53
QO`G`IRCHOQ TEATRI TURLARI VA BAMAZA (PAXMOQ)
TEATRI .
Paxraoq teatrining tuzilishi va jihozlari.
Ma'lumki, bolalarning dunyoqarashining har
tomonlama rivojlanishda turli o'yinlar va teatrlashtirilgan tadbirlarning ahamiyati kattadir.
Bunda
stol ustida o'ynaladigan qo'g'irchoq o'yinchoqlar teatridan keng foydaniladi.
Paxmoq teatrining o'ziga hos tomoni shundaki, kichkintoylar, asosan, ertak qahramonlarining
aynan o'zini ko'radilar. Personajlar paxmoq ekranga yopishtiriladi. Ekran tayyorlash uchun
balandligi 40, uzunligi 60 sm li qalin karton yoki faner ustiga
paxmoq gazlamasi yaxshilab
yopishtiriladi. Bolalar uchun mo'ljallangan paxmoq teatri ertak ishtirokchilari,
personajlar,
dekoratsiyalar, ertak matni, boshlovchi ertakchi bobo yoki momolardan iborat bo'ladi.
Paxmoq teatri uchun personajlar quyidagicha tayyorlanadi — personajlar karton qog'ozdan
qirqib olinadi va rangli bo'yoqda, guashda bo'yaladi. Tayyor bo'lgan personajlar ertak matni bilan
birga papkaga solib qo'yiladi.
Dostları ilə paylaş: