Buxoro davlat universiteti


Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/105
tarix12.05.2022
ölçüsü1,63 Mb.
#86828
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   105
MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI AMALIY MASHGULOT 1 MODULQO\'LLANMA (1)

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish 
hamda  foydalanish  kompetensiyasi
  —  aniq  hisob-kitoblarga  asoslangan  holda 
shaxsiy,  oilaviy,  kasbiy  va  iqtisodiy  rejalarni  tuza  olish,  kundalik  faoliyatda  turli 
diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, 
mehnat  unumdorligini  oshiradigan,  qulay  shart-sharoitga  olib  keladigan  fan  va 
texnika  yangiliklaridan  foydalana  olish  layoqatlarini  shakllantirishni  nazarda 
tutadi.  Mazkur  kompetensiyalar  umumta’lim  fanlari  orqali  o‘quvchilarda 
shakllantiriladi. 
Shuningdek,  har  bir  umumta’lim  fanining  mazmunidan  kelib  chiqqan  holda 
o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi. 
Matematika  fani  insonning  intellektini,  diqqatini  rivojlantiradi,  ko‘zlangan 
maqsadga  erishish  uchun  qat’iyat  va  irodani  tarbiyalaydi,  algoritmik  tarzdagi 
tartib-intizomlilikni  ta’minlaydi  va  tafakkurini  kengaytiradi.  Matematika  olamni 
bilishning  asosi  bo‘lib,  tevarak-atrofdagi  voqea  va  hodisalarning  o‘ziga  xos 
qonuniyatlarini  ochib  berish,  ishlab  chiqarish,  fan-texnika  va  texnologiyaning 
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.  
Boshlang‘ich  ta’limning  Matematika  fani  o‘quv  dasturi  o‘quvchilarda 
kompetensiyalarni  shakllantirishga  yo‘naltirilgan  Davlat  ta’lim  standarti 
talablaridan kelib chiqib tuzildi. 
Boshlang‘ich ta’limda matematika fanini 
o‘qitishning asosiy maqsadi:
 
o‘quvchilarda  kundalik  faoliyatda  qo‘llash,  fanlarni  o‘rganish  va  ta’lim 
olishni  davom  ettirish  uchun  zarur  bo‘lgan  matematik  bilim  va  ko‘nikmalar 
tizimini shakllantirish va rivojlantirish
jadal  taraqqiy  etayotgan  jamiyatda  muvaffaqiyatli  faoliyat  yurita  oladigan, 
aniq va ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish; 


milliy,  ma’naviy  va  madaniy  merosni  qadrlash,  tabiiy-moddiy  resurslardan 
oqilona  foydalanish  va  asrab-avaylash,  matematik  madaniyatni  umumbashariy 
madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat. 
Boshlang‘ich ta’limda matematika fanini

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə