Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (carjis)


«Burchagi orqaga» tizimi asosida himoyada o‘ynash



Yüklə 101,88 Kb.
səhifə4/6
tarix16.04.2023
ölçüsü101,88 Kb.
#105842
1   2   3   4   5   6
voleybolchilarni-guruhli-taktik-harakatlarga-o-rgatish

«Burchagi orqaga» tizimi asosida himoyada o‘ynash


Tayyorlov va yondoshtiruvchi mashqlar. «Burchagi oldiga» tizimi asosida himoyada o„ynashda qo„llaniladigan mashqlar aksincha yo„nalishda bajariladi. Bunda ham taqlid mashqlari, to„ldirma to„p va voleybol to„pi bilan mashqlar bajariladi taktikaga oid mashqlar:

  1. Hujumchilar 4,3,2-zonalarda joylashadi, bog„lovchi o„yinchi to„p oldida turadi. Ikkinchi to„p uzatish navbatma-navbat uchta zonaga yo„naltiriladi. To„siq qo„yuvchi o„yinchilar atayin zarbani o„tkazib yuboradi. Zarbani qaysi zonadan berilganiga qarab 5 yoki 1-zonadagi o„yinchi to„siqlar orqasiga «qo„riqlashga» chiqadi. 6-zonadagi o„yinchi zarba yo„nalishiga qarab chiqadi va to„pni qabul qiladi.

  2. Shu mashq, faqat to„pni to„siqchilar ustidan «chalg„itib» tashlanadi. 5 yoki 1-zonadagi o„yinchilar zarba yo„nalishiga muvofiq to„siqchilar orqasiga to„pni

«qo„riqlashga» chiqadi.
«Burchagi orqaga» tizimi asosida himoyada o„ynash andozasi 4-rasmda aks ettirilgan.





  1. rasm.

«O‘yin taktikasiga o‘rgatish» mavzusi bo‘yicha nazorat savollari


  1. Yakka taktik harakatlar deganda nimani tushunasiz?

  2. Guruh va jamoa taktik harakatlari qanday mazmundan iborat?

  3. Taktik harakatlarga qanday, qaysi tartibda va qanday vositalar asosida o„rgatiladi?

  4. Hujumda qo„llaniladigan yakka, guruh va jamoa taktik harakatlariga o„rgatish qanday tashkil etiladi?

  5. Himoyada qo„llaniladigan yakka, guruh va jamoa taktik harakatlariga o„rgatish qanday tashkil etiladi?

  6. Zamonaviy voleybolga xos hujum va himoyada qo„llaniladigan jamoa taktik harakatlarini tushuntirib bering.



XULOSA


Ushbu mashqlarni texnikaga oid mashqlardan farqi shuki, bunda ijro etiladigan mashqlar turli o„yin vaziyatlariga binoan joy tanlash va harakat usulini tanlash bilan bog„liqligidir. Taktik vazifalar asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Oldingi va orqa chiziq o„yinchilarining o„zaro harakati asosida taktik vazifalar hal etiladi. Taktik mashqlar to„siqsiz va to„siqlar ishtirokida bajariladi. «Birinchi» va «ikkinchi» to„p uzatish elementlarini birga qo„shgan holda taktik mashqlarni qo„llashda ham tayyorlov, yondoshtiruvchi, texnika va taktikaga oid mashqladan foydalaniladi[3,4].
Hujumda qo„llaniladigan guruhli taktik mashqlar to„siqlar ishtirokida o„zlashtiriladi. Bunda favqulodda ro„y beradigan turli o„yin vaziyatlari yaratiladi. Taktik mashqlar turli signallar (tovush, qarsak, ko„rsatma, buyruq, ishora) asosida amalga oshiriladi.



Yüklə 101,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə