D. F mavzu: Bir XIL oʻlchamini predmetlarni ajratish va farqlash Maqsad



Yüklə 0,67 Mb.
tarix23.12.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#156862
Bir xil oʻlchamini predmetlarni ajratish va farqlash katta guruh


Xalqaro Nordik Universiteti
6-mmt 22-guruh

Bajardi : Qaxxorova.O.Q
Тekshirdi :Xalilova. D .F


Mavzu: Bir xil oʻlchamini predmetlarni ajratish va farqlash
Maqsad:
Bolalarga bir xil oʻlchamdagi bo’lgan narsalarni baland-past, uzun-qisqaligiga ko’ra joylashtirishni o’rgatish.


Kutilayotgan natijalar:
Bolalar bir xil oʻlchamdagi bo’lgan narsalarni o’lchamiga ko’ra tartiblashtirishni o’rganadilar.
Bolalarda bir xil oʻlchamdagi bo’lgan narsalarning o’lchamiga ko’ra ortib va kamayib borishi haqida tushuncha hosil bo’ladi.
Uzun, uzunroq, qisqa, qisqaroq so’zlarini nutqda to’g’ri qo’llashni o’rganadilar.

Kerakli jihozlar:


Turli o’lchamda 10 ta o’yinchoq.
Turli uzunlikda 10 ta lenta.

  • Nuqtalar qo’yilgan kartochkalar (har bir bolaga), kartochkalarning o’lchami: bo’yi 6 sm, eni 10 sm.


Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, o’yinchoqlarimizni yanada chiroyli qilish uchun, ularga bozordan lentalar sotib olib keldim. Hozir sizlar bilan qaysi lenta-qaysi o’yinchoqga to’g’ri kelishini aniqlaymiz va o’yinchoqlarga lentalarni taqib qo’yamiz. Buning uchun o’yinchoqlarimizni bo’yining balandligiga qarab terib chiqamiz. Qani bolajonlar, ayiqcha, toychoq, xo’roz, qo’zichoq, uloqcha, qo’g’irchoq, jo’ja, chumchuq, olmaxon va kuchukchalarni olib bo’yiga qarab bir qatorga terib chiqing.
Bolajonlar, ko’rib turganingizdek o’yinchoqlarimizning biriga uzun, biriga kaltaroq, yana biriga kalta lenta kerak. Lentalarimiz ham har xil uzunlikda. Bu lentalarning qaysi biri, qaysi o’yinchog’imizga to’g’ri kelishini qanday aniqlashimiz mumkin? To’g’ri, lentalarni ham o’lchab uzundan qisqasigacha terib chiqasizlar.
Bolalar lentalarni bir-biri bilan o’lchab taxlab chiqadilar.


Bolajonlar, uzun lentadan kalta lentagacha lentalarning uzunligi qisqarib boradi.
Kalta lentadan uzun lentagacha, lentalarning uzunligi ortib boradi.
Eng uzun lentamiz nechanchi o’rinda turibdi?
Eng kalta lenta nechanchi o’rinda turibdi?
Bolajonlar, e’tibor bergan bo’lsangiz lentalarning ranglari ham har xil. 1-turgan eng kalta lenta to’q sariq rangda, 2-lenta sariq rangda, 3-lenta kulrang, 4-lenta oq rangda, 5-lenta yashil rangda, 6-lenta ko’k rangda, 7-lenta binafsha rang, 8-lenta jigarrang, 9-lenta qora rangda, 10-lenta qizil rangda.
-Oq rangdagi lenta nechanchi o’rinda turibdi?
-Ko’k lenta nechanchi o’rinda turibdi?
-Jigarirang lenta nechanchi o’rinda turibdi?
-Yashil rangdagi lenta nechanchi o’rinda turibdi?
Bolajonlar, endi ikkitadan bo’lib o’yinchoqlarga lentalarni chiroyli qilib taqib qo’ying. O’yinchoqlarimizga lentalari yarashdimi? Juda yaxshi barakalla bolalar.
Bolalar uchun amaliy ish.
1-topshiriq.
Tarbiyachi: Bolajonlar, ushbu kartochkada nuqtalar berilgan. Nuqtalarni bir-biri bilan gorizontal holda tutashtiring va eng uzun chiziq nechanchi o’rinda ekanligini, eng qisqa chiziq nechanchi o’rinda ekanligini aniqlang. Eng uzundan kaltarog’i nechanchi o’rinda turibdi? Eng kaltadan uzunrog’i nechanchi o’rinda turibdi?


. .
. .
. .


. .
. .


. .


. .


. .


. .
. .
Tetiklashtiruvchi mashq.
Tarbiyachi: Bolajonlar, lentalar ichidan o’zimizga yoqqanini tanlab olamiz va davra bo’lib turib olamiz. Lenta yordamida mashq bajaramiz. Lenta bilan mashqni kim bajartirishni xohlaydi? Marhamat, o’rtaga chiqib ko’rsatadi, biz bajaramiz.
2-topshiriq.
Rangli qalamlarning ranglarini to’g’ri bo’yab chiqing:
1. Eng uzun qalam ko’k rangda.
2. Eng uzun qalamdan kaltarog’i sariq rangda.
3. Eng kalta qalam yashil rangda.
Boshqa qalamlarni o’zingiz xohlagan rangga bo’yang.



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə