Dars-muqaddas



Yüklə 69 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü69 Kb.
#153428

Jizzax viyoyati XALQ TA`LIMI BOSHQARMASI


Jizzax shahar XALQ TA`LIMI MUASSASALARI
FAOLIYATINI METODIK TA`MINLASH
VA TASHKIL ETISH BO`LIMI


Jizzax shahar 15-
umumta’lim maktabi matematika fani
o`qituvchisi Bo’riyev Navro’zning
DARS-MUQADDAS” shiori ostida
Natural sonlar tushunchasi”
mavzusida tayyorlagan


BIR SOATLIK
DARS ISHLANMASI

Mavzu: Natural son tushunchasi

Darsning maqsadi:


  1. Ta’limiy: O’quvchilarga natural son haqida tushuncha berish

  2. Tarbiyaviy: O`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, komil inson sifatida voyaga yetishiga hissa qo`shish. Ajdodlarimiz buyuk me’rosi bilan o’quvchilarni tanishtirish

  3. Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning xotirasini shakllantirish, dunyoqarashini kengaytirish

Tayanch kompetensiyalar:
Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar:o’quvchilar natural sonlar haqidagi tushunchaga ega bo’lishlari kerak.


Dars turi: yangi tushuncha bilimlarni shakllantiruvchi


Dars jihozi: darslik, konspekt, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar


Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Navbatchi axborotini tinglash

  3. O’quvchilar bilan mustaqillik yillarida erishgan yutuqlarimiz va ajdodlarimiz qoldirgan buyuk me’ros haqida suxbat o’tkazish. O’quvchilarni buyuk ajdodlarimizga munosib voris bo’lishga da’vat etish

  4. 4-sinfda o’tilgan mavzular yuzasidan savol-javob o’tkazish



Asosiy qism:
Narsalarni sanashda ishlatiladigan sonlar natural sonlar deyiladi. Har qanday natural son 10 ta 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 raqamlar bilan ifodalanadi.
1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,…. Ko’rinishidagi qator natural sonlar qatori deyiladi.
1 soni eng kichik natural sondir
Natural sonlar qatori cheksizdir. 0 natural son emas.
Quyidagi sonlarni o‘qing: 23, 40, 745, 4548, 3400, 62 048, 85 300, 400 632. VfsSV

  1. 4raqami qatnashgan sonlarni aniqlang. Bu sonlarda4 raqami nimani anglatadi?

  2. 0 raqami qatnashgan sonlarni aniqlang. Bu sonlarda 0 raqami nimani anglatadi?

1.1 Natural sonlar qatori
Narsalarni sanashda ishlatiladigan sonlar natural sonlar deb ataladi.
Har qanday natural son o‘nta 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 0 raqamlar bilan ifodalanadi. Sonlarni bunday yozish usuli o‘n!i sanoq sistemasi deb yuritiladi.

  1. dan boshlab barcha natural sonlarni ketma-ket yozib chiqsak,



1,2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, ... ko‘rinishdagi natural sonlar qatorini hosil qilamiz.
Natural sonlar qatorida 1 eng kichik natural sondir.
Har qanday natural songa 1 ni qo‘shsak, natural sonlar qatorida undan keyin keluvchi va undan katta natural son hosil bo‘ladi. Shuning uchun natural sonlar qatorida eng katta son yo‘q. Chunki, eng katta son bor desak, unga 1 ni qo‘shib undan ham katta sonni hosil qilaveramiz.
Natural sonlar qatori cheksizdir, unda eng katta son yo‘q.
Sonlarning o‘nli yozuvida har bir raqam qiymati uning turgan o‘rniga bog‘liq bo‘ladi. Agar, 7 soni yozuvning eng oxirida turgan bo‘lsa, 7 ta birlikni, agar oxiridan ikkinchi o‘rinda turgan bo'lsa, 7 ta o‘nlikni, agar oxiridan uchinchi o‘rinda turgan bo'lsa, 7 ta yuzlikni anglatadi va hokazo. Masalan, 7 soni 127 yozuvda — 7 ta birlikni, 472 yozuvda — 7 ta o‘nlikni, 780 yozuvda esa — 7 ta yuzlikni anglatadi.

  1. raqami o‘zi turgan x;onada birorta ham birlik yo‘qligini bildiradi. Bu belgi nol sonini ifodalashda ham ishlatiladi.

  1. natural son emas.

……….
.Natural son yozuvi bitta belgidan (raqamdan) iborat bo!lsa, bu son — bir xonali, ikkita belgidan (raqamdan) iborat bo‘lsa, ikki xonali son deb ataladi. Shunga o‘xshash, natural sonlar yozuvidagi belgilar (raqamlar) soniga qarab, uch xonali, to‘rt xonali, besh xonali va hokazo xonali sonlar haqida gapirish mumkin.
Masalan, 1, 3, 6, 9 — bir xonali, 19, 22, 87 — ikki xonali, 307, 976 — uch xonali, 6717, 4500 — to’rt xonali, 20 456, 56 001 — besh xonali sonlardir.
Mustahkamlash:



  1. Sonlarni yozishda nechta raqam ishlatiladi?

  2. Qanday sonlar natural sonlar deyiladi?

  3. Natural sonlar qatori xossasini ayting.

1-mashq.


a) 999+1=1000 b) 100-1=99 d) 13400-1=13399


e) 90999+1=91000 f) 8000-1=7999 g) 32999999+1=33000000

2-mashq.


a) 524 b) 602 d) 8327 e) 1923 f) 4203 g) 6340

4-mashq.



Mlrd mln ming bir
a) 234 509 234 179
b) 490 324 800
d) 3 392 000 671
e) 234 000 999 000


Baholash:


Uyga vazifa: 17-20 mashq
Yüklə 69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə