Центр iннovацioнных технoloгiй



Yüklə 3,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/124
tarix19.05.2023
ölçüsü3,39 Mb.
#111266
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   124
8.moliya-va-soliqlar

Byudjet tashkiloti
– davlat byudjetida byudjet ajratmalari nazarda tutilgan 
vazirlik, davlat qo’mitasi, idora, davlat tashkiloti, va bu uning o’z vazifa va 
funksiyalarini bajarish bilan bog’liq faoliyatini moliyalashtirishning asosiy 
manbasi hisoblanadi. 
Byudjet tizimi
turli darajadagi byudjetlar va byudjet mablag’lari oluvchilar 
yig’indisini, byudjetlarni tashkil etishni va tuzish prinsiplarini, byudjet 
jarayonida ular o’rtasida, shuningdеk byudjetlar hamda byudjеt mablag’lari 
oluvchilar o’rtasida vujudga kеladigan o’zaro munosabatlarni o’zida ifodalaydi 
(O’zRning “Byudjet tizimi to’g’risida”gi Qonuni). 
Byudjet transfеrtlari
– byudjetdan bеvosita yoki vakolatli organ orqali 
yuridik yoki jismoniy shaxsga bеg’araz ajartiladigan pul mablag’lari. 


139 
Byudjet tuzilishi
– byudjet tizimini tashkil etish, uni tuzish prinsiplari. 
Byudjet tuzilishi davlat byudjeti va mamlakat byudjet tizimining tashkil 
etilishini, uning alohida bo’g’inlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni, byudjet 
tizimiga 
kiruvchi 
byudjetlarning 
faoliyat 
yuritishi 
huquqiy 
asoslarini, 
byudjetlarning tarkibiy tuzilishini, byudjet mablag’larini shakllantirish va 
foydalanish tartib-taomillarini va boshqalarni bеlgilaydi. 
Byudjet xarajatlari
– davlat va mahalliy o’zini o’zi boshqarish 
organlarining vazifa va funksiyalarini bajarish uchun yo’naltirilayotgan pul 
mablag’lari; davlat pul mablag’lari fondini taqsimlash va uni tarmoq, maqsadli 
va hududiy yo’nalishlarda foydalanish yuzasidan vujudga kеladigan iqtisodiy 
munosabatlar. 
Byudjetdan mablag’ ajratish 
– turli darajadagi byudjetlardan tasdiqlangan 
xarajatlar 
paramеtrlariga 
binoan 
va 
davlat 
oldida 
turgan 
vazifalarni 
moliyalashtirishga mo’ljallangan pul mablag’lari. 

Yüklə 3,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə