Chastota o`zgartkichlarning turlari. Tiristorli bevosita chastota o‘zgartkichlar Elektromexanik chastota o`zgartkichlar


Elektromexanik chastota o`zgartkichlar



Yüklə 177 Kb.
səhifə4/4
tarix22.06.2022
ölçüsü177 Kb.
#89939
1   2   3   4
14 – ma’ruza. Mavzu Bevosita boshqariluvchi chastotali o`zgartk

3.Elektromexanik chastota o`zgartkichlar.
Tiristorli bilvosita chastota o‘zgartkichlar

Ta’minlovchi kuchlanishning chastotasini o‘zgartirib asinxron motorning tezligini rostlash, tezlikni rostlash usullari ichida iqtisodiy jihatdan eng samarali usuldir. Tezlikni chastotani o‘zgartirib rostlaganimizda butun tezlikni rostlash diapazoni oralig‘ida asinxron motorning sirpanishi uncha katta bo‘lmagan o‘zgarmas qiymatda qolishi natijasida motorning isrof quvvati katta bo‘lmaydi. Tezligi chastotani o‘zgartirib boshqariladigan asinxron elektr yuritmalarning statik va dinamik xususiyatlari o‘zgarmas tok elektr yuritmalari bilan deyarli monand bo‘ladi. Rotor chulg‘amlari qisqa tutashtirilgan asinxron motorlarning o‘zgarmas tok motorlarga nisbatan 1,5 – 2 martaba yengil bo‘lishi va deyarli 3 barobar arzonligini hisobga oladigan bo‘lsak, unda chastota bo‘yicha boshqariluvchi asinxron elektr yuritmalarning sanoatda kelajakda qo‘llanilishi imkoniyatlari xali juda keng ekanligi yaqqol ko‘rinadi.




А В С А В С


f var


u var



А

G

М

SG




GQCH

MQCH




+ - + - + -

14.4 – rasm. Elektromexanik chastota o‘zgartkichning blok sxemasi Birinchi chastota o‘zgartkichlar elektromexanik qurilmalar asosida yuzaga


keldi (14.4–rasm). Bunday elektromexanik chastota o‘zgartkichda sinxron generator SG dan olinayotgan kuchlanishning qiymati va chastotasi bir – biriga bog‘liq bo‘lmagan holda boshqariladi. SG ning qo‘zg‘atish chulg‘a-midagi o‘zgaruvchan qarshilik yordamida kuchlanish qiymati boshqariladi, chastota esa o‘zgarmas tok generatori G ning qo‘zg‘atish chulg‘ami GQCh dagi o‘zgaruvchan qarshilik yordamida boshqariladi. Garchi bu o‘zgartkichda chastota o‘zgarishi diapazoni yuqori bo‘lsa ham biroq uning texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuqori emas: o‘zgartkichning o‘rnatilgan quvvati judda katta (to‘rta yordamchi mashinalar to‘liq quvvat bilan ishlaydi); foydali ish koeffisienti va elektr yuritmaning tezkorligi past. Chastotani o‘zgartirib tezligi rostlanadigan asinxron elektr yuritmalarning taraqqiyoti davri davomida elektromexanik chastota o‘zgartkichlarning har xil turlari yuzaga kelgan bo‘lsa ham elektromexanik tizimlarga xos bo‘lgan yuqoridagi kamchiliklar u bu darajada saqlanib qolaberdi.


Foydalanilgan adabiyotlar.

  1. Xoshimov O.O., Imomnazarov A.T. Elektromexanik qurilma va majmualarning elementlari. -124 b.

  2. 7.Imomnazarov A.T. Ekektromexanik tizimlaming elementlari. Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. - 155 b.

Yüklə 177 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə