Buxoro davlat universiteti


Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartining maqsad



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/105
tarix12.05.2022
ölçüsü1,63 Mb.
#86828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   105
MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI AMALIY MASHGULOT 1 MODULQO\'LLANMA (1)

 
1.2.Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartining maqsad 
va vazifalari 
 
Davlat ta’lim standartlarining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? 


 Davlat  ta’lim  standartlarining  joriy  etilishi  quyidagi  maqsadlar  amalga 
oshirilishini nazarda tutadi: 
 -  ta’limning  yuksak  sifatini  hamda  mamlakatda  amalga  oshirilayotgan 
chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni, rivojlangan demokratik davlat barpo etish 
talablariga javob beruvchi raqobatbardosh kadrlar tayyorlanishini ta’minlash;  
-  mamlakatning  ijtimoiy  va  iqtisodiy  taraqqiyoti  istiqbollaridan,  jamiyat 
ehtiyojlaridan,  fan,  texnika  va  texnologiyaning  zamonaviy  yutuqlaridan  kelib 
chiqib kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish;  
-  ta’limning  demokratlashuvi,  insonparvarlashuvi  va  ijtimoiylashuvi, 
ta’limoluvchilarning  huquqiy  va  iqtisodiy  bilimlari  darajasini,  shuningdek  ta’lim 
jarayoni samaradorligini oshirish; 
 -  sifatli  ta’lim  xizmatlari  ko’rsatish,  ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  sohasida 
shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilish;  
-  kadrlar  tayyorlash  sifatini  va  ta’limfaoliyatini  baholash  mezonlarini  va 
tartibini belgilash;  
-  ta’limjarayonini  va  kadrlar  tayyorlashning  izchilligi  va  uzluksizligini 
ta‟minlash; - mehnat va ta’limxizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni ta‟minlash. 
Davlat ta’limstandartlarining vazifalari: 
 -  ta’limsifatiga  va  kadrlar  tayyorlashga,  ko„rsatiladigan  ta’limxizmatlari 
turlariga nisbatan qo„yiladigan maqbul talablarni belgilash;  
- ta’limga va uning pirovard natijalariga, ta’limoluvchilarning bilimi va kasb 
malakasi darajasini vaqti-vaqti bilan baholash tartibiga, shuningdek ta’limfaoliyati 
sifati  ustidan  nazorat  qilishga  nisbatan  qo’yiladigan  tegishli  talablarni  belgilovchi 
meyoriy negizni yaratish;  


-  xalqning  boy  aql-zakovat  merosi  va  umuminsoniy  qadriyatlar  asosida 
ta’limoluvchilarni  ma‟naviy-axloqiy  tarbiyalashning  samarali  shakllari  va 
usullarini joriy etish;  
-  ta’limning  barcha  turlarida  ular  mazmunini  hamda  olib  boriladigan 
ta’limva  tarbiyani  kelishib  olish  ularning  o’zaro  bogliqligini,  uzluksiz 
ta’limtizimida va kadrlar tayyorlashda izchillikni ta‟minlash; 
-  o’quv-tarbiya  va  ta’limjarayoniga,  pedagogik  va  axborot  texnologiyalari 
bilan  ta‟minlashga,  ta’limdarajasini  nazorat  qilishga,  ta’limmuassasalarida 
ta’limoluvchilar  va  ularni  bitiruvchilarning  malakasiga  nisbatan  meyorlar  va 
talablarni belgilash;  
-  ta’limva  kadrlar  tayyorlash  sifatiga  baho  berishning  xolis  tizimini,  ta’lim 
muassasalarini attestatsiyadan o’tkazish va akkredetatsiya qilishni joriy qilish;  
-  kadrlarni  maqsadli  va  sifatli  tayyorlash  uchun  ta‟lim,  fan  va  ishlab 
chiqarishning samarali integratsiyasini ta‟minlash; 
 -  milliy  standartlar  talabini  ta’lim  sifati  va  kadrlar  tayyorlashga  nisbatan 
xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.  
Davlat  ta’lim  standartining  maqsadi  —  umumiy  o‘rta  ta’lim  tizimini 
mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy 
mamlakatlarning  ilg‘or  tajribalari  hamda  ilm-fan  va  zamonaviy  axborot-
kommunikatsiya  texnologiyalariga  asoslangan  holda  tashkil  etish,  ma’naviy 
barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat. 
Davlat ta’lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat:  
umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; 
 milliy,  umuminsoniy  va  ma’naviy  qadriyatlar  asosida  o‘quvchilarni 
tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish; 
 o‘quv-tarbiya  jarayoniga  pedagogik  va  zamonaviy  axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va 
bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;  


kadrlarni  maqsadli  va  sifatli  tayyorlash  uchun  ta’lim,  fan  va  ishlab 
chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; 
 ta’lim  va  uning  pirovard  natijalari,  o‘quvchilarning  malaka  talablarini 
egallaganlik  darajasini  tizimli  baholash  tartibini,  shuningdek  ta’lim-tarbiya 
faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish; 
davlat  ta’lim  standartlari  talablarining  ta’lim  sifati  va  kadrlar  tayyorlashga 
qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash. 
 
1.3. 

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə