CamScanner 02-24-2023 20. 13



Yüklə 24,45 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü24,45 Kb.
#142492
07.ilmiy rahbar tavsiyanomasi


Urganch davlat universiteti Tabiiy va qishloq xo`jaligi fanlari fakulteti
Biologiya yo`nalishi 205-guruh talabasi
Gulmirzayeva Azizaga berilgan

TAVSIYANOMA
Urganch davlat univcrsitetiga 2020-yil to`lov-shartnoma asosida o`qishga qabul qilingan, Hozirda u Tabiiy va qishloq xo`jaligi fanlari fakulteti Biologiya yo`nalishi 4-bosqich 205-guruh talabasidir. 2020-yildan buyon Biologiya yo`nalishining ilmga chanqoq, tartib-intizomli va qobiliyatli talabalaridan biri. Gulmirzayeva Aziza universitetdagi barcha tashkilllashtirilgan ma'naviy hamda ma'rifiy tadbirlarda faol qatnashib kelmoqda. Jumladan, Biologiya yo`nalishi talabalari tomonidan o`tkazilgan ”Qovoq saylida” turli taomlarni tayyorlagan va faol ishtirok etgan. Bundan tashqari universitetdagi ko`plab tadbirlarda faol qatnashib kelmoqda. Urganch davlat universiteti Biologiya yo'nalishi 205-guruhida "Birga kitob o'qiymiz” mavzusi bo'yicha o`tkazilgan ma'naviyat kuni tadbirida ham faol ishtirok etgan hamda faxriy yorliq bilan taqdirlangan.
Urganch davlat universitetida 2023-yilning bahorgi semetri davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularni bo`sh vaqtini mazmunli tashkillashtirish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusning 3-tashabbusi ya'ni "Aholi va yoshlar o`rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkillashtirishga qaratilgan tashabbus” bo'yicha ''Bir million dasturchi” loyihasida faol qatnashib, sertifikat bilan taqdirlandi. Fakultetda o'tkazilib kelayotgan ko’rik-tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, Aziza Gulmirzayeva "Registon stipendiyasi” tanlovida faol ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlandi. Aprel oyi boshida Al-Xorazmiy nołnidagi xalqaro olimpiada maktabi hałmkorligida tashkil etilgan olimpiadalar marafonida biologiya, kimyo, ingliz tili, rus tili geografiya, fanlaridan faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan. Respublika ta’lim markazi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida tashkil etilgan olimpiadaning IQ testida muvaffaqiyatli ishtirok etgan, diplom sohibasi bo'lgan.
Hozirda ilmiy rahbari b.f.f.d. (PhD)) Jumaniyazova Navbahor Baxtiyorovna boshchiligida "Xorazm viloyati sharoitida Cucurbitacae oilasi nav namunalarini o'ganish”mazvusoi bo'yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda . llmiy izlanuvchanligi va darslarda faolligi sababli fakultetdagi barcha talabalar, o'qituvchilarning e'tiboriga sazovor bo' lib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi "Mahalla” teleradiokompaniyasi "Tabiatning o'zi tabib” dasturida ham o'zining ijodiy ishlari, ilmiy taqdiqotlari asosidagi radioreportajlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Aziza Gulmirzayeva 2022-2023 o'quv yili yakunigacha rejaga asosan Urganch davlat universiteti Biologiya labaratoriyasida ilmiy rahbari b.f.f.d, (PhD) N.B.Jumaniyazova rahbarligida "Xorazm viloyati sharoitida Cucurbitacae oilasi nav namunalarini o'rganish” mavzusi bo’yicha olingan natijalar nufuzli ilmiy jurnallarga nashrga tayyorlanmoqda. Yosh bo’lishiga qaramasdan Aziza Gulłnirzayeva bugungi kungacha erishgan va erishmoqchi bo’lgan yutuqlari va ilm-fanga bo'lgan qiziqishlari, o'z oldiga qo’ygan Vatanimiz ravnaqi yo'lida katta maqsadlarini inobatga olgan hołda iqtidorli talaba sifatida rag'batlantirilishini tavsiya qilaman.

Da’vogar talaba A.Gulmirzayeva


Ilmiy rahbar b.f.f.d. (PhD) N.Jumaniyazova

Yüklə 24,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə