Central asian journal of education and innovation



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix26.10.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#130848
1   2   3
CAJEI0236

 
Page 154 
 
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION 
AND INNOVATION 
Volume 2, Issue 2, February 2023 
www.in-academy.uz 
oshiradi. Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini uni funksionaljihatdan quyidagi ikki tashkil 
etuvchi belgilab beradi: 
• aylanma kapitalning natural-buyum shakllari yoki aylanma ish lab chiqarish fondlari
• muomala fondlari. 
Doiraviy aylanish jarayonida aylanma kapital doimiy qiymat kategoriyasi sifatida saqlanib 
qolsa-da, o'z tarkibiy qismlarining funksional shakllarini uzluksiz ravishda quyidagi ketma-
ketlikda o'zgartiradi: pul mablag'lari - xom-ashyo va materiallar zaxiralari - tayyor mahsulot - 
debitorlik qarzlari - tushum ko'rinishida tushadigan pul mablag'lari. Bunda aylanma kapital 
kompaniya moliyaviy holatining o'lchovchisi va tartibga soluvchisi hisoblanadi.
Aylanma mablag'larni shakllantirish va moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat: 
• o'zlik va ularga tenglashtirilgan mablag'lar; 
• qarziy va jalb qilingan mablag'lar.
O'z navbatida, aylanma mablag'lar (kapital)ni shakllantirish va moliyalashtirishning o'z 
manbalari tarkibiga quyidagilar kiradi: 
• ustav kapitali; 
• foyda; 
• emission daromad.
Emission daromad, ayrim hollarda, ta'sischilik foydasi deb ham yuritiladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aylanma kapitaldan foydalanishning samaradorligi juda ko'p 
omillarga bog'liq. U, eng awalo, to'lov intizomining ahvoIi, aylanma mablag'larning turli 
funksionai elementlariga joylashtirilgan quyilmalarning hajmi bilan belgilanadi. Shuningdek, 
ishlab chiqarish sohasida aylanma kapitaldan samarali foydalanishga ishlab chiqarishning 
chiqitlarsiz yuqori texnologiyalarga asoslanganligi, materiallar qiymatining pasayishi, ishlab 
chiqarish va muomala xarajatlarining minimallashtirish, ishlab chiqarish zaxiralari va 
ularning harakatini oqilona tashkil qilish hamda natijali boshqaruvlashtirishni hisobga olgan 
holda, albatta, o'z ta'sirini ko'rsatadi. 
Xulosa: 
Asosiy kapital doiraviy aylanishining samaradorligi, ko'p jihatdan amortizatsiya ajratmalarining 
maqsadli foydalanilishini, ishlab chiqarish apparatining rivojlanishiga emission daromad va sof foydaning 
kerakli miqdorlarda reinvestitsiya qilinishini oldindan aniqlab (belgilab) beradi. Shu bilan birgalikda bu 
yerda, yangi texnologik tizimlardan foydalanish, mashina va dastgohlarning yuklamalik darajasi, asosiy 
ishlab chiqarish fondlarining o'z vaqtida yangilanishi va chiqib ketishi, moliyalashtirishning mumkin bo'lgan 
barcha manbalarini faol jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Malikov T. S. Moliya: xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyasi ( o’quv qo’llanma)/ Toshkent 
moliya instituti. – Toshkent, 2010. – 276 bet
2. Sh. Sh. Shodmonov, R. X. Alimov, T. T. Jo’rayev. Iqtisodiyot nazariyasi. Toshkent, “Moliya” 
nashriyoti, 2002yil. 416b. 
3. Pul va banklar: O’quv qo’llanma / Sh. Z. Abdullayeva; - T.: “Iqtisodiyot-Moliya”, 2018.-756b.
4. https://uz.m.wikipedia.org 
5. S. Elmirzayev, N. Tursunova, N. Shavkatov M 70 Moliya bozori: Darslik - T.: “Iqtisod-
Moliya”, 2019.-324b.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə