“Daromad-iste′mol chizig`i” tahlili



Yüklə 18,93 Kb.
səhifə6/6
tarix11.12.2023
ölçüsü18,93 Kb.
#145922
1   2   3   4   5   6
“Daromad-iste′mol chizig`i” tahlili-fayllar.org

Qisqa xulosalar

Daromadning o`zgarishi byudjet chizig`ini o`ziga parallel ravishda surilishiga olib keladi, nima uchun deganda, narxlar nisbati o`zgarmaydi. Daromad oshganda, byudjet chizig`i o`ngga-yuqoriga suriladi, kamayganda pastga-chapga suriladi. Daromadlarning o`zgarishiga mos ravishda iste′molchining yangi holatdagi muvozanat nuqtalari o`rnatiladi. Ushbu muvozanat nuqtalarini tutashtiruvchi chiziqni amerikalik olim Dj.


Xiks ―daromad-iste′mol‖ chizig`i deb atadi va bu chiziq ilmiy adabiyotlarda ―turmush darajasi chizig`i‖ deb ham ataladi.
Real daromad oshishi bilan birlamchi ehtiyoj ne′matlariga talab qisqarib borib, ikkilamchi ehtiyoj ne′matlariga talab oshib borishi isbotlangan. Nemis olimi Ernst Engel (1821-1896) birinchi bo`lib daromad o`zgarishining iste′mol tarkibiga ta′sirini tadqiq qilgan. Tovarlar tarkibining daromadga nisbatan o`zgarishini ifodalovchi chiziqlar, Engel egri chiziqlari deyiladi
Daromad samarasi - bu ne′mat narxi o`zgarishi (almashish samarasi hisobga olinmaganda) natijasida real daromad o`zgarishining iste′molchi talabiga ta′siridir. Daromad samarasi iste′molchining sotib olish imkoniyatini oshganligini ko`rsatadi va u bir byudjet chizig`idan boshqa byudjet chizig`iga iste′molchining optimal tovarlar majmuasiga o`tishini aks ettiradi.
Almashish samarasi - bu naflik darajasi o`zgarmaganda, tovarlar narxi o`zgarishi munosabati bilan iste′mol tovarlariga talab tarkibining o`zgarishidir. Almashish samarasi X ne′mat narxini o`zgarishi natijasida Y ne′matni qo`shimcha X ne′mat bilan almashtirilishini ifodalaydi. Bu almashtirish befarqlik egri chizig`i TU1 bo`yicha bo`ladi. Muvozanatlik shartiga ko`ra, iste′molchi daromadini shunday
taqsimlaydiki, natijada tovarlarning har biriga sarflangan oxirgi pul birligi (oxirgi so`m, oxirgi dollar, oxirgi rubl) bir xil chekli naf keltirsin. Agar shunday bo`lmasa, iste′molchi kamroq chekli naf beradigan oxirgi so`mini, ko`proq chekli naf beradigan ne′matga qayta taqsimlashi mumkin bo`ladi.vvvvvvvv
http://fayllar.org
Yüklə 18,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə