Buxoro davlat universiteti


 Davlat ta’lim standarti haqida tushuncha



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/105
tarix12.05.2022
ölçüsü1,63 Mb.
#86828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI AMALIY MASHGULOT 1 MODULQO\'LLANMA (1)

1.1. Davlat ta’lim standarti haqida tushuncha. 
Umumiy  o‘rta  ta’limning  davlat  ta’lim  standarti  davlat  ta’lim  standartining 
maqsad  va  vazifalarini,  asosiy  prinsiplarini,  tarkibiy  qismlarini,  davlat  ta’lim 
standartlarini joriy etish hamda davlat ta’lim standartlari talablariga rioya etilishini 
nazorat qilish tartibini belgilaydi. 
Davlat ta’lim standartini ishlab chiqish quyidagi hujjatlarga asoslanadi: 
O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi

«Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonuni

«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston  Respublikasi
 
Qonuni

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  «Uzluksiz  ta’lim  tizimi 
uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va amalda joriy etish to‘g‘risida» 
1998-yil 5-yanvardagi 5-son 
qarori

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  «Uzluksiz  ta’lim 
tizimining  chet  tillar  bo‘yicha  davlat  ta’lim  standartini  tasdiqlash  to‘g‘risida» 
2013-yil 8-maydagi 124-son
 qarori

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  «Umumiy  o‘rta  ta’lim 
to‘g‘risidagi  nizomni  tasdiqlash  to‘g‘risida»gi  2017-yil  15-martdagi  140-son 
qarori

O‘zDSt  1.0-98.  «O‘zbekiston  Respublikasi  standartlashtirish  davlat  tizimi. 
Asosiy qoidalar»; 
O‘zDSt  1.1-92.  «O‘zbekiston  Respublikasi  standartlashtirish  davlat  tizimi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  standartlarini  ishlab  chiqish,  muvofiqlashtirish, 
tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari»; 


O‘z DSt 1.5-93. «Standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni ko‘rib chiqish, 
tekshirish, o‘zgartirish kiritish va bekor qilish tartibi»; 
O‘z  DSt  1157:2008.  Hujjatlarni  unifikatsiyalashtirish  tizimi.  Tashkiliy-
farmoyish hujjatlar tizimi. Hujjatlarni rasmiylashtirishga bo‘lgan talablar. 
O‘z DSt 1.8:2009. Asosiy qoidalar. Tavsiyalar. 
Davlat ta’lim standartini bajarish O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat 
ko‘rsatayotgan barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun majburiydir. 
“Standart”  so’zi  inglizcha  bo’lib,  “nusxa”,  “o’lcham”,  “me’yor”  degan 
ma’nolarini anglatadi.  
Standart,  standartlashtirish  me`yorlari  tushunchalari  DTS  ta’lim  mazmuni 
shakllari,  vositalari,  usullari  va  ularning  sifatini  baholash  tartibini  belgilaydi. 
Ta’lim  mazmunini  o’zagi  hisoblangan  standart  vositasida,  mamlakat  hududida 
faoliyat ko„rsatayotgan turli ta’lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta’limning 
barqaror darajasini ta‟minlash sharti amalga oshiriladi. DTS o’z mohiyatiga ko’ra 
o’quv dasturlari, darsliklar, o’quv qo’llanmalari, nizomlar, o’quv rejasi va boshqa 
meyoriy  hujjatlarini  yaratish  uchun  asos  bo’lib  xizmat  qiladi.  DTSni,  uning 
talablarini  bajarish  O’zbekiston  Respublikasi  hududida  faoliyat  ko’rsatayotgan 
mulkchilik shakli va idoraviy bo’ysinishdan qatiy nazar barcha ta’lim muassasalari 
uchun  majburiydir.  DTS  ning  tarkibiy  qismi  sifatida  umumiy  o’rta  (kasb  –  hunar 
va  oliy)  ta’lim  muassasalari  uchun tayanch  o’quv  rejasi ishlab  chiqiladi. Tayanch 
o’quv  reja  ta’lim  sohalarini  meyorlash  hamda  ta’lim  muassasalarini  moliyaviy 
taminotini ta’minlashga asos bo’luvchi davlat muassasalarini moliyaviy taminotini 
ta’minlashga  asos  bo’luvchi  davlat  hujjati  sanaladi.  Tayanch  o’quv  rejasi  o’quv 
predmeti bo’yicha beriladigan ta’lim mazmunini ta’lim oluvchiga yetkazish uchun 
ajratilgan o’quv soatlarining minimum hajmidagi miqdorini belgilaydi.  

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə