Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti


“Texnologiya va dizayn” yo‘nalishi bo‘yicha o‘quvchilar quyidagi



Yüklə 3,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/233
tarix30.05.2023
ölçüsü3,94 Mb.
#114436
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   233
S.I. Baxtiyorova. Mutaxassislik faniga kirish

“Texnologiya va dizayn” yo‘nalishi bo‘yicha o‘quvchilar quyidagi 
ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kerak:
Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi: 
mahalliy hududda o‘sadigan daraxtlar va ulardan olinadigan yog‘och turlarini 
farqlay olish; yog‘ochlarning sifatini va ularning nuqsonlarini; asbob-uskuna va 
moslamalarni ishga tayyorlash, foydalanish va ta’mirlay olish; yog‘ochga ishlov 
berish stanoklarining tuzilishi, qismlaridagi kuch-harakatning uzatilish yoyi, 
stanokni ishga ayyorlay olish; tayyorlanmaning eskizi va texnologik xaritasini tuza 
olish, tanlash, rejalash va tayyorlash; yog‘ochga ishlov berish jarayonlari bilan 
uyg‘unlashtirilgan xalq hunarmandchiligiga oid ish usullarini bajara olish.
“Texnologiya va dizayn” yo‘nalishi bo‘yicha o‘quvchilar quyidagi 
malakalarga ega bo‘lishlari kerak:
Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi: 
mahalliy hududda o‘sadigan daraxtlar va ulardan olinadigan yog‘och turlarini 
farqlash; yog‘ochlarning sifatini va ularning nuqsonlarini aniqlash; asbob-uskuna 
va moslamalarni ishga tayyorlash, foydalanish va ta’mirlash; tayyorlanmaning 
eskizi va texnologik xaritasini tuzish, tanlash, rejalash va tayyorlash; yog‘ochga 
ishlov berish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirilgan xalq hunarmandchiligiga oid ish 
usullarini bajarish.
6-SINF. “Texnologiya va dizayn” yo‘nalishi mazmuni, o‘quvchilar 
egallashlari lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar “Texnologiya va 
dizayn” yo‘nalishi bo‘yicha o‘quvchilar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari 
kerak:
Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi: yog‘ochning fizikaviy xossalari; 
yog‘och turlarining xususiyatlari; duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar va 
bo'yoqlar turlari, xususiyatlari, ishlatilish sohalari; yog‘ochlarni rejalash, o‘yish, 
parmalash asboblarining turlari, ularni ishlatish va saqlash qoidalari; qo‘l randa va 
parmalash qurilmalarining tuzilishi; stanoklarning asosiy qismlari va vazifalari; 
yog‘ochga ishlov beradigan tokarlik stanogi, unda bajariladigan operatsiyalar; 
stanoklar tuzilishidagi umumiylik; ulardagi harakat uzatish mexanizmlari, 


kinematikasi; yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi asosida uy-ro‘zg‘or buyum 
larini tayyorlash; yelimlarni ishga tayyorlash va ulardan foydalanish qoidalari
yog‘ochga ishlov berishni o‘rgatishda fanlararo aloqalar; yog‘ochga ishlov 
berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo‘yicha ish usullarini bilish.

Yüklə 3,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə