Central asian journal of education and innovation



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix26.10.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#130848
1   2   3
CAJEI0236

 
Page 153 
 
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION 
AND INNOVATION 
Volume 2, Issue 2, February 2023 
www.in-academy.uz 
ishlab chiqarish sikllari davomida uni tiklab boradi. Bu jarayon amortizatsiya deb ataladi va u 
o'rnatilgan me'yorlarga muvofiq ravishda har oyda hisoblanadi. Ma'naviy eskirishini inobatga 
olgan holda mehnat vositalari boshlang'ich qiymatini to'liq tiklash vaqti amortizatsiya davri 
deb ataladi. Bu davr tugaganidan so'ng asosiy kapitalga avanslashtirilgan pulli qiymat o'z 
aylanishini tugatadi va yana mehnat vositasiga aylanadi. Bu fursatga yetgunga qadar 
o'tkazilayotgan qiymat astasekinlik bilan va uzluksiz ravishda amortizatsiya fondi ko'rinishida 
jamg'arilib boriladi hamda iste'mol qilingan kapitaini yangidan qayta tiklashda foydalaniladi. 
Asosiy kapital doiraviy aylanishining samaradorligini tahlil qilishda quyidagilarni hisobga 
olish maqsadga muvofiq: 
• moliyaviy nuqtai-nazardan asosiy kapitalning doiraviy aylanishi moliyaviy resurslar tegishli 
fondlarining tashkil etilishi bilan kuzatiladi. Bu bir vaqtning o'zida ham asosiy kapital va ham 
aylanma kapital aylanishiga to'liq tegishlidir; 
• shu doiraviy aylanish jarayonida vujudga keladigan moliyaviy resurslardan foydalanish 
samaradorligini ballOlash muhim hisoblanadi; 
• amal qilayotgan (ishlayotgan) ishlab chiqarish fondlaridan toydalanish va eskirgan asosiy 
ishlab chiqarish fondlarini yangilashning o'z vaqtida amalga oshirilishi samaradorligini 
baholash kerak. XYuSning moliyaviy resurslari tarkibida o'zlik va jalb qilingan pul mablag'lari 
bo'lishi mumkin. Takror ish lab chiqarish jihatidan asosiy kapital ning doiraviy aylanishi iste' 
mol qil ingan asosiy fondlarni almashtirish uchun amortizatsiya mablag'larining amortizatsiya 
fondida jamg'arilishini ko'zda tutadi. Hisobot davri davomida asosiy vositalar ob'ektlari 
bo'yicha amortizatsiya ajratmalari hisoblashni qo'llash usullariga bog'Jiq bo'lmagan holda har 
oyda hisoblanadi. Mavsumiy ishlab chiqarishda ham asosiy vositalar bo'yicha amortizatsiya 
ajratmalarining yillik summasi hisobot yilida tashkilotning ish lash davri davomida bir tekisda 
hisoblanadi. Agar asosiy vositalarning ob'ektlari rekonstruksiya va modernizatsiya qilishda 
bo'lsa, yoki ular uch oydan ko'proq muddatga konservatsiya qilishga o'tkazilgan bo'lsa, 
bunday holatlarda amortizatsiya ajratmalarini hisoblash tashkilot rahbarining qaroriga 
muvofiq to'xtalishi mumkin. 
Aylanma kapital XYuS aylanma (o'zgaruvchan, mobil) aktivlariga avanslashtirilgan kapital 
qiymatini o'zida ifodalaydi. Bu kapital XYuS balansining «Aylanma aktivlar» deb nomlangan 
ikkinchi bo'limida aks ettiriladi. Odatda, aylanma kapital quyidagi bir necha asosiy guruhlarga 
klassifikatsiya qilinadi: 
• takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishini hisobga olgan holda funksional 
mo'ljallanganligi bo'yicha; 
• shakllantirish va moliyalashtirish manbalariga ko'ra; 
• lividlilik darajasiga qarab; 
• va boshqa belgiJariga muvofiq. Aylanma kapital juda ko'p funksiyalarni bajaradi.
Ularning orasidan quyidagilarni alohida ajratib ko'rsatish mumkin:
• takror ishlab chiqarish; 
• rag'batlantirish; 
• taqsimlash; 
• ishlab chiqarish va muomala sohasining yagonaligini ta'minlash; 
• ishlab chiqarish jarayoning uzluksizligini ta'minlash; 
• va boshqalar. 
Aylanma kapital o'z funksiyalarini ham pulii va ham natural buyum shakllarida amalga 



Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə