Comparison-and-calibration-of-measuring-instruments-lecture-8


Magnitoelektrik o’lchash asboblari



Yüklə 39,22 Kb.
səhifə2/6
tarix30.12.2023
ölçüsü39,22 Kb.
#165034
1   2   3   4   5   6
comparison-and-calibration-of-measuring-instruments-lecture-8

Magnitoelektrik o’lchash asboblari

3-rasm. Magnitoelektrik o’lchash asbobi.


Magnitoelektrik o’lchash asbobi 1-doimiy magnit; 2-magnit qutb uchliklari; 3-o’zak; 4- chulg’am (qo’zg’aluvchan ramka); 5, 6-o’q; 7, 8-spiralsimon prujinalar; 9-strelka; 10-posongilardan tuzilgan
Ramkadan o’tayotgan tok bilan doimiy magnit maydonining o’zaro ta’sirida ramkani harakatga keltiruvchi juft kuch F=BIlw hosil bo’ladi. Ifodadagi F-qutb uchliklari va tsilindrsimon o’zak oralig’idagi magnit induktsiyasi; w-ramkaning o’ramlar soni; l- magnit maydonida joylashgan ramka faol qismining uzunligi; I-ramkadan o’tadigan tok. Bu kuchlarning yo’nalishi chap qo’l qoidasiga binoan topiladi va ular hosil qilgan aylantiruvchi moment quyidagicha ifodalanadi






bu yerda 6-ramkaning kengligi; s-ramkaning yuzasi.


Aylantiruvchi moment ta’sirida ramka o’q atrofida aylanganida spiralb prujinalar buralib teskari ta’sir etuvchi moment M u -hosil qiladi.
bu yerda W-solishtirma teskari ta’sir etuvchi moment bo’lib, spiral prujinaning materiali va o’lchamlariga bog’liq; a- ramkaning burilish burchagi (asbob ko’rsatkichining shkala bo’ylab surilishini ko’rsatadigan burchak yoki bo’laklar soni.)
Ramkaga ta’sir etayotgan ikki moment (aylantiruvchi va teskari ta’sir etuvchi) o’zaro tenglashganda (M=Ma) ramka harakatdan to’xtab, muvozanat holatida bo’ladi (yoki bu holatni asbob qo’zg’aluvchan qismining turg’un muvozanat holati deyilali)

bundan


Oxirgi ifoda magnitoelektrik o’lchash asboblarining shkala tenglamasi deb ataladi. Agar magnit induktsiyasi B ni, ramkaning yuzasi S ni, uning o’ramlar soni w va solishtirma teskari ta’sir etuvchi moment W larning o’zgarmasligini hisobga olib, Bsw/W=S
ni o’lchash mexanizmini tok bo’yicha sezgirligi I desak, u holda SI
deyiladi, ya’ni SI=const.
SHuni hisobga olib, (7) ni quyidagicha yozish mumkin:
ya’ni ramkaning burilish burchagi a o’lchanadigan tokning qiymatiga to’g’ri proportsional, bundan chiqadiki, tokning yo’nalishi o’zgarsa, a ning ham yo’nalishi o’zgaradi. SHu sababli magnitoelektrik o’lchash asboblari o’zgarmas tok zanjirida ishlatiladi va ularning shkalasi bir tekis darajalanadi.
Magnitoelektrik o’lchash mexanizmlari ampermetr, volbtmetr, ommetr va galbvanometrlar sifatida ishlatiladi.
Afzalliklari:
 shkalasi to’g’ri chiziqli;
 sezgirligi yuqori;
 o’lchash xatoligi kichik.






Kamchiliklari:
 faqat o’zgarmas tok zanjirlaridagina ishlay oladi;
 bevosita katta qiymatdagi toklarni o’lchay olmaydi;
 tannarxi baland.


Yüklə 39,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə