarga texnika xizmatini ko‘rsatishga xalaqit bermasin. Yo‘l yoqalarida, park va saylgohlarda ikki taraflama qator qilib ekilgan daraxtlar guruhi alleyalar deyiladi.
Ular ikki xil – ochiq va yopiq turlarga bo‘linadi. Ochiq alleyalarni tashkil qilishda yo‘lkalarni soya qilmaslik uchun piramida, kolonna va shar shaklidagi, yopiq alleyalarda esa tarvaqaylab o‘sadigan shox-shabbalarga ega daraxtlar ekiladi.

Birinchi tipdagi alleyalarni tashkil qilishda piramidal terak va kolonnasimon eman, ninabarglilardan konussimon va kolonnasimon shakllar hosil qiluvchilar ‒ archalar, tuya, sarvi, savr, qarag‘aylar yoki yig‘inchoq shox-shabbali, uncha katta bo‘lmagan daraxtlar ‒ sharsimon akatsiya, yig‘loqi tut, yoxud soyabonsimon shox-shabbali ‒ Lenkoran akatsiyasi,


Kanada bagryannigi ekiladi. Yopiq alleyalar tashkil qilishda esa yo‘l ustidagi 10-12 m balandlikda yashil arkalar hosil qiluvchi, tarvaqaylagan shoxshabbali yirik daraxtlar: oddiy eman, chinor, shumtol, zarang, sofora, grek va qora yong‘oq, soxta kashtan va boshqalar ekiladi. 32 Qatorli daraxtzorlarning boshqa turlari ‒ bu yashil devorlar, yashil to„siqlar va to„sinlardir.
Mazkur daraxtzorlar – ajratib turish maqsadida tashkil qilinadi, ular yo‘ldagi transport harakatlanishi va piyodalar yurishi lozim bo‘lgan qismlarni, kichik sun‘iy o‘rmonlar (bosketlar) qurishda, tekis kesilgan yashil devorlar yordamida maxsus (bolalar, o‘yin, sport, dam olish) maydonlarni ish joylaridan ajratib turish uchun xizmat qiladi, shuningdek, gulzorlarni chiroyli qilib o‘rash, haykalchalar va kichik arxitektura shakllari atrofida go‘zal fon yaratishda qo‘llaniladi.
Yashil to‘siqlar to‘liq to‘sib turish maqsadida ekiladi, shu sababli daraxtlar (baland devorlar uchun) va butalar oralig‘i 0,4-0,5 m, tuplar bir-biridan 0,2-0,5 m masofada 2-3 qatorlab ekiladi.
Odatda, kesiladigan va tabiiy holicha o‘sadigan to‘siqlar ekiladi. Bunda tabiiy holda o‘suvchilar: sekin o‘suvchi chiroyli gullaydigan Vangutta tobulg‘isi, Tunberg zirki singari butalar tanlanadi. Jonli devorlar bo‘yiga ko‘ra: baland – 3 m gacha, o‘rtacha – 2 m gacha, past bo‘yli – 1 m gacha va balandligi 0,5-0,7 m keladigan bordyurlarga bo‘linadi hamda bir tur, ikki tur va ko‘p turga mansub o‘simliklardan iborat bo‘lishi mumkin.
Ular ko‘p turga mansub bo‘lganda zina shaklida ekiladi. Zinalar bir-biridan balandligi va rangi yoki guli bilan farq qiladi. Kesish orqali tirik devorlarda turli shakldagi bo‘rtmalar hosil qilish mumkin. Pissardi olchasi va g‘arb tuyasidan ikki zinali hamda ranglari bilan ajralib turuvchi chiroyli tirik devorlar yaratish mumkin. Chirmashuvchi va osilib o‘suvchi o‘simliklar ko‘kalamzorlashtirishda mustaqil element hisoblanadi.
Gazon qilingan joyda chirmashib o‘suvchi atirgullar va kaprifol uchqatini tayanchga chirmashtirib soliter ko‘rinishidagi ajoyib guruh 33 yaratish mumkin. Daraxt soyasida plyush yoki barvinokdan, ochiq joyda – amur uzumi va klimatisdan gazon qoplami yaratish mumkin.
Bunday o‘simliklar binolarning devorida manzara yaratishda, panjaralarni bekitishda, yopiq alleyalar yaratishda, ishkom va shiyponlar qurishda nihoyatda muhim o‘rin tutadi.
Qadimdan O‘zbekistonda kichik o‘lchamdagi dam olish, hordiq chiqarish joylarida madaniy uzumdan ishkom va so‘rilar qilish orqali ko‘zni quvnatuvchi manzaralar yaratib kelingan. Bu ishlar san‘at darajasida bajarilganligidan ayrim joylarda mahalliy aholi tomonidan bunyod etilgan ayrim so‘rilar xorijiy mehmonlarni lol qoldirgan.



Yüklə 29,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə