Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 3,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/233
tarix30.05.2023
ölçüsü3,94 Mb.
#114436
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   233
S.I. Baxtiyorova. Mutaxassislik faniga kirish

Malaka -
muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan 
shakli. Bu tez va aniq bajarishni mashq qilish tufayli tarkib topgan elementar 
avtomatlashgan ko‘nikmadir. Malakaning yana bir mohiyati ma‘lum miqdordagi 
mashq va usullar bajarilganda ko‘nikmadan sakrab o‘tish degan ma’noni anglatadi. 
Shuning uchun mazkur ko‘nikma agarda malakani yuzaga keltirishni nazarda 
tutgan mashq va usullar to‘g‘ri tuzilgan bo‘lsa, u to‘g‘ri malakaga aylanishi 
mumkin. Biroq malakaning takomillashuv darajasi o‘qitishning turli bosqichlarida 
turlichadir. Uning strukturasi ham o‘zgaruvchandir.
Texnologiya darsi amaliy mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilar bajarayotgan 
harakatlar murakkablashib borgan sari, asta-sekin oddiy malakalarning murakkab 
malakalarga birlashuvi sodir bo‘ladi. Shu bilan birga barcha ko‘nikmalar malakaga 
aylanavermaydi. Faqat faoliyatning u yoki bu turini, uning ayrim harakatlarini 
bajarishning texnik tomonigina avtomatlashadi. Faoliyatning o‘zi ongli, ya’ni 
murakkab ko‘nikma bosqichida davom etaveradi, bu ko‘nikma tarkibiga ko‘pgina 
elementar malakalar (o‘lchay bilish, asboblarni ishlata bilish va boshqalar) kiradi. 
Vaqtning cheklanganligi tufayli boshlang‘ich sinflardagi mehnat ta’limi 
darslaridagi ish ko‘nikma bilan yakunlanadi. Malaka o‘quvchilarni bilim bilan 
qurollantirish jarayoni uzviy bog‘liq holda shakllantiriladi va asosan ana shu 
bilimga tayanadi. Bilimga tayanmay, faqat boshqalarning harakatlariga mexanik 
taqlid qilish asosida egallangan malaka texnikaga oid malaka bo‘lolmaydi. Bu tor 
ma’nodagi malakadir. Mehnat malakalari va ko‘nikmalarini faqat fikrlash bilan 
shakllantirib bo‘lolmaydi, buning uchun ma‘lum darajada davomli mashq qilish 
zarur, eng asosiysi o‘quvchilarning amaliy mehnat faoliyatida qatnashishlaridir. 


Kasb -
kishining mehnat faoliyati, doimiy mashgʻuloti turi; muayyan ish turini 
malakali bajarishga imkon beradigan bilim, mahorat, tajribani talab etadi. Kasb-
inson puxta egallab olgan,doimiy ishlab chiqarish faoliyatining turi, masalan 
(chilangar, duradgor).
Ixtisoslik 
- insonning mehnat taqsimoti natajasida kasb ichida alohidalangan 
doimiy ishlab chiqarish faoliyati (asbobsoz chilangar, yig‘uvchi chilangar, 
universal chilangar).
Malaka -
kasb yoki ixtisoslikni mukammal egallanish darajasidir. Ishchi 
razryadi, klassik yoki unvoni ishchining malaka ko‘rsatkichi hisoblanadi. 

Yüklə 3,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə