C++ da funksiyalarni tashkil etish Reja:
Funksiya haqida.
Funksiyani qayta yuklash.
Rekursiv funksiyalar.
Xulosa.
C++ da dasturlashning asosiy bloklaridan biri funksiyalardir. Funksiyalar dasturchi ishini juda yengillashtiradi. Funksiyalar yordamida programma modullashadi, qismlarga bo'linadi. Bu esa keyinchalik dasturni rivojlantirishni osonlashtiradi. Bunda dasturchi yozgan funksiyalar C++ ning standart kutubhonasi va boshqa kutubhonalar ichidagi funksiyalar bilan birlashtiriladi. Bu esa ishni osonlashtiradi. Ko'p holda dasturda takroran bajariladigan amalni funksiya sifatida yozish va kerakli joyda ushbu funksiyani chaqirish mumkin. Dastur yozilish davrida hatolarni topishni yengillashtiradi. Bir misolda funksiyaning asosiy qismlarini ko'rib chiqaylik:
int foo(int k, int t)
{
int result; result = k * t; return (result);
}
Yuqoridagi foo funksiyamizning ismi, () qavslar ichidagi parametrlar – int tipidagi k va
t lar kirish argumentlaridir, ular faqat ushbu funksiya ichida ko'rinadi va qo'llaniladi.
Bunday o'zgaruvchilar lokal (local - mahalliy) deyiladi. result foo() ning ichida e’lon qilinganligi uchun u ham lokaldir. Demak biz funksiya ichida o'zgaruvchilarni va sinflarni (class) e’lon qilishimiz mumkin ekan. Lekin funksiya ichida boshqa funksiyani e’lon qilib bo'lmaydi. foo() funksiyamiz qiymat ham qaytaradi. Qaytish qiymatining tipi foo() ning