Casa-1000 “Markaziy Osiyo-Janubiy Osiyo elektr uzatish va savdo loyhasi


yilda Afg‘onistondagi ilk temir yo‘l – Hayraton – Mozori Sharif liniyasini bunyod etgan O‘zbekiston ushbu



Yüklə 35,84 Kb.
səhifə2/3
tarix05.08.2023
ölçüsü35,84 Kb.
#120348
1   2   3
2011 yilda Afg‘onistondagi ilk temir yo‘l – Hayraton – Mozori Sharif liniyasini bunyod etgan O‘zbekiston ushbu mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga katta hissa qo‘shmoqda. Istiqbolda Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklashga xizmat qiladigan “Mozori Sharif – Hirot” temir yo‘lini qurish loyihasi amalga oshiriladi. Mazkur yo‘l O‘zbekistonning tovar ayirboshlash va tranzit imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz, natijada esa mamlakatimiz Erondagi, shu jumladan, Bandar Abbos va Chobahor bandargohlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

  • 2016 yil 22 iyun kuni Angren – Pop temir yo‘li ochildi. Ushbu yo‘nalish Xitoy – Markaziy Osiyo – Yevropa temir yo‘lining muhim bo‘g‘ini sifatida Xitoydan Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo mamlakatlariga eng qisqa yo‘l orqali chiqishni ta’minlaydi va O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiladi.

  • 2017 yil fevral oyida Toshkent va Dushanbe o‘rtasida 1992 yilda to‘xtatilgan aviaqatnovlar qayta tiklandi.

    Shu yilning mart oyida Toshkent – Olmaota yo‘nalishi bo‘ylab tezyurar poyezdlar harakati, milliy aviatashuvchilarning qo‘shimcha parvozlari yo‘lga qo‘yildi.

    • 2017 yilda Amudaryo orqali o‘tadigan Turkmanobod – Forob yangi temir yo‘l va avtomobil ko‘priklari ochildi. Bu yuk tashish hajmini 2,5 barobar oshirish imkonini berdi. Amudaryo orqali o‘tadigan ko‘priklar yuk oqimlarini Osiyo va Tinch okeani mintaqasi, Janubiy Osiyo davlatlaridan Kaspiy dengizi, undan keyin Qora dengiz va O‘rtayer dengizi mintaqasi, Yevropa, Kavkazorti, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib chiqish imkonini beradi. Shuningdek, ushbu ko‘priklar O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – O‘mon transport-tranzit yo‘nalishiningmuhim bo‘g‘ini hisoblanadi.

    2018 yil fevral oyida Markaziy Osiyodan ilk bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xitoyga chiqadigan Toshkent – Andijon – O‘sh – Irkeshtom – Qashg‘ar avtomobil yo‘lagi bo‘yicha qatnov yo‘lga qo‘yildi.
    Markaziy Osiyoda xalqaro ahamiyatga ega qanday transport loyihalari mavjud? Mintaqamizda ularga talab qay darajada?
    Bugungi kunda Markaziy Osiyo orqali qator xalqaro transport yo‘laklari tashkil etilmoqda.
    2018-2023 yillarda Xitoy va G‘arbiy Yevropani bog‘laydigan “Yevroosiyo” transport yo‘lagini qurish va foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Ushbu magistral Pekindan boshlab Ostona, Moskva va Minsk orqali Berlinga qadar davom etadi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2050 yilga borib ushbu yo‘lak orqali yiliga 37 million yo‘lovchi tashiladi.
    O‘zbekiston ham ushbu loyihada ishtirok etishdan manfaatdor. Prezidentimizning “2018-2022 yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan Boku – Tbilisi – Axalkalaki – Qars temir yo‘li orqali tashqi savdo yuklarining dastlabki tranzit tashuvlarini amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda.
    Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018 yil iyun oyida Sindao shahrida bo‘lib o‘tgan SHHT sammitida O‘zbekiston Mozori Sharif – Hirot, Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘l liniyalarini qurish, shuningdek, Markaziy Osiyo – Fors ko‘rfazi, “Shimol – Janub” va “Sharq – G‘arb” transmintaqaviy yo‘laklarni rivojlantirish tarafdori ekanini ta’kidladi.
    Prezidentimiz 2017 yil may oyida Pekinda bo‘lib o‘tgan “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumidagi nutqida ushbu loyihaning Markaziy Osiyo uchun dolzarbligini alohida ta’kidladi. Bu, birinchidan, Markaziy Osiyoda transport, savdo, investitsiya, energetika va yuqori texnologiyalar sohalarida yirik loyihalarni amalga oshirish, ikkinchidan, Markaziy Osiyoni Xitoy va Rossiya orqali Janubiy, Janubi-Sharqiy Osiyo va Yevropa mamlakatlari bozorlari bilan bog‘laydigan transport-logistika yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha hamkorlik yuzasidan kompleks harakatlar dasturi ishlab chiqishdan iboratdir.
    O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy temir yo‘lini qurish va ishga tushirish “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi yirik transport loyihalaridan bo‘ladi.
    “Bir makon, bir yo‘l”ni innovatsiyalar bilan boyitish, xususan, Buyuk ipak yo‘lini raqamlashtirish maqsadida raqamli iqtisodiyot sohasidagi hamkorlikni faollashtirish ham e’tiborga molik.

    Yüklə 35,84 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə