Byudjetli soliq siyosat



Yüklə 28,82 Kb.
tarix16.05.2023
ölçüsü28,82 Kb.
#110706
Iqt dav tom tart solsh1


Mavzu:O’zbekiston Respublikasining byudjet soliq siyosati.
Reja:
Byudjetli soliq siyosat.
Bozor iqrisodiyotini shakllantirish modellari va byudjet-soliq siyosatining o’zaro bogliqligi.
Byudjet defitsiti

Byudjetli soliq siyosat

Siyosat – juda nozik va murakkab masala. Uning od- diy ko‘z ilg‘amaydigan yoki aql bovar qilmaydigan tomonlari juda ko‘p. Siyosatda “kosa tagida – nimkosa”, “qizim senga aytaman, kelinim sen eshit” kabi holatlar ko‘plab uchray- di. Shuning uchun uni to‘g‘ri tushunishga hamma ham har doim yetarli darajada tayyor bo‘lavermaydi. Buning aynan shunday ekanligi ham tabiiy. Shunday ekan, unga nisbatan munosabat bildirayotganda juda ehtiyot bo‘lmoq lozim.


Aslida, siyosatni tushunishga tayyor bo‘lmagan (tushun- magan)lar unga nisbatan munosabat bildirmaganlari ma’qul. Chunki bu jarayonda “qosh qo‘yaman” deb, “ko‘z chiqarish” hech gap emas. Hatto siyosatga nisbatan fikr bildirishim ke­ rak, degan qaror qabul qilinganda ham yetti o‘lchab, ayrim joylarda esa, yetmish o‘lchab, bir kesish lozim. Aksincha, tarz- da ish tutganlar hayotning achchiq tajribasi va haqiqatining ko‘rsatishicha, qolgan umrlarining oxirigacha muzdek qatiqni ham puflab ichishni xush ko‘radilar yoki afzal biladilar.
Siyosatning juda ko‘p yoki xilma-xil tur (ko‘rinish)lari mavjud. Ulardan biri byudjet-soliq siyosatidir. Bu siyosat ayrim hollardagidek, quruq gap bilan emas, balki pul mab- lag‘larining harakati bilan bevosita bog‘liq. Undan doimo pul mablag‘larining o‘ziga xos bo‘lgan o‘tkir “hid”i ufurib turadi. “Pul bo‘lsa, changalzorda – sho‘rva”, “Vaqt – bu pul” degan maqollar bekordan-bekorga kundalik hayotimizga shiddat bilan kirib borib, tobora dolzarbroq ahamiyat kasb etayot- gani yo‘q. Ijobiy ma’noda “Hammasini pul hal qiladi”, deb ham bejizga aytilmayapti.
Byudjet-soliq siyosatini pul mablag‘larining harakatidan ajralgan holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bordi-yu, shunday qilinsa, u o‘z kuchini va ta’sirchanligini yo‘qotib, siyosatga emas, balki oddiy safsataga aylanadi-qoladi. Shuning uchun ham u nihoyatda murakkab, nozik, mas’uliyatli va qaltis si- yosat hisoblanadi. Shu bois bu siyosat bilan ham odatda, “o‘ynashib” bo‘lmaydi. Aks holda, u haqiqatdan ham “kuy- dirish”i va “qimmat”ga tushishi mumkin.
Eng umumiy va sodda tarzda byudjet-soliq siyosati bir tomondan, byudjet daromadlarini (oqilona) shakllantirish va ikkinchi tomondan, byudjet xarajatlarini (samarali) sar- flash bilan bog‘liq. Aslida byudjet siyosati tom ma’noda o‘z ichiga soliq siyosatini ham qamrab oladi. Biroq amaliyotda ko‘pchilik hollarda, byudjet daromadlarini shakllantirishga qaratilgan siyosatni, odatda, soliq siyosati va byudjet xara- jatlarini sarflashga qaratilgan siyosatni esa byudjet siyosati, deb yuritiladi. Shu ma’noda byudjet-soliq siyosatini shart- li ravishda bir-biridan va nisbiy jihatdan mustaqil bo‘lgan byudjet va soliq siyosatlarining majmuyi sifatida ham e’tirof etish mumkin.
Biroq bu siyosat bekordan-bekorga yagona nom bilan atalib, byudjet-soliq siyosati, deb yuritilmaydi. Buning o‘zi- ga xos sababi bor. Bu sababning negizida ularni bir-biridan mutlaqo ajratib bo‘lmasligi yotadi. Byudjet siyosatidan ab- solyut mustaqil bo‘lgan hamda unga bevosita bog‘liq bo‘lma- gan holda ishlab chiqilgan soliq siyosati mavjud emas va aksincha. Navbatdagi
bir o‘zgarishlar, boshqa ba’zi bir sabablar bilan bir qatorda, oxir oqibatda, o‘sha yilga daxldor bo‘lgan byudjet xarajatlari ko‘lamining qanday ekanligiga borib taqaladi. O‘z navbati- da, shu yildagi byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini va unda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ayrim o‘zgarishlarni aso- san, shak-shubhasiz, byudjet daromadlari hajmi (miqdori) ning qanday ekanligi belgilab beradi. Shu ma’noda byud- jet siyosatisiz soliq siyosatini va aksincha, soliq siyosatisiz byudjet siyosatini to‘g‘ri tasavvur etib bo‘lmaydi. Ular ikkala- sining o‘zaro mushtarakligi, bir-birini taqozo etishi va vobas- taligi byudjet-soliq siyosatining yagonaligidan dalolatdir.
Ifodali qilib aytilganda, byudjet siyosati oqqush singari ko‘kka tomon parvoz qilayotganda, soliq siyosati cho‘rtanbaliq kabi dengiz tomon yoki qisqichbaqaga o‘xshab quruqlik sari yo‘l olmog‘i kerak emas. Aks holda, arava o‘rnidan qo‘zg‘al- maganidek, byudjet-soliq siyosatining samarador (natijali)ligi ham pastligicha yoki “0”ga tengligicha qolaveradi.
Byudjet-soliq siyosati to‘g‘ri va oqilona yurgizilsa, bir so‘mlik mablag‘ni sarflab, ba’zi hollarda o‘n so‘mlik sama- rani kutsa bo‘ladi. Aksincha bo‘lganda esa, milliard-milliard so‘mlik mablag‘lar samarasiz, “qumga suv singib ketgandek” g‘oyib bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri va oqilona yurgizilayotgan byudjet-soliq siyosati (albatta, boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda) ishlab chiqarishning rivojlanishiga, aholi turmush darajasining yaxshilanishiga, soliqqa tortish bazasining ken- gayishiga, mablag‘larning samarali sarflanishiga
yotiy savollarning mavjudligi, tabiiy ravishda mazkur o‘quv qo‘llanmaning tarkibiy tuzilmasini belgilab (aniqlab) berdi. Shuningdek, o‘quv qo‘llanmaning tarkibiy tuzilmasini belgi- lashda ta’lim tizimining nisbatan mustaqil bosqichi bo‘lgan magistraturada o‘quv jarayonining o‘ziga xos bo‘lgan xususi- yati (jumladan, ayrim dolzarb mavzuni “ipidan-ignasigacha” yoki chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish) inobatga olindi. Xususan, o‘quv qo‘llanmada ta’lim tizimining bakalavriat bosqichida muhokama qilingan “Moliyaviy siyosat” mavzusi- ni atroflicha ko‘rib chiqishga harakat qilindi. Bunda uning asosan, ikki jihatiga, ya’ni byudjet va soliq siyosatlarining majmuyidan iborat ekanligiga jiddiy e’tibor qaratildi.
Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bu yerda eng avvalo, boshqa bir narsaga aniqlik kiritildi. Gap shundaki, hozir- gi paytda u yoki bu mamlakat doirasida ishlab chiqilayot- gan va hayotga tatbiq etilayotgan har qanday siyosatni shu mamlakatda tarkib toptirilayotgan bozor iqtisodiyotining qaysi modelga asoslanganligidan ayro holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda bozor iqtisodi- yotini shakllantirish modellari sun’iy tarzda emas, balki ta- biiy ravishda mamlakatdagi har qanday siyosatga, jumladan, byudjet-soliq siyosatiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qol- maydi. Chunki bozor iqtisodiyotini shakllantirishning har bir modeli faqat o‘ziga xos bo‘lgan bir necha xususiyatlarga egaki, ular albatta, siyosatda o‘z izini qoldiradi. Ularni hisob- ga olmasdan ishlab chiqilayotgan va yurgizilayotgan byud- jet-soliq
emas, albatta. Chunki amaliyotda ayrim hollarda, byud- jet-soliq siyosati makroiqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi sifatida qaralsa, boshqa hollarda esa, u moliyaviy siyosat- ning ajralmas qismi sifatida talqin qilinadi. Shu munosabat bilan ushbu masalaga aniqlik kiritishda bizningcha, uning quyidagi jihatlariga e’tibor bermoq lozim:
makroiqtisodiy siyosat iqtisodiy siyosatning tarkibiy
(bir) qismi. Uning bunday ko‘rinishi iqtisodiy siyosat tur (ko‘rinish)larining ma’lum bir belgilarga (iqtisodiy siyosat- ning qaysi darajada ketayotganligiga) qarab turkumlarga ajratish natijasi hisoblanadi;
moliyaviy siyosat ham iqtisodiy siyosatning tarkibiy
(bir) qismi. Uning bunday ko‘rinishi iqtisodiy siyosat tur (ko‘rinish)larining boshqa bir belgilarga (iqtisodiy siyosat- ni amalga oshiruvchi instrumentlarga) qarab turkumlarga ajratish natijasidir;
ma’lum ma’noda va ba’zi bir istisnolarni hisobga olgan
holda bir vaqtning o‘zida moliyaviy siyosatni iqtisodiy siyo- satning va makroiqtisodiy siyosatning ham tarkibiy qismi si- fatida e’tirof etish mumkin;
xalqaro amaliyotda makrodarajada fiskal siyosat to‘g‘risida gap ketganda uning konkret mazmuni byud- jet-soliq siyosati orqali namoyon bo‘layotgan bo‘lishiga qara- masdan, bu narsa byudjet-soliq siyosatining faqat va faqat makroiqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi sifatida e’tirof eti- lishiga yetarli darajada asos bo‘la olmaydi. Chunki aslida, o‘shanda ham makrodarajadagi fiskal siyosatni moliyaviy si- yosatdan ajratib bo‘lmaydi.
Mavzu: Bozor iqrisodiyotini shakllantirish modellari va byudjet-soliq siyosatining o’zaro bogliqligi.
Yüklə 28,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə