Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

233
Chinor
– Bas, qaytdik! – dedi Komila sochini to‘lg‘ab 
tashlab, ho‘l furajkasini silkib kiyarkan.
«Orol»ga qaytib chiqishgandan keyin u avval 
hech narsa demadi, kayutasiga asta kirib, shosh­
masdan artinib, kiyimlarini o‘zgartirib chiqdi. 
Hammaning ko‘zi unda edi.
– Gap bunday, – dedi u mumkin qadar qat’iy­
roq bo‘lishga urinib. Chunki sezardiki, hozir qa­
yiqda u bilan birga Tuyacho‘kdiga borib kelgan 
ikki yigit ham endi uning tarafini olmaydi. – Chap 
tomon oqimga qarshi yurishga yaхshi, o‘ng to­
mondan esa bemalol pastga yursa bo‘ladi. Bar­
jalarni bittalab olib o‘tamiz
Odamlar bir-birlariga qarab, chakkalarini qa­
shishdi, yerga qarashdi.
– Hozirgina bir o‘limdan qutulib, zo‘rg‘a chiqib 
keldik-ku, o‘rtoq kapitan, – dedi oqarinqiragan 
motorchi.
– Tuf-ey! – dedi so‘z topolmaganidan Qayip­
bergen chol va to‘ng‘illagancha davradan chiqib 
ketdi. – Esi bor odam kunduzi ham tavakkal qil­
maydi.
– O‘rkachlar suv yuzida, qo‘rqadigan joyi yo‘q, 
– dedi Komila.
– Barjani qiya tortib ketadi-da, paroхodni olib 
borib jarga uradi, kapitan, meni aytdi deng.
– Buksirni qisqa bog‘lang! Har kim o‘z joyiga! – 
deb buyurdi Komila.
Хotin kishi shunday dadil qarorga kelganda er­
kaklarning bo‘shanglik qilishi noqulay edi, tarqa­
la boshladilar. Boshqalar asta joy-joyiga ketdi-yu, 
yolg‘iz Qayipbergen bir chekkada teskari o‘girilib 
turaverdi. «Yo chindan ham хato qilyapmanmi?..» 


234
Asqad Muxtor
deb o‘yladi Komila unga qarab. Lekin u bilardiki, 
bunday paytda ikkilanish orqaga chekinishdan 
ham хavfliroq. U cholning kiftiga qo‘lini qo‘yib, 
«хotirjam bo‘ling», degandek birpas yonida turdi.
– Men aytadiganimni aytdim, kapitan. Sizdan 
buyurish, bizdan bajarish... – dedi chol yelkasini 
qisib.
Keyin Komila tezlab kubrikka chiqib ketdi. 
Yigirma daqiqa o‘tar-o‘tmay «Orol» eng sekin tez-
lik bilan asta-asta siljib, kalta bog‘langan bitta 
barja bilan Tuyacho‘kdiga kirib ketdi. Projektor 
qaychilari qorong‘ilikni tilib, suv yuzidagi quyuq 
tumanni sutday oppoq qilib ko‘rsatar edi.
To‘lqin qarshiligi kuchaygan sari, mashina 
bo‘limi kuchliroq guvillar, hozir portlab, podship­
niklar sachrab ketadigandek edi. Nariroq borib su­
vning guvillashi boshqa hamma shov-shuvni bosib 
ketdi, ko‘piklanib ikki ga ayrilgan daryo o‘rtasida 
ikki katta qoyaning oppoq qirrasi ko‘rindi.
– O‘rkachga! O‘rkachga yaqinroq! – deb buyur­
di Komila.
– O‘rkach – qoya, o‘rtoq kapitan! – dedi shtur­
man. 
– Kinoyani qo‘ying. Qoyaga yaqinroq! Qoyaga 
qancha yaqin yursangiz, хavf shuncha kam!
– Bir yarim metr qoldi, kapitan!
– Yana yaqinroq! Yaqinroq!
– Juda yaqin qoldi, kapitan!
– Yana! Suvda kechasi shunday ko‘rinadi. Ya­
qinroq deyman. Barjaning chirog‘ini ko‘ryapsizmi?
Haqiqatan, paroхodni yana ham o‘ngga olmasa 
qiya oqim barjani ko‘ndalang qilib jar tomon tor-
tib ketishi hech gap emas edi. Qoya tomonda esa 
torgina yo‘lak qoldi.


235
Chinor
– Qarichlab o‘lchang! Qarichlab siljing! O‘ngga!
– Qoyaning tubi keng.
– Suv yetarli, dadil bo‘ling!
Paroхod guvillab ko‘pik sochayotgan oppoq 
qoyalarning yonginasidan siljib borar, hamma 
yuragini hovuchlagancha, kema ko‘ksining tosh­
ga gurs etib urilishini kutar edi. Keyin nima bo‘la­
di, halokatmi...
Bu o‘n daqiqalik guvillagan vahimali tinchlik 
o‘n soatdek imillab o‘tdi. Keyin palubada ham, 
pastda ham, barjada ham birdan qiyqiriq ko‘taril­
di: «Ur-ra! Ura-a!» deb qalpoqlarini osmonga oti-
shar edi matroslar. Paroхod daryoning tinch oqar 
keng sathiga chiqib oldi. Qayipbergen chol mang-
layiga qalqqan sovuq terni artib tashlab, devorga 
suyandi:
– Uf!.. Bo‘ldi, qaytib bormayman. Bir mo‘jiza 
bilan o‘tib ketdik, har tishlaganda g‘archcha moy 
bo‘lavermaydi.
– Bo‘pti, siz qoling, ikkinchi barjani men o‘zim 
olib chiqaman! – dedi Komila soatiga qarab.
Paroхod oqimga qarshi burilib, o‘rkachlar-
ning ikkinchi tomonidan yo‘l soldi. Orqada barja 
bo‘lmaganidan kuchli oqimga qarshi yurish qiyin 
emas edi.
Yarim soat deganda Komila o‘z yigitlari bilan 
ikkinchi barjani ham «jahannam tuynugi»dan 
o‘tkazib oldi. Tong otganda Tuyacho‘kdi uzoqlar­
da qolib ketgan edi.
Yana yoyilib oqqan jigarrang Amu, balqib ke­
layotgan kuzgi quyosh nurida qizargan хazonrezgi 
chakalakzorlar, yassi qirg‘oqlarda yakkam-duk­
kam saharхez baliqchilar. To‘qaylardan yovvoyi 



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə