D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2020


Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aniqlash va qayta baholash



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə36/116
tarix28.11.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#133779
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   116
D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2

5.5. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aniqlash va qayta baholash


natijalari hisobi

5-son BHMSning 20-bandiga muvofiq, majburiyatlari umumiy summada ifodalangan asosiy vositalar obektlarining boshlang‘ich qiymati mazkur summani asosiy vositalar alohida obektining joriy qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi. Bu erda, nazarda tutiladiki, agar xo‘jalik yurituvchi sub’ekti buxgalteriya hisobida alohida identifikatsiyalanalgan asosiy vositalarning bir


153
necha obektini bitta shartnomaviy qiymatga sotib olsa, bunday holatda umumiy summaga sotib olingan asosiy vositalar har bir obektning kirim qilinishi lozim bo‘lgan qiymati, ya’ni boshlang‘ich qiymati sotib olingan asosiy vositalar obektlarining umumiy bozor qiymatidagi har bir obektning bozor qiymati ulushiga qarab aniqlanadi. Ushbu me’yor mohiyatini quyidagi -misolda ko‘rib chiqamiz.


4-misol. "Hamkor" MCHJ 2016 yil 20 mayda "Operativ" AJdan mulkiy majmuani 250 000 m.so‘m bo‘lgan umumiy summaga sotib oldi. Ushbu mulkiy majmua quyidilardan iborat: ishlab chiqarish binosi, minorali inshoot va madanli ichimliklarni quyish bo‘yicha texnologik liniya. 2016 yil 25 mayda xarid bo‘yicha barcha summa to‘lab berildi. Ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish, davlat boji to‘lovi, brokerlik haqi bilan bog‘liq sarflar, shuningdek aktivni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlar, shu jumladan sotib olingan mulkni baholash bo‘yicha sarflar jami 50000m.so‘mni tashkil etdi. Baholovchi kompaniyaning xulosasiga ko‘ra asosiy vositalarning har bir obekti quyidagi tarzda baholandi: ishlab chiqarish binosi 1600000 m.so‘m, minorali inshoot 1200000 m.so‘m, texnologik liniya 800000 m.so‘m.


Baholovchi kompaniyaning xulosasidan kelib chiqib, har bir asosiy vositalar obektining bozor qiymatining sotib olingan asosiy vositalar obektlarining umumiy bozor qiymatidagi ulushini osonlikcha aniqlash mumkin bo‘ladi. Ular quyidagi ko‘rinishga ega:



Asosiy vositalar

Bozor

Bozor

Ulush hisob-kitobi

Obekti

qiymati

qiymatining










ulushi
















Ishlab chiqarish binosi

1 600 000

4/9

1 600 000/3 600 000













Minorali inshoot

1 200 000

1/3

1 200 000/3 600 000













Texnologik liniya

800 000

2/9

800 000/3 600 000













Jami:

3 600 000



















YUqorida keltirilgan mulkiy majmuani sotib olish va uni ishchi holatiga keltirish bilan bog‘liq umumiy xarajatlar summasi 300000 m. so‘mga teng (250000+50000 m.so‘m) bo‘lgani sababli, sotib olingan asosiy vositalar har bir obektning boshlang‘ich qiymati quyidagi ko‘rinishga ega:


154


Asosiy vositalar obekti

Boshlang‘ic

Bozor

Hisob-kitob




h qiymat

kiymatining










Ulushi
















Ishlab chiqarish binosi

133 000

4/9

(4/9x300 000)













Minorali qurilma

100 000

1/3

(1/Zx300000)













Texnologik liniya

67 000

2/9

(2/9x300 000)













JAMI:

300 000



















"Hamkor" MCHJ buxgalteriya hisobida mulkiy majmuani sotib olish bilan bog‘liq operatsiyalar quyidagicha aks ettirilali:





  1. asosiy vositalar obektlarini xarid qilishning umumiy summasiga: Dt 0820 - "Asosiy vositalarni xarid qilish" schyoti - 250000 m.so‘m, Kt 6010 -"Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar" schyoti-250000 m.so‘m.




  1. xarid qilingan asosiy vositalar obektlari haqini to‘lash: Dt 6010 - «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti-250000 m.so‘m, Kt 5110 - «hisob-kitob schyoti" schyoti- 250000 m.so‘m.




  1. asosiy vositalar obektlarini xarid qilish va ularni ishchi holatga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni xarid qilish" schyoti- 50000 m.so‘m, Kt 6990 - «Boshqa majburiyatlar" schyoti -50000 m.so‘m.




  1. xarid qilingan asosiy vositalar obektlarini kirim qilish (foydalanishga topshirish): Dt 0120 - «Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar ishlab chiqarish binosi" schyoti-133000 m.so‘m, Dt 0120 - «Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar minorali inshoot" schyoti- 100000 m.so‘m, Dt 0130 - «Mashinalar va uskunalar texnologik liniya" schyoti- 67000 m.so‘m, Kt 0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish" schyoti -300000 m.so‘m.

5-son BHMSning 21 moddasida buxgalteriya hisobiga qabul qilingandan


so‘ng asosiy vositalarning qiymati, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va mazkur standartda belgilangan holatlardan tashqari hollarda, o‘zgartirilmasligi nazarda tutilgan. Masalan, 5-son BHMSga muvofiq, buxgalteriya hisobiga qabul qilingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatini o‘zgartirishga qo‘shimcha qurilish, qo‘shimcha jihozlash, rekonstrukiiya qilish, zamonaviylashtirish, texnik


155

qayta qurollantirish, qisman tugatish va asosiy vositalarni qayta baholash holatlarida ruxsat etiladi.

Qo‘shimcha qurish, qayta jihozlash, zamonaviylashtirish ishlariga asosiy vositalar obektining texnologik yoki xizmat vazifasini ortiqcha yuklamalar va boshqa yanada yaxshilaydigan sifatlar orqali o‘zgartirishlar natijasida kelib chiqadigan ishlar kiritiladi. YA’ni asosiy vositalar obekti bilan bog‘liq amalga oshirilgan keyingi xarajatlar aktiv sifatida tan olinishi mumkin, qachonki ular asosiy vositalar samaradorligini dastlab hisoblangan me’yorlarini sezilarli ravishda oshirish yoki asosiy vositalarning ushbu obektini dastlab balansga qabul qilishda belgilangan xizmat qilish me’yori jiddiy tarzda uzaytirish yo‘li bilan ularning holatini yanada muhim ravishda yaxshilashga olib kelsa.


Odatda, qayta tiklash ishlarida ishlab chiqarishni takomillashtirish va texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish bilan bog‘liq asosiy vositalarning mavjud obektlari qayta o‘zgartiriladi va ushbu ishlar ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, mahsulot (ish, xizmatlar) sifatini yaxshilash va nomenklaturasini o‘zgartirish maqsadida asosiy vositalarni qayta tiklash loyihasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Texnik qayta qurollanish deyilganda ilg‘or texnika va texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ma’naviy jihatdan eskirgan va tabiiy ravishda emirilgan uskunalarni o‘ta unumdor yangilari bilan almashtirish va zamonaviylashtirish asosida asosiy vositalar yoki ularning alohida qismlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha kompleks tadbirlar tushuniladi.


YUqorida qayd etilganidek, asosiy vositalar obektini qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha jihozlash, rekonstrukiiya qilish, zamonaviylashtirish va texnik qayta qurollantirishga xarajatlari tugallanishi natijasida asosiy vositalar obektining dastalabki qabul qilingan amal qilishi me’yorining ko‘rsatkichlarini oshishi sababli, ushbu xarajatlar mazkur obektlarning boshlang‘ich qiymatini oshiradi.


Asosiy vositalarning dastlab tan olingan qiymatini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan keyingi sabab ularni qayta baholashdir. Masalan, asosiy vositalarni qayta baholash deganda, asosiy vositalar obektlarining qayta tiklash qiymatini bozor


156
narxining hozirgi darajasiga mos keltirish maqsadida vaqti-vaqti bilan aniqlashtirish tushuniladi. Xo‘jalik yuritish amaliyotida asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati O‘zbekiston Respublikasi hukumati qarorlari bilan ham qayta baholanishi mumkin.


Bunday vaziyatda asosiy vositalarni qayta baholash natijasida buxgalteriya hisobi va hisobotida joriy qiymati bo‘yicha aks ettirilishi kerak. Bunda 5-son BHMSga muvofiq, joriy qiymat deganda asosiy vositalarning muayyan sanaga qadar bo‘lgan holatga ko‘ra amaldagi bozor narxlari bo‘yicha qiymati yoki bitim tuzishni xohlagan, xabardor, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan tomonlar o‘rtasida bitim tuzilgan holda aktivni egallash yoki majburiyatlarni bajarish uchun etarli bo‘lgan summa tushuniladi.


Asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati qayta baholangan holda, ularning qayta baholash sanasiga qadar to‘plangan eskirish summasi asosiy vositalar boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatining tegishli o‘zgarish indekslariga nisbatan tuzatiladi va keyinchalik eskirish hisoblanishi qayta baholangan qiymatdan kelib chiqib amalga oshiriladi.


Ma’lumki, asosiy vositalar hujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxi bo‘yicha bevosita qayta hisoblash yoki indekslash yo‘li bilan qayta baholanishi mumkin.17


Agar qayta baholash natijasida asosiy vositalarning bahosi oshadigan bo‘lsa, asosiy vositalar obektining qo‘shimcha oshgan bahosi summasi zaxira kapitali tarkibidagi 8510 - «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyotiga olib boriladi. Biroq, qayta baholash natijasida asosiy vositalar, shuningdek arzonlashishi ham mumkin. Bunda, qayta baholash natijasida asosiy vositalar obekti bahosining arzonlashgan qismi summasi ushbu obekt bo‘yicha oldingi hisobot davrlarida o‘tkazilgan qayta baholash natijasida hosil bo‘lgan qo‘shimcha oshgan baho summasi miqdorida zaxira kapitalini kamaytirishga, yani 8510 - «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyotiga olib boriladi. Asosiy





  1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1192son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan "1 yanvar holati bo‘yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom. 2002 yil 4 dekabr

157
vositalar ob’ekti bahosining arzonlashgan qismi summasining ushbu ob’ekt bo‘yicha qo‘shimcha oshgan baho summasidan ortiqcha miqdori 9430 - «Boshqa operatsion xarajatlar" schyotiga olib boriladi.


Hisobot yilining birinchi sanasiga bo‘lgan holatida o‘tkazilgan asosiy vositalarni qayta baholash natijalari buxgalteriya hisobida aks ettirilishi lozim. Qayta baholash natijalari oldingi hisobot yili uchun tuzilgan moliyaviy hisobot malumotlariga kiritilmaydi va hisobot yilining boshlanish sanasidagi moliyaviy hisobot malumotlarini shakllantirishda qabul qilinadi. Bunda, oldingi yil oxiri holatidagi malumotlarning hisobot yili boshlanishi holatidagi malumotlar bilan to‘g‘ri kelmasligi hisobot yilining birinchi sanasidagi holati bo‘yicha o‘tkazilgan asosiy vositalarning qayta baholanishi natijalari sifatida tushuntiriladi va u joriy davr uchun tuzilgan moliyaviy hisobotning tushuntirish xatida bayon etiladi.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə