Chilangarlik ishi cdr


-Mavzu: Parmalash, zenkovkalsh va razvyortkalash



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə22/32
tarix30.12.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#167188
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
CHILANGARLIK PRESLASH DASTGOHLARI

7-Mavzu: Parmalash, zenkovkalsh va razvyortkalash Reja:

  1. Parmalash jarayoniga oid umumiy ma’lumotlar

  2. Parmalarni charhlash

  3. Parmalashda qirqish rejimlari

  4. Mexanizatsiya vositasida va qo‘lda parmalash

  5. Parmalash dastgohlari

Parmalash jarayoniga oid umumiy ma’lumotlar
K esuvchi asbob-parmaning o‘z o‘qi atrofida aylanma va ilgarilama harakat qilishi tufayli yaxlit materialni teshib, undan qirindi hosil qilish jarayoni parmalash deb ataladi. Mahkamlash detallari bolt, vint, parchin mix, shpilka va boshqa detallar uchun teshiklar ochish, rezba kesish, kengaytirish, zenkerlash uchun detallar hamda ularning qismlari parmalanadi.
Yuqori darajadagi aniqlik talab qilinadigan teshiklar (parmalangandan keyin) zenkerlanadi. Parmalash aniqligi va sifati ko‘p jihatdan dastgohning sozligi va kesuvchi asbobning to‘g‘ri charxlanganligiga bog‘liq. Parmalar legirlangan va uglerodli po‘latdan tayyorlanadi. Teshiklarni ochish, kengaytirish uchun spiral parmalar ishlatiladi. Spiral parma
ikki tishli kesuvchi asbob bo‘lib, u ishchi va quyruq qismlardan tuzilgan. Ishchi qismi konussimon (kesuvchi) va tsilindrsimon (yo‘naltiruvchi) qismlarga bo‘linadi.

Kesuvchi qismida ikkita kesuvchi qirra (uchidagi burchak) va ular orasida, 45-55 burchak hosil qilib tutashtirgich joylashgan. Tutashtirgich ariqchalar orasida diametri 0,15-0,2 mmli o‘zak borligi tufayli hosil bo‘ladi. Parmalashda tutashtirgich kesmaydi. Balki metallni qiradi. U parmani chetlatishga teshikni kengaytirishga yordam beradi. Tasmalar-parma vint ariqchalari bo‘ylab tsilindrsimon sirtda joylashgan ikkita ensiz polosadir. Ular parmaning teshik doirasida ishqalanishini kamaytirish uchun xizmat qiladi, parmani teshikka yo‘naltiradi va chetga chiqib ketmasligini ta’minlaydi. Diametri 0.25-0,5 mm bo‘lgan parmalar tasmasiz tayyorlanadi.


Tish-kesuvchi qirrasi bo‘lgan, parmaning pastki uchidan chiqib turadigan qismi. Tishning kesuvchi qismi torets yuzaga ega. Oldingi yuza ariqchaning qirindidan tushadigan bosimini qabul qiladigan yuzasi.
Vint ariqchalar parmaning tsilindrsimon qismida bir-birining ro‘parasida joylashgan. Ular parmalanayotgan teshikdan qirindilarning chiqishini ta’minlaydi. Ariqchalar parma kesayotgan qirralar to‘g‘ri chiqishini va qirindining chiqishi uchun zarur bo‘shliq bo‘lishini ta’minlaydigan maxsus profilga ega.
Spiral parmalar U10 va U12 rusumli uglerodli asbobsozlik po‘latidan, legirlangan 9X (xromli), xrom-kremniyli 9XS va tezkesar R9, R18, R6M5, VK8 va T15 K6 rusumli po‘latlardan yasaladi. Bularning ichida eng ko‘p tarqalgani tezkesar po‘latdan tayyorlangan parmalardir.
Parmalashda qirqish rejimlari
Parmalashda kesishning asosiy elementlari quyidagichadir: kesish tezligi, surish va kesish chuqurligi.
K esish tezligi v-kesuvchi qirraning asbob o‘qidan eng uzoqlikda yotgan nuqtasining vaqt birligi ichida o‘tgan yo‘li (mmin). Agar parmaning aylanish chastotasi va diametri ma’lum bo‘lsa, kesish tezligi vqDn/1000 formula yordamida hisoblanadi, bu yerda: v-kesish tezligi, m-min; D-parmaning diametri, mm; parmaning aylanish chastotasi, aylmin; -o‘zgarmas son 3,14 (tezlik minutig‘a metr hisobida, diametr millimetrlarda o‘lchanganligi uchun ko‘paytmani 1000 ga bo‘lish zarur).
Aylanish chastotasi n-parmaning minutiga aylanish soni (aylmin). Agar parmaning diametri va kesish tezligi ma’lum bo‘lsa, u holda asbobning aylanish chastotasini (aylmin) n1000(D) formula yordamida aniqlash mumkin.
Surish S-zagotovka bir marta aylanganda parmaning o‘q bo‘ylab surilishi (mmayl).
Kesish chuqurligi t (mm)-ishlov berilgan yuzadan parma o‘qigacha bo‘lgan
oraliq (ya’ni, parmaning radiusi) tD2 mm formula yordamida aniqlanadi. Parmalab kengaytirishda kesish chuqurligi parma diametri bilan ilgari ishlov berilgan teshik diametri ayirmasining yarmiga teng bo‘ladi, ya’ni t(D-d)2.
Mexanizatsiya vositasida va qo‘lda parmalash
Parmalash maxsus dastgohlarda bajariladi. Qo‘l yetmaydigan noqulay joylardagi teshiklarni dastakli parma, tartarak, dastakli elektr va pnevmatik parmalash mashinalarida parmalanadi.
Tartarak (treshetka) katta diametrli (30 mm gacha) teshiklarni parmalashda qo‘llaniladi. Uning shpindeli, vilka, dastasiga o‘rnatilgan. Shpindelning bir uchiga detal o‘rnatish uchun teshik ochilgan, boshqa uchiga esa to‘g‘ri burchakli kertik kesilib, o‘nga uzun gayka burab kiygizilgan.
Tartarak bilan parmalash uchun uni tutqich bilan mahkamlanadi. Tutqich parmani muayyan vaziyatga sozlaydi. Aylanma harakat to‘sqichli g‘ildirak bilan amalga oshiriladi. Dastani ma’lum burchakka burilganda lo‘kidon to‘sqich tishiga tiqilib, uni aylantiradi. Prujina lo‘kidonni doimo to‘sqichli g‘ildirakka itarib turadi. Dastani aylantirganda shpindel ham o‘nga qo‘shilib faqat bir tomonga aylanadi.
Qo‘l dreli bilan  10 mm gacha bo‘lgan teshiklarni parmalash mumkin.
Drel shpindel, vallar, tishli g‘ildiraklar, tayanch va richakka o‘rnatilgan dastadan tuzilgan. U ikki tezlikli bo‘lib, dastlab detalni giraga qisiladi, keyin dastani aylantirib shpindelga aylanma harakat uzatiladi.
Yuqori taglikda parmalash.  2-4 mm li teshiklarni parmalashda zagotovkani giraga mahkamlanadi. Chap qo‘l bilan tutqichni ushlab, o‘ng qo‘lda qo‘zg‘aluvchi dasta aylantiriladi.
Dastakli elektr parmalash mashinalari  8-9 mm gacha bo‘lgan teshiklarni parmalash uchun qo‘llaniladi. Odatda, bunday mashinalarning korpusi pistolet shaklida bo‘ladi. I-90 rusumli parmalash mashinasi boshqalardan ko‘ra ko‘proq ishlatiladi.
Mashinaning elektryuritgichi universal
kollektorli konstruktsiyasiga ega bo‘lib, u o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tokda ishlaydi. Kuchlanish chastotasi 220V.
Parmalash dastgohlari
Chilangarlikda parmalash dastgohlari yordamida quyidagi ishlar bajariladi:
parron va yopiq teshiklar parmalash (a);
t eshiklarni kengaytirish (b); zenkerlash (yuqori kvalitetda toza sirtlar hosil qilish uchun) (v); teshiklarni yo‘nish (g); teshiklarni zenkerlash, faskalar, tsilindrsimon va konus o‘yiqlar hosil qilish (d); teshiklarni silliqlash (e); rolikli to‘g‘rilagichlar bilan teshik sirtlarini jo‘valash (yo); metchiklar bilan ichki kertik kesish (j); torets, bo‘rtma va shunga o‘xshash elementlarni kesish (z).
Parmalash dastgohlari universal,
Parmalash dastgohida bajariladigan ixtisoslashtirilgan va maxsus turlarga ishlar. bo‘linadi.
Stol vertikal dastgohi 2M112 diametri 12 mm dan katta bo‘lmagan teshiklarni parmalashda ishlatiladi. U kolonka, elektryuritgich, shpindel babkasini ko‘tarish mexanizmi, kronshteyn, stol, qo‘l bilan aylantiriladigan dasta, shpindel va shpindel babkasidan tuzilgan. Dastani aylantirish bilan dastgoh shpindeli pastga va yuqoriga suriladi. Dastgohning almashlab ulagichida «chapga», «o‘ngga» va «0» yozuvlari bor. SHpindelni ko‘rsatib o‘tilgan uchta holatga o‘tkazish mumkin. Universal vertikal parmalash dastgohi 2N125L mashinasozlik zavodlarining yordamchi yoki asosiy tsehlarida parmalash, kengaytirish, rezbalar qirqish kabi ishlarda qo‘llaniladi.
Nazorat savollar:

  1. Parmalash jarayoniga oid umumiy ma’lumotlarni tushuntiring

  2. Parmalarni charhlashni ko‘rsatib bering 3. Parmalashda qanday qirqish rejimlari mavjud?

Foydalanilgan adabiyotlar:
1.“Chilangarlik ishlari” Xaydarov Botir Mashrapovich
2. “Chilangarlik modellashtirish ishlari” Sh. Karimov





BAHOLASH KO‘RSATKICHI VA MEZONLARI
Mavzu: Parmalash, zenkovkalsh va
razvyortkalash Baholash varaqasi
Ajratilgan vaqt: 240-daqiqa O‘quvchilarning ismi sharifi:
Sanasi -

Baholash mezonlari
1. Ish o‘rnini tashkil qilish:
- asbob va uskunalar to‘g‘ri tanlanganmi.
(5 ball)
-texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinganmi. (5 ball)
2. Amaliy ko‘nikmalar:

  1. Parmalar bilan ishlov berish

1.1. Berk teshiklarga ishlov berish.(5 ball) 1.2. Yarim berk teshiklarga ishlov berish.

      1. ball)

    1. Ishlov beriladiganyuzani tozaligiga.

      1. ball)

    2. Qo‘lda parmalash asbobidan foydalanishi (5 ball)

    3. Q o‘llar moslashuviga. (5 ball) 2. Elektr parmalash dastgohida ishlov berish

2.1. Dastgohni elektr tokiga ulab yoqishi.

      1. ball)

2.2. Elektr parmada ishlashiga. (5 ball) 2.3. Patronga parmani o‘rnatish. (5 ball)

    1. Patron yo‘nalishini o‘zgartirtirish va ishlov berish. (5 ball)

    2. Dastgoh oldida o‘zini tuta bilishiga .

(5 ball)

    1. Parmaning teshikka mosligiga qarab ishlov berish . (5 ball)

    2. Teshikka ishlov berishni yakunlash.

(5 ball)

  1. Parmalashdagi elementlar.

    1. Aylanish chastotasini belgilash (5 ball)

    2. Kesuchi burchakni tanlash. (5 ball)

    3. Vint ariqchali parmada ishlash.(5 ball).



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə