Buyuklik qasrining ulug’ ne’mati



Yüklə 8,57 Kb.
tarix02.06.2023
ölçüsü8,57 Kb.
#115121
Maktabning bili-WPS Office


“Maktabning bilimdoni”, “Eng yaxshi qo’shiqchi” kabi bitiruvchilarga bag’ishlangan to’rtliklar, she’rlar, qo’shiqlar, aytishuv va laparlar ijro etiladi. She’rlar hazil, yumor tarzida bo’ladi.

Buyuklik qasrining ulug’ ne’mati

Qarshingizda lol-u hayratda bahr

Fozillar dunyosin yaratguvchi zot

Xalqqa ulashdingiz mangu iftixor

Tong deyinmu sizni quyosh deyinmi

Ta’rif aylamoqqa ojiz qalamim

Bilim chirog’ini tutqazgan ustoz

Ta’zim qabul aylang qalb ehtiromim.

Rostin aytsam o’zingsan eng qimmatbaho

Sen hayot qo’ynida duru bebaho

Ulug’ ayyomingda she’riy kalom bu

Shogirdlar nomidan qutlug’ salom bu.

Bitiruvchilar o’zlari tayyorlagan sovg’alarni 1 – sinf o’quvchilariga beradilar. 1 –sinf o’quvchilari esa ularga guldastalar taqdim etadilar.

Mehmonlar va ota –onalarga so’z beriladi.

I boshlovchi: So’nggi qo’ng’iroq – bu bitiruvchilarning maktab bag’ridagi o’quvchilik damlarining so’nggi daqiqalari.

II boshlovchi: So’nggi qo’ng’iroq – bu ustozlarning shogirdlarga qilayotgan duosi.

III boshlovchi: So’nggi qo’ng’iroq – bu maktabning bitiruvchilar bilan o’ziga xos xayrlashuvi.

IV boshlovchi: So’nggi qo’ng’iroq – bu bolalik intixosiyu yetuklik olamining ibtidosi.

11 – sinf bitiruvchisi hamda 1 – sinf o’quvchisi so’nggi qo’ng’iriqni chaladi.

I boshlovchi: Aziz mehmonlar, ustozlar va o’quvchilar, shu bilan “So’nggi qo’ng’iroq” tadbiriga bag’ishlangan tantanali kechamizna yakunlaymiz.

“So’nggi qo’ng’iroq” qo’shig’i ostida bitiruvchilar 1 – sinf o’quvchilarini yetaklab chiqib ketadilar


Shodliklarim cheksiz biroq,

Ayriliqdir og’irroq

Yuraklarga larza solar

Har on so’nggi qo’ng’iroq

Ey, cholg’uvchi qo’ng’iroqni

Chala qolgin jo’shqinroq

Qayda yurak esda bo’lsin

Har on so’nggi qo’ng’iroq

Yillar o’tdi biz ulg’aydik,

Olib ilm sirlarin

Ta’lim bergan ustozlarga



Deymiz rahmat, ofarin
Yüklə 8,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə