D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2020


Marjinal xarajatlar va daromadlar –



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə110/116
tarix28.11.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#133779
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   116
D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2

Marjinal xarajatlar va daromadlar – ishlab chiqarilgan birlik mahsulotga tegishli qo‘shimcha xarajatlar va daromadlar.


Marjinal daromad – “Direkt - kosting“ tizimida ishlab chiqarilgan mahsulot va buyumning tannarxini hisoblash usulini qo‘llashda ushbu mahsulotni sotishdan olingan daromadning summasidan o‘zgaruvchan xarajatlarni qo‘shgan holda hisoblangan mahsulotning tannarxi chegirilgandan keyin qolgan summa.


Marjinal daromad usuli – mahsulotlarni sotishdan olingan daromad va ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishda sarflangan o‘zgaruvchan xarajatlarning farqiga asoslangan tenglik usulining turi.

374
Mahsulotning marjinalligi – olingan daromad (baho) nisbatan foiz ko‘rinishidagi bir birlik mahsulotga to‘g‘ri keladigan marjinal daromadning darajasi.




Mas’uliyat markazi – ish faoliyati natijasi uchun rahbari javob beradigan tegishli subektning tarkibiy bo‘linmalari.


Meyorlashtirish – ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishning

samaradorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan muqobil me’yorlar va me’yorlashtirishning ilmiy asoslangan hisoblarning jarayoni.




Me’yorlashtirilgan to‘g‘ri mehnat xarajatlari – me’yorlashtirilgan mehnat vaqtini birlik mahsulot miqdoriga ko‘paytirish natijasida olingan miqdor. Ushbu miqdor me’yor darajasiga ko‘paytirish yo‘li bilan ham topiladi. Ushbu to‘g‘ri xarajatlar mahsulotlarning aniq bir turini ishlab chiqarish natijasida ruyobga chiqadi va uning tannarxiga to‘g‘ridanto‘g‘ri qo‘shiladi.


Me’yoriy xarajatlar – bir qator chegaralanish sharoitlaridan kelib chiqqan holda va subektning kelgusidagi faoliyatiga yo‘naltiradigan xarajatlarning ilmiy asoslangan darajasi.


Me’yorlashtirilgan umumiy mehnat sarflari – hisobot davri mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot birligining miqdoridan va birlik tayyor mahsulotga to‘g‘ri keladigan me’yorlashtirilgan mehnat sarflaridan kelib chiqqan holda aniqlanadigan ko‘rsatkich.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə