30
Qirol bilan parlament o‘rtasidagi nizo
Karl I davrida yanada kes-
kinlashdi. Qirol parlamentni tarqatib yubordi. Angliyada Karl I ning
shaxsiy hukmronligi o‘rnatilib, bu davrda savdogarlar,
yangi dvoryan-
lar, hurfikr dindorlar davlat ishlaridan butunlay chetlatildi.
Inqilobning boshlanishi.
1640-yilning boshiga kelib, xazina bo‘shab
qoldi. Mamlakatda ko‘plab ochlar qo‘zg‘oloni, Londonda esa ko‘cha
tartibsizliklari bo‘lib o‘tdi. Shotlandiya Angliyaga qarshi harbiy hara-
katlarni boshlab yubordi.
Shunday sharoitda 1640-yili yangi parlament yig‘ildi.
Bu parla-
ment uzoq vaqt tarqatilmaganligi uchun
«Uzoq muddatli parlament»
nomi bilan tarixga kirdi. Bu inqilobning boshlanishi edi.
Angliya burjua inqilobi
1645-yili
parlament hoki-
miyati ostiga o‘tgan hududlar
1643-yili parlament hoki-
miyati
ostidagi hududlar
Irland dehqonlariga qarashli
yerlar
http://eduportal.uz
31
Uzoq muddatli parlament bir qancha muhim islohotlarni amalga
oshirdi. Parlamentning absolutizmga qarshi
qaratilgan dastlabki qa-
rorlaridan biri qirol ministrlarining sudga tortilishi bo‘ldi. Ko‘pgina
yuksak lavozimli amaldorlar, yepiskoplar, sudyalar qamoqqa olindi.
Aslida amalga oshirilgan bu o‘zgarishlar, o‘z mohiyatiga ko‘ra,
Angliya davlat tuzumida yuz bergan inqilobiy to‘ntarish edi.
Dostları ilə paylaş: