Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


-Mavzu: Texnologiya fani o’qituvchisining darsga va o’quv yiliga



Yüklə 3,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/233
tarix30.05.2023
ölçüsü3,94 Mb.
#114436
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   233
S.I. Baxtiyorova. Mutaxassislik faniga kirish

3-Mavzu:
Texnologiya fani o’qituvchisining darsga va o’quv yiliga 
tayyorgarligi
Reja: 
1.
 
Kasbkorlik sifatlari. Asbob-uskunalarni ishga sozlash. Xomashyo va namuna 
tayyorlash.
 
2.
 
Ko’rgazmali qurollar, texnik vositalar.
 
3.
 
O’qituvchining shaxsiy fazilatlari.
 
Tayanch sozlar: o‘qituvchining tayyorgarligi, kasbkorlik sifatlari, asbob-
uskunalar, xom-ashyo, ko‘rgazmali qurollar, texnik vositalar, o‘qituvchining 
shaxsiy sifatlari. 
1.
Texnologiya fani o‘qituvchisining darsga va o‘quv yiliga tayyorgarligi
Texnologiya fani o‘qituvchisining o‘quv yiliga tayyorgarligi boshlanishi 
oldindan va yillar davomida amalga oshiriladi.
O‘qituvchi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rishda quyidagilarga e‘tibor qaratiladi:

o‘quv yili boshlanishiga qadar o‘quv dasturini o‘rganish, mavzu bo‘yicha 
qo‘yilgai Davlat ta’lim standart talablarini o‘rganib chiqish, o‘quvchilar 
o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni aniqlash kabi 
vazifalarini belgilab olish;

fanga oid ilmiy, metodik va ilmiy-ommabop adabiyotlarning mazmuni 
bilan tanishish;

fanga oid yangi nashr qilingan ko‘rgazma materiallarni, o‘quv tajriba 
jihozlarni o‘rganish;

ilg‘or o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, tahlil qilish va o‘z ustida 
ishlash orqali bilimini kengaytirish;

o‘z fani sohasida ma‘lumotlarni to‘plash, muammoli masala va 
topshiriqlarni, test materiallarini jamlashdan iboratdir.
O‘qituvchining umumiy tayyorgarligi uning fan bo‘yicha tuzgan taqvimiy 
mavzuli rejasida aks etadi. Taqvim-mavzuli reja fan o‘qituvchisi tomonidan tuzilib, 
metod birlashma yig‘ilishida muhokama qilinadi, ma‘qullangandan so‘ng 
ma‘muriyat tomonidan tasdiqlanadi.

Yüklə 3,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə