Dars mavzusi: 3-nazorat ishi. Insho tahlili. Darsning maqsadi



Yüklə 36 Kb.
tarix28.05.2023
ölçüsü36 Kb.
#113732
7-sinf 2-chorak 3-nazorat ishi tahlili


Sana : ____ _____________
7-sinf adabiyot
Dars mavzusi: 3-nazorat ishi. Insho tahlili.
Darsning maqsadi:

  1. Ta’limiy maqsad-o’quvchilarga insho va tinish belgilari qo’llanishi yuzasidan kengroq ma’lumot berish ;

  2. Tarbiyaviy maqsad- o’quvchilarni o’z xatolarini anglash va tuzatish hislarini tarbiyalash;

  1. Rivojlantiruvchi maqsad- o’quvchilarda imlo qoidalarini amalda qo’llash ko’nikmalarini rivojlantirish.

Dars turi: bahs-munozara
Darsning jihozi: nazorat ishi daftarlari
Darsning rejasi:

  1. Tashkiliy qism;

  2. Xatolarni aniqlash;

  3. Xatolarni guruhlash;

  4. Xatolar ustida ishlash;

  5. O’quvchilarni baholash;

  6. Uyga vazifa

Darsni o’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash bilan tashkil etaman.


Darsni tashkil etib bo’lgach, o’quvchilarga nazorat ishi uchun tanlangan diktant matnini o’qib eshittiraman. Matnni o’qib bergach, o’quvchilarning yo’l qo’ygan xatolarini sanab o’taman. Shundan so’ng o’quvchilar tomonidan yo’l qo’yilgan xatolarni guruhlarga ajratiladi.
Xatolarni quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin:

  1. Imloviy xatolar;

  2. Tinish belgilarini qo’llash yuzasidan yo’l qo’yilgan xatolar;

  3. Bosh harflarni qo’llash yuzasidan yo’l qo’yilgan xatolar;

  4. Bo’g’iz tovushi H va X harflarining qo’llanishi yuzasidan yo’l qo’yilgan xatolar.

Xatolar aniqlanib, guruhlarga ajratib bo’lingach, o’quvchilarga xar bir xatoga oid o’ntadan misol yozishni topshiraman. Masalan: Halol, xullas, xona, ehtiyot.
So’ng o’quvchilar tomonidan ebg ko’p xato yozilgan so’zlarni sinf taxtasiga o’shandayligicha yozib qo’yaman va o’quvchilarga bu so’zlarni to’g’rilab daftarlariga yozishni topshiraman.
Dars yakunida darsda faol ishtirok etgan o’quvchilarni baholab, uyga vazifa beraman.
Uyga vazifa: Xatolar ustida ishlash.

Ko’rib chiqildi,


foydalanishga ruhsat: __________
(imzo)
Yüklə 36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə