Buyrakusti bezlari uchun xos xususiyat qaysi javobda to’g’ri berilgan? 1 bu bez qon tomirlari orqali bosh miya



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/66
tarix24.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#160772
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66


1-VARIANT 
1.
 
Buyrakusti bezlari uchun xos xususiyat qaysi javobda 
to’g’ri berilgan? 1) bu bez qon tomirlari orqali bosh miya 
gipotalamusi bilan bog’langan; 2) har bir bez tashqi 
po’stloq va ichki mag’iz qismlaridan iborat; 3) bola 
ulg’ayishi bilan kichiklashib boradi; 4) bezning funksiyasi 
pasayganda qonda kalsiy miqdori kamayadi;
5) bezlarning po’stloq qismi suv, tuz, oqsil va uglevodlar
almashinuviga ta’sir ko’rsatadigan gormonlar ishlab 
chiqaradi; 6) birmuncha yassilashgan piramidalar 
shakliga ega
A) 1,2,5 B) 2,4,5 C) 1,4,6 D) 2,5,6 
2.
 
Qalqonoldi bezi funksiyasi ortganda (a), pasayganda 
(b) qanday belgilar kuzatilishi to’g’ri juftlangan javobni 
toping?
A) a-paratgarmon ko’p ishlab chiqariladi; b-qonda kalsiy 
miqdori ortadi
B) a-suyaklar yumshab deformatsiyaga uchraydi; b-nerv-
muskul qo’zg’aluvchanligi ortadi
C) a-nerv-muskul sistemasi qo’zg’aluvchanligi pasayadi;
b-odam holsizlanib tez charchaydigan bo’lib qoladi
D) a-qovoq va lablar pirpirab qo’llar qaltiraydi; b-qonda 
kalsiy miqdori kamayadi 
3.
 
Quyida berilgan xususiyatlardan nechtasi o’rta miya 
sohasida joylashgan bez uchun to’g’ri keladi. 1) ko’krak 
qafasida, to’sh suyagining orqa yuzasida joylashgan;
2) melatonin gormoni ishlab chiqaradi; 3) chaqaloqlarda 
12 gr, 14-15 yoshda 30-40 g gacha yetadi;
4) gipofizning gonadotrop gormoniga ta’sir etib, bolani 
vaqtidan oldin balog’atga yetishini sekinlashtiradi;
5) limfotsitlar hosil bo’lishini kuchaytirib, immun sistema 
shakllanishiga ijobiy ta’sir etadi; 6) funksiyasi bola yetti 
yoshga yetguncha kuchayib boradi, keyin asta-sekin 
pasayib, balog’at davrida to’xtaydi; 7) organizm o’sishida 
muhim ahamiyatga ega.
A) 3 B) 5 C) 4 D) 2 

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə